Baho
|
a’lo
|
yaxshi
|
qoniqarli
|
qoniqarlisiz
|
yomon
|
|
O‘zlashtirish%
|
100%-86%
|
85%-71%
|
70-55%
|
54%-37%
|
36% undan kam
|
2
|
Vaziyatli masala
|
50-43 ball
|
42,5- 35,5 ball
|
35- 27,5 ball
|
27-18,5
ball
|
18 ball
|
Testlar
1. 18 yoshli bemor, tana xaroratini subfebril ko‘rsatkichlargacha ko‘tarilishiga, bo‘g‘imlarda og‘riqqa, xolsizlikka, jismoniy zo‘riqishda xansirashga shikoyat qilib UAShga murojat qildi. O‘zoq yillardan buyon surunkali tonzilit bilan kasal. Oxirgi marta kasallik qo‘zg‘algandan 2 xafta o‘tgach yuqoridagi shikoyatlar paydo bo‘ldi. Ob’ektiv ko‘rikda: Yurak chegaralari o‘zgarmagan, tonlari bo‘g‘iqlashgan, chap tomonga yonboshlatib eshitilganda nozik sistolik shovqin aniqlandi. Puls bir daqiqada 92 ta. Ichki a’zolarda boshqa o‘zgarishlar topilmadi. UQT: L- 9,5 x109, EChT – 29 mm/s, SRO +++, ASL-O 1:600, EKG da PQ -0,28 sek.
18 yoshli bemor, tana xaroratini subfebril ko‘rsatkichlargacha ko‘tarilishiga, bo‘g‘imlarda og‘riqqa, xolsizlikka, jismoniy zo‘riqishda xansirashga shikoyat qilib UAShga murojat qildi. O‘zoq yillardan buyon surunkali tonzilit bilan kasal. Oxirgi marta kasallik qo‘zg‘algandan 2 xafta o‘tgach yuqoridagi shikoyatlar paydo bo‘ldi. Ob’ektiv ko‘rikda: Yurak chegaralari o‘zgarmagan, tonlari bo‘g‘iqlashgan, chap tomonga yonboshlatib eshitilganda nozik sistolik shovqin aniqlandi. Puls bir daqiqada 92 ta. Ichki a’zolarda boshqa o‘zgarishlar topilmadi. UQT: L- 9,5 x109, EChT – 29 mm/s, SRO +++, ASL-O 1:600, EKG da PQ -0,28 sek.
. Sizning taxminiy tashxisingiz:
a) sistemali sklerodermiya
b) revmatizm
v) sistemali qizil volchanka
g) revmatoid artrit
d) dermatomiozit
2. Ushbu kasallikning rivojlanish sababi:
a) o‘tkazilgan virusli kasallik
b) xlamidiya chaqirgan kasallik
v) purin almashinuvini bo‘zilishi
g) bo‘g‘im tog‘ayi degeneratsiyasi
d) A guruxdagi B - gemolitik streptokokk
3. Qaysi kasallik bilan differensial diagnoz o‘tkazilmaydi:
a) infeksion endokardit
b) sistemali qizil volchanka
v) revmatoid artrit
g) infeksion miokardit
d) gipotireoz
Yozda janubda dam olgan ayol yuzida eritema, poliartrit, soch to‘kilishi, yurak urib ketishi paydo bo‘ldi, tana xarorati 390S gacha ko‘tarildi
Sizning taxminiy tashxisingiz:
a) dermatomiozit
b) sistemali sklerodermiya
v) sistemali qizil volchanka
g) tugunli periarteriit
d) revmatizm
Qaysi laborator tekshirish usuli ushbu kasallikni aniqlashda axamiyatli?
a) musbat Vasserman sinamasi
b) qonda siydik kislotasini oshishi
v) HLAB -27 ni aniqlash
g) streptokokkga qarshi antitelni aniqlash
d) qonda LE – xujayrani aniqlash
Ushbu kasalni davolashda qo‘llaniladigan bazis preparatni tanlang:
a) prednizalon
b) kolxitsin
v) sulfasalazin
g) etamid
d) kurantil
4. 16 yoshli bemor tana xaroratini ko‘tarilishiga, bo‘g‘imlarda og‘riqqa, yuzida qizil toshmalar paydo bo‘lganiga shikoyat qilib umumiy amaliyot vrachiga murojat qildi. Ko‘rikda tarqalgan shishlar, siydigi tekshirilganda yuqori proteinuriya aniqlandi.
1. Sizning taxminiy tashxisingiz:
a) tugunchali periarteriit
b) sistemali sklerodermiya
v) dermatomiozit
g) sistemali qizil volchanka
d) Takayasu kasalligi
2. Ushbu bemor buyragi biopsiyasida qanday gistologik o‘zgarish aniqlanadi:
a) gemotoksil tanachalari
b) koptokchalar sklerozi
v) «simli ilmoq» ko‘rinishidagi kapillyar membranasi
g) naychalarda amiloid o‘tirib qolishi
d) koptokchalar membranasiga immunoglobulin kompleklari o‘tirib qolgani
5. 25 yoshli erkakni umurtqa pog‘onasining bel qismida, yelka bo‘g‘imlarida, xamda nafas olganda ko‘krak qafasida og‘riq bezovta qiladi. Ob’ektiv ko‘rikda yelkalari va orqasidagi mushaklar qotib qolishi, umurtqa pog‘onasi bel soxasida xarakatni qiyinlashgani aniqlandi.
1. Tashxisni aniqlang:
a) revmatoid artrit
b) bexterev kasalligi
v) deformatsiyalovchi osteoartroz
g) reaktiv artrit
d) revmatik poliartrit
2. Ushbu kasallik turini ko‘rsating:
a) skandinav
b) periferik
v) markaziy
g) rizomelik
d) visseral
25 yoshli erkak to‘satdan tana xarorati 39°S gacha ko‘tarilib, yelka, tos, son mushaklarida kuchli xolsizlik, og‘riq, artralgiya xisobiga xarakatlana olmay qoldi. Yuzi, bo‘ynida yaqqol namoyon bo‘lgan eritema mavjud. Qon taxlili: KFK – 4,3 mkkat/l, AST – 1,2 mm/l, ALT – 2,3 mm/l, fibrinogen – 7 g/l, SRO+++, α2 globulin 15%, β-globulin – 22%.
1. Sizning tashxisingiz:
a) revmatoid artrit
b) sistemali sklerodermiya
v) sistemali qizil volchanka
g) dermatomiozit
d) revmatizm
2. Ushbu bemorga aniq tashxis qo‘yish uchun qaysi tekshirish usulini o‘tkazish lozim:
a) siydikni ekish
b) miografiya
v) bo‘g‘imlar rentgenografiyasi
g) qonni ekish
d) teri-mushak biopsiyasi
58 yoshdagi bemor. Qo‘l panjasining distal bo‘g‘imlarida og‘riq va harakatning chegaralanishiga, tana haroratini ko‘tarilishi, qon bosimini oshishiga shikoyat qiladi. Palpatsiyada teri ostida qattiq, diametri 0,5 sm. li tugunlar aniqlandi. Rentgenografiyada bo‘g‘im oralig‘i toraygan, osteoporoz belgilari bor.
UKA: EChT- 35 mm/soat. UST: nisbiy zichligi 1012, oksil- 4,8 g/l, o‘zgargan eritrotsitlar- 6-8/1, silindrlar mumsimon- 2-3/1
1. Sizning taxminiy tashhisingiz:
a) tugunchali periarteriit
b) revmatoid artrit
v) osteoartroz
g) gemorragik vaskulit
d) SKV
2. Diagnozni tasdiqlovchi asosiy qo‘shimcha tekshirish usulini ko‘rsating:
a) qonni biokiyoviy tahlili
b) bo‘g‘imlar rentgenografiyasi
v) teri – mushakdan biopsiya
g) ekskritor urografiya
d) koagulogramma
3. Kasallikni davolashda samarali dori vositasini ko‘rsating:
a) azoteoprin
b) struktum
v) prednizolon
g) krizanol
d) allapurinol
8. 37 yoshli bemorda kul panja barmoklarida kattik zich shishlar va periartikulyar kalsinoz aniqlandi. Qo‘l terisi marmarsimon rangda, sovuq, tanasida teleangioektaziyalar, barmoq uchlarida yaralar, yutishning qiyinlashuvi mavjud.
1. Sizning dastlabki tashhisingiz:
a) revmatoidli artrit
b) sistemali sklerodermiya
g) DOA
d) tugunli periartrit
ye) podagra
2. Ushbu kasallikni tasdiqlash uchun eng ishonchli tekshirish usulini ko‘rsating:
a) qonning umumiy tahlili
b) rentgen
v) teri biopsiyasi
g) qonning biokimyoviy tahlili
d) bo‘g‘imlar punksiyasi
3. Ushbu bemorni davolashda qaysi gurux dori vositalarni qo‘llash lozim:
a) plakvenil
b) oltin preparatlari
v) prednizalon
g) Struktum
d) Butamid
. Bemor 40 yosh, shikoyatlari: qo‘l barmoqlarini muzlash, yuz mushaklarini tortilishi, yutishni qiyinlashishi, bug‘imlarni shishi, isitma ko‘tarilishiga.
1. Bemorni ob’ektiv ko‘rganda qanday patologik o‘zgarishlar topilishi mumkin:
a) teleangioektaziyalar, paraorbital shish, mushaklar atrofiyasi
b) yuzda mimikani bo‘lmasligi, teri induratsiyasi, «kisetsimon» og‘iz, distal falangalar ingichkalashishi
v) yirik bo‘g‘imlarni kattalashishi va deformatsiyasi, bo‘g‘im ustida terini qizarishi va u yerda mahalliy temperatura
g) qo‘l bo‘g‘imlarida «sosiskasimon» o‘zgarishlar
d) burun qirrasida eritematoz toshmalar
2. Yuqoridagilar asosida taxminiy diagnoz qo‘yildi: sistemali sklerodermiya. Diagnozni tasdiqlash uchun quyidagilardan qaysilari axborotli hisoblanadi:
a) qonda EChT va leykotsitlar sonini oshishi, anemiya
b) EChT oshishi, anemiya, HLA B 27 antigenni topilishi
v) teri biopsiyasida: to‘qimalar fibroz transformatsiyasi
g) qonda LE hujayralar topilishi
d) disproteinemiya, seromukoidlar oshishi
ye) revmatoid omilni topilishi
3. Qaysi kasalliklar bilan differensial diagnoz o‘tkaziladi:
a) SQV
b) brusellyoz
v) dermatomiozit
g) reaktiv artrit
d) Shenleyn-Genox kasalligi
ye) tugunchali periarteriit
d) brusellez
Do'stlaringiz bilan baham: |