V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular
1-semestr:
Atrof muhit muhofazasi faoloyatida kimyoning ahamiyati
Organizmning biologik suyuqliklari elektrolit va noelektrolitlar eritmalari sifatida.
Tosh kasalliklarining kimyoviy asoslari.
Metabolizm jarayonida energiya hosil bo‘lishi va sarflanishi.
Yadro kimyosining tibbiyotdagi o‘rni.
Biogen elementlar konsentratsiyasi o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan endemik va kasb kasalliklari.
Biologik faol kompleks birikmalar.
Elektrkimyoviy davolash va diagnostika usullari.
Organizmning hayot faoliyatida va tibbiy profilaktika sohalarini o’rganishda adsorbsiya jarayonining ahamiyati.
Xromatografiyaning tibbiy profilaktika izlanishlardagi imkoniyatlari.
Kolloid sistemalarni dializ yo‘li bilan tozalash. Gemodializni o‘tkazishda kimyoning ahamiyati.
Dag‘al-dispers sistemalarning xossalari va ularni tibbiyot va farmakologiyada ishlatilishi.
Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarining xossalari. Qonning reologik xossalari.
Polimer moddalardan atrof muhitni muhofazalash
2-semestr:
Organik kimyo asoslari. Organik birikmalarning asosiy sinflari. Organik birikmalarning reaksion qobiliyati, electron effektlar, aromatiklik. Organik birikmalarning kislotali va asosli hossalari, oksidlanishi va qaytarilishi.
Getero- va polifunksional birikmalar asosida ishlab chiqariladigan zamonaviy dori vositalari.
Kraun efirlar – dori vositalari sifatida.
Geteroxalqali birikmalar asosida ishlab chiqariladigan zamonaviy dori vositalari.
Dorivor preparatlar tarkibidagi yetti a’zoli aromatik birikmalar.
α-Aminokislotalar – kofermentlar, gormonlar va vitaminlarning tarkibiy qismi sifatida.
Oqsil tabiatli peptid va gormonlar.
Proteinopatiyalar.
Sun’iy oqsil ozuqa moddalarining ishlab chiqarilishi va kelgusidagi imkoniyatlar.
Kriminalistikada kimyoning o‘rni.
Tibbiyotda DNK rekombinantlarni qo‘llanilishi.
Viruslarga va o‘smalarga qarshi dori vositalarning ta’sir mexanizmi (DNK, RNK fermentlariga nisbatan).
Glyukozani membrana orqali o‘tkazilishi. Glyukoza tashuvchilarining tuzilishi, spetsifikligi, va tibbiy profilaktikadagi ahamiyati.
Neyramin kislota va uning xosilalarining tuzilishi va biologik xossalari. Sial kislotalar.
Yurak glikozidlarining kimyoviy tuzilishi va ahamiyati.
Steroidlar va terpenlarning stereokimyosi hamda ular ishtirokidagi muhim biologik jarayonlar.
Tabiiy va sintetik narkotik vositalar. Foydasi va zarari.
Fermentlar faolligini oshqozon kislotaligini gipo- va giperatsid xolatlarda o‘zgarishi va bu o’zgarishlarni oldini olish (profilaktika) usullari.
Kasalliklarni oldini olishda fermentlarning qo‘llanilishi.
Ontogenezda fermentlar faolligini boshqarilishining ahamiyati.
Nasliy fermentopatiyalar.
Antioksidantlar, ularning klinikada qo‘llanilishi.
Raxit va osteoporoz patogenezi va bu kasalliklarni oldini olish usullari.
Nasliy avitaminozlar va bu kasalliklarni oldini olish usullari.
Tabiiy va sun’iy vitaminlarni metabolizmi va ekskretsiyalanishi.
Sun’iy vitaminlar foydasi va zararlik taraflari.
Tibbiy kimyo moduli bo‘yicha mustaqil ish auditoriyadan tashqari va auditoriyada o‘tkaziladi.
Talabalar tavsiya etilgan mavzulardan esse, referat, prezentatsiyalar, shu mavzular yoritilgan maqolalar tahlili, va grafik organayzerlarini tayyorlab, o‘qituvchiga darsdan tashqari bo‘lgan vaqtda taqdim etadilar. Auditoriyada bajariladigan mustaqil ishda talabalar vaziyatli masalalar yechadilar. Taqdim etilayotgan ishda mavzuning kimyoviy savollariga atroflicha ta’rif berilib, asosiy urg‘u shu mavzuni tibbiyotdagi ahamiyatiga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bajarilgan ish dolzarbligi, yangi ilmiy ma’lumotlar saqlagan, animatsiya va videofilmlar bilan boyitilgan bo‘lishi kerak.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |