Doimiy isitmalashda (1 rasm v) tana harorati ko‘rsatkichi baland bo‘lib, uning me’yoridan yuqoriga tebranish darajasi kun davomida 10S dan oshmaydi. Bu turdagi isitmalash odatda virusli infeksiyalarda (masalan grippda) kuzatiladi.
Remittirlovchi isitmalashda (1 rasm g) kun davomida tana haroratining me’yoridan yuqoriga tebranish darajasi 10Sdan yuqori, lekin 20Sdan oshmaydi. Bu ko‘rinishdagi isitmalash yiringli infeksiya (toz suyagi abssessi, o‘t pufagi empiemasi, yarali infeksiya va boshqalar) hamda xavfli o‘smalarda uchraydi.
Yuqorida keltirilganlardan tashqari tebranuvchi, qaytalovchi, holsizlantiruvchi va noto‘g‘ri isitmalash egri chiziqlari farqlanadi va ular haqida qo‘yida biz qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |