FAVQULODDA HODISALAR O`CHOG`IDA BIRINCHI VRACHLIK
YORDAMINING TASHKILIY TUZILISHI
Favqulodda vaziyatlar sodir bo`lgan sanitary yo`qotishlar o`chog`ida birinchi vrachlik yordamini tashkil qilish maqsadida shahar, viloyat sog`liqni saqlash bo`limlari tomonidan birinchi tibbiy yordam berish otryadlari yuboriladilar. Buning uchun sog`liqni saqlashtizimi ixtiyoridagi davolash-profilaktika muassasalari tarkibida tashkil etilgan birinchi tibbiy yordam ko`rsatuvchi otryadlar jangovor holatga bosh hakim tomonidan keltiriladi. Bosh hakim boshlig`iga aniq vazifalar qo`yadi. Tayyorgarlik vaqti, table anjomlari bilan ta`minlash avtotransport, chiqish vaqti, harakat yo`nalishi hamda fuqaro muhofazasi favqulodda vaziyat shtabi tarkibidagi o`rni kabi amaliy savollarni aniqlab beradi.
Bu jarayonda BTYO tarkibi mutaxasislar bilan to`ldiriladi. Tibbiy sanitary xo`jalik anjomlari bo`limlarga tarqatiladi. BTYO tarkibiga kiruvchi barcha xodimlarni yoppasiga qiruvchi qurollardan himoyalanish tartibi bilan tanishtirib, mashq va darslar o`tkaziladi. Barcha tayyorgarlik ishlari belgilangan vaqt mobaynida to`la bajarilaishini nazorat qilish BTYO boshlig`I vazifasiga kiradi. Shu tariqa shahar, viloyat sog`liqni saqlash tizimlari ixtiyorida barcha BTYO lar jangovorlik holatiga keltiriladilar, BTYOlarning favqulodda vaziyatlarda o`choqda yoki o`choqdan tashqaridagi ishlari, o`rni, vaqti, tartibi, fuqaro muhofazasi shtabi tomonidan belgilanadi. Fuqarolar muhofazasi shtabi ko`rsatmasiga asosan belgilangan vaqtda BTYO shahardan tashqaridagi joyga chaqiriladi.
Bu yerda BTYO ning barcha bo`limlari xodimlari bilan maxsus tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkaziladi. O`quv mashq ishlari, shaxsiy tarkib bilan davom ettirilaveradi. Har bir mutaxasis o`z vazifasini aniq bajarishi uchun vazifalar aniqlanadi. Ushbu shaylik jarayonida BTYO rahbari maxsus izlovchi guruhini tuzadi Izlovchilar tarkibida 1 ta vrach, 1 ta feldsher, razvedkachi dozimetrist va shofyor kirishi kerak. BTYO boshlig`I ushbu razvedka guruhining vazifasini belgilaydi.
Birinchi vrachlik yordamining maqsadi:
-
Hayotiy zarur organ va tizimlar faoliyatini qo`llab quvvatlash ayniqsa yurak-qon tomir, nafas olish organlari markaziy nerv tarmoqlari faoliyatini
-
Kuchayuvchi asoratlarni oldini olish
-
Jarohatlanganlarni keying bosqichga evakuasiya etishga tayyorlashdan iborat
Vrachlik yordami jarohatlarning og`irligiga qarab, tez yordam ko`rsatilishiga qarab quyidagi shoshilinch choralar va ikkinchi navbatda kechiktirilishi mumkin bo`lgan vazifalarga bo`linadi. Shunday bo`linishi maqsadga muvofiq topilgan, chunki jarohatlanishlarni tibbiy saralashdayoq shoshilinch yordamga muxtojlari asoslanmagan kutishlar, kechiktirishlar hayotini saqlab qolish yoki og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |