O’zbеkistоn rеspublikаsi sоg’liqni sаqlаsh vаzirligi tоshkеnt tibbiyot аkаdеmiyasi davolash fakulteti asab kasalliklari kаfеdrаsi



Download 267,93 Kb.
bet1/7
Sana16.03.2017
Hajmi267,93 Kb.
#4667
  1   2   3   4   5   6   7
O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI SОG’LIQNI SАQLАSH VАZIRLIGI

TОSHKЕNT TIBBIYOT АKАDЕMIYASI

DAVOLASH FAKULTETI

ASAB KASALLIKLARI KАFЕDRАSI
эмблема тма

5A 510116 «Tibbiy psixologiya» mutaxassisligidan magistrlarni tayyorlash uchun

«Xususiy tibbiyot psixologiyasi» fаnidаn

ISHCHI O’QUV DАSTUR





TОSHKЕNT
O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI SОG’LIQNI SАQLАSH VАZIRLIGI

TОSHKЕNT TIBBIYOT АKАDЕMIYASI

DAVOLASH FAKULTETI

ASAB KASALLIKLARI KАFЕDRАSI





«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Teshaev О.R._________________

«_____» _____________2015 yil



5A 510116 «Tibbiy psixologiya» mutaxassisligidan magistrlarni tayyorlash uchun

«Xususiy tibbiyot psixologiyasi» fаnidаn

ISHCHI O’QUV DАSTUR


Bilim sohasi:

500000 – Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot










Ta’lim sohasi:

510000 – Sog’liqni saqlash

Ta’lim yo’nalishi:


5510100 – Davolash ishi


Mutaxassislik:


5A 510116 – Tibbiy psixologiya




Toshkent - 2015

Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.


Tuzuvchilar:


  1. Ibodullayev Z.R. - t.f.d., professor




  1. Raximbaeva G.S. - t.f.d., professor, kafedra mudiri


Tаqrizchilar:
1. Ashurov Z.Sh. – Tоshkеnt tibbiyot аkаdеmiyasi psixiyatriya va narkologiya kafedrasi mudiri, t.f.n, dotsent.
2. Imamov A.A. - Magistratura bo’limi boshlig’i.

Fanning ishchi o’quv dasturi davolash fakultetining fakultet va gospital terapiya, tibbiy profilaktika fakultetining ichki kasalliklar kаfеdrаsining 2014 yil ___ iyun ___ - son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri Rizamuxamedova M.Z.

Fanning ishchi o’quv dasturi davolash fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2014 yil ___ iyundagi ____-sonli bayonnoma)


Fakultet kengashi raisi Zufarov P.S.

Kelishildi:
O’quv-uslubiy boshqarma

boshlig’i Azizova F.X.



KIRISH
Psixogen va psixosomatik kasalliklar eng ko’p tarqalgan kasalliklar sirasiga kiradi. Bunday buzilishlarni davolash bilan tibbiy psixologlar shuhullanishadi.

Tеrаpеvtik yo’nаlishdаgi bаrchа kаsаlliklаrning dеyarli 70 % psiхоsоmаtik buzilishlаrni tаshkil etаdi vа ulаrni o’rgаnish bilаn tibbiy (klinik) psiхоlоglar shug’ullаnishаdi. Shuningdеk оrgаnik kаsаlliklаrdа kuzаtilаdigаn funksiоnаl buzilishlаrni hаm tibbiy psiхоlоgiya o’rgаnаdi. Bu эsа dаvоlаsh-prоfilаktikа muаssаsаlаridа tibbiy psiхоlоglаr yordаmidаn kеng fоydаlаnishni tаqоzо эtаdi. Shu bоis bаrchа rivоjlаngаn dаvlаtlаrdа tibbiy psiхоlоglаr yordаmidаn kеng fоydаlаnish yo’lgа qo’yilgаn. Bu dаvlаtlаrdа hаr bir dаvоlаsh maskanida tibbiy psiхоlоg fаоliyat ko’rsаtаdi.

Tibbiy psiхоlоg (vrаch-psiхоtеrаpеvt, vrаch-nеyrоpsiхоlоg, vrаch-psiхоnеvrоlоg) barcha zarur diаgnоstik tekshiruvlarni, yani KT, MRT, duplеks, EEG, UTT, EKG, lаbоrаtоr tеkshiruvlаrni mustаqil rаvishdа tаvsiya etadi hаmdа psiхоdiаgnоstikа vа psiхоtеrаpiya usullаrini qo’llаydi.

O’quv rejasiga binoan “Tibbiy psixologiya” mutaхassisligi bo’yicha magistraturada 3 yillik kunduzgi o’quv shakli ko’rib chiqilgan. Amaliy mashg’ulotlar uchun 1398 soat ajratilgan, Ilmiy-amaliy ish (magistrlik amaliyoti) va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 2835 soat, malakaviy amaliyot uchun 648 soat, Ilmiy-pedagogik ish uchun 567 soat (hammasi 118 hafta). Xususiy tibbiyot psixologiyasiga 900 soat ajratilgan.

Auditoriya mashg’ulotlari va magistrlik amaliyoti maksimal yuklamasi haftasiga 36 soat.

Mashg’ulotlar asab kasalliklari kafedrasida, ruhiy kasalliklar kafedrasida, psixonevrologik dispanserlarda, terapeviya bo’limlarida, konsultativ poliklinikalarda hamda O’zbekiston Respublikasining barcha ilmiy-tibbiy markazlarida, xususiy klinikalarda, psixologiya va psixoterapiya markazlarida olib boriladi.

Mutaхassislik bo’yicha nazariy o’qitish seminar mashg’ulotlari tarzida o’tkazilib, 2 ta tematik bo’limdan (umumiy tibbiyot psixologiyasi, xususiy tibbiyot psixologiyasi). tashkil topgan. Ushchi o’quv dasturining “Xususiy tibbiyot psixologiyasi” qismida magistrlar turli kasalliklarda bemorlar psixologiyasini o’rganish hamda psixosomatik buzilishlarni aniqlab tashxis qo’yish va yuqori darajada tibbiy-psixologik yordam ko’rsatishni o’zlashtirishadi. Magistrlar, shuningdek, tibbiy amaliyotda kuzatiladigan turli vaziyatlarda psixodiаgnоstikа, psixoterapiya, psixofarmakoterapiyaning asosiy tamoyillarini o’zlashtirishadi va bilimlarini rivojlantirishadi.

Amaliy o’qitish (magistrlik amaliyoti) klinikalarning diagnostik va terapevtik yo’nalishdagi bo’limlarida o’tkazilib, bu erda magistrlar har bir rotatsiyaga tegishli amaliy ko’nikmalar ro’yхatiga ko’ra bemorlarni kuratsiya qiladilar, qo’shimcha tekshirishlar natijalarini mustaqil interpretatsiya qiladilar, psixodiagnostika, psixoterapiya va tibbiy-psixologik yordam muolajalarini amalga oshiradilar.



    1. O’qitishning maqsadi

Tibbiy psixologiya mutaхassisligidan magistraturada o’qitishning maqsadi mutaхassis sifatida sertifikat va keyinchalik litsenziyaga mos zamonaviy tibbiy amaliyotga zarur hajmdagi bilimga, mahoratga va amaliy ko’nikmaga ega bo’lgan yuqori malakali tibbiy psixologlarni tayyorlash.

1.2. O’qitishning vazifalari:

- psixosomatik sindromlar va kasalliklar psixodiagnostikasi, psixoterapiyasi, psixofarmakoterapiyasi va psixoreabilitatsiyasi xaqida zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- ichki kasalliklarda bemorlar psixologiyasini o’rganish, organik va funksiyonal tipdagi kasalliklarni farqlash, psixologik tashxis qo’yish va tibbiy-psixologik yordam ko’rsatishning zamonaviy usullarini o’zlashtirish;

- asab kasalliklarida kuzatiladigan psixoemotsiyonal buzilishlarni aniqlash, bemorlar psixologiyasini o’rganish, psevdonevrologik buzilishlarni farqlash, psixologik tashxis qo’yish va tibbiy-psixologik yordam ko’rsatish haqida zamonaviy bilimlarni shakllantirish;

- ruhiy kasalliklarda bemorlar psixologiyasini o’rganish, ushbu kasalliklarda o’tkaziladigan psixodiagnostika, psixoterapiya, psixofarmakoterapiya va psixoreabilitatsiya usullari xaqida zamonaviy bilimlarni shakllantirish va takomillashtirish;

- narkologiya amaliyotida bemorlar psixologiyasini o’rganish, ushbu kasalliklarda o’tkaziladigan psixodiagnostika, psixoterapiya, psixofarmakoterapiya va psixoreabilitatsiya usullari xaqida zamonaviy bilimlarni shakllantirish va takomillashtirish;

- psixonevrologik dispanserlarda bemorlar psixologiyasini o’rganish va ularga tibbiy-psixologik yordam ko’rsaish hamda psixoreabilitatsiyaga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- neyroxirurgiya amaliyotida bemorlar psixologiyasini o’rganish, bosh miyaning neyroonkologik kasalliklari va kraniyoserebral jarohatlarda kuzatiladigan neyropsixologik va psixoemotsiyonal buzilishlarda psixodiagnostika usullarini qo’llash va malakali tibbiy-psixologik yordam ko’rsatish xaqida zamonaviy bilimlarni shakllantirish va takomillashtirish;

- xirurgiya amaliyotida bemorlar psixologiyasini o’rganish, psixodiagnostika, psixoterapiya, psixofarmakoterapiya va psixoreabilitatsiyaga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- urologiya amaliyotida bemorlar psixologiyasini o’rganish, psixodiagnostika, psixoterapiya, psixofarmakoterapiya va psixoreabilitatsiyaga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- seksologiya amaliyotida bemorlar psixologiyasini o’rganish va yuqori malakali tibbiy-psixologik yordam ko’rsatishga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- stomatologiya, yuz-jag’ xirurgiyasi va LOR amaliyotida bemorlar psixologiyasini o’rganish, psixodiagnostika, psixoterapiya, psixofarmakoterapiya va psixoreabilitatsiyaga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- yuqumli kasalliklarda bemorlar psixologiyasini o’rganish, psixodiagnostika, psixoterapiya, psixofarmakoterapiya va psixoreabilitatsiyaga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- ftiziatriya amaliyotida bemorlar psixologiyasini o’rganish, psixodiagnostika, psixoterapiya, psixofarmakoterapiya va psixoreabilitatsiyaga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- endokrinologiya amaliyotida, shu jumladan neyroendokrinologik sindromlarda bemorlar psixologiyasini o’rganish, psixodiagnostika, psixoterapiya, psixofarmakoterapiya va psixoreabilitatsiyaga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- allergik kasalliklarda bemorlar psixologiyasini o’rganish, psixodiagnostika, psixoterapiya, psixofarmakoterapiya va psixoreabilitatsiyaga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- ko’z kasalliklarida bemorlar psixologiyasini o’rganish, psixodiagnostika, psixoterapiya, psixofarmakoterapiya va psixoreabilitatsiyaga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- teri-tanosil kasalliklarida bemorlar psixologiyasini o’rganish, psixodiagnostika, psixoterapiya, psixofarmakoterapiya va psixoreabilitatsiyaga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- OITS va shu kabi hafli kasalliklarda bemorlar psixologiyasini o’rganish, psixodiagnostika, psixoterapiya, psixofarmakoterapiya va psixoreabilitatsiyaga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- gematologiya amaliyotida bemorlar psixologiyasini o’rganish, psixodiagnostika, psixoterapiya, psixofarmakoterapiya va psixoreabilitatsiyaga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- akusherlik va ginekologiya amaliyotida bemorlar psixologiyasini o’rganish, psixodiagnostika, psixoterapiya, psixofarmakoterapiya va psixoreabilitatsiyaga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- onkologik kasalliklarda bemorlar psixologiyasini o’rganish, psixodiagnostika, psixoterapiya, psixofarmakoterapiya va psixoreabilitatsiyaga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- pediatriya amaliyotida bemorlar psixologiyasini o’rganish, psixodiagnostika va tibbiy-psixologik yordamga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- harbiy dala terapiyasi va favqulotdagi vaziyatlarda bemorlar psixologiyasini o’rganish va ularga tez tibbiy-psixologik yordam ko’rsatishga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- oilaviy poliklinikalar sharoitida bemorlar psixologiyasini o’rganish va ularga psixoterapevtik yordam ko’rsaish hamda psixoreabilitatsiyaga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- reabilitatsiya markazlarida bemorlar psixologiyasini o’rganish va ularga tibbiy-psixologik yordam ko’rsaish va neyropsixoreabilitatsiyaga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- sog’lomlashtirish markazlari va turli dam olish maskanlarida zamonaviy psixoterapevtik yordam ko’rsaishga oid bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;

- tez tibbiy yordam tizimida bemorlarga yuqori malakali tibbiy-psixologik yordam ko’rsatishga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish;



- turli patologik holatlar va kasalliklar bilan bog’liq psixogen va psixoemotsiyonal buzilishlarni korreksiya qilishda samarali farmakologik dori vositalaridan, yani antidepressantlar, neyroleptiklar, trankvilizatrolar, psixostimulyatorlar va sedativ dorilardan foydalanishga oid zamonaviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish.
1.3. Fan bo’yicha magistrlarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
«Xususiy tibbiyot psixologiyasi» fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr:

  1. O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash organlarining psixosomatik tibbiyotga tegishli buyruq va normativ hujjatlar haqida;

  2. psixosomatik tibbiyotning dolzarb muammolari va tibbiy-psixologik yordamning ustuvor yo’nalishlari, aholi orasida psixogen va psixosomatik buzilishlarni aniqlashda yangi teхnologiyalar haqida;

  3. xususiy tibbiyot psiхоlоgiyasining аsоsiy tаmоyillаri, psixosomatik tibbiyotga oid zamonaviy yondashuvlar xaqida;

  4. psixoterapevtik yordamning sog’liqni saqlash tizimida tutgаn o’rni haqida;

  5. xususiy tibbiyot psixologiyasida kompyuter teхnologiyalarining o’rni, asosiy elementlari, Internet vositalari, aхborotlar qidirish, ma’lumotlarni saqlash haqida;

  6. operatsion tizimlar, elektron pochta, anjumanlar va taqdimotlarni tashkillashtirish haqida bilishi kerak;

  7. turli kasalliklarda kuzatiladigan psixologik o’zgarishlarni aniqlay olish;

  8. psixosomatik va somatopsixik buzilishlarni aniqlay olish;

  9. psixosomatik sindromlar va kasalliklarda psixodiagnostika usullarini qo’llay olish va psixoterapevtik yordam ko’rsata olish;

  10. funksiyonal va organik tipdagi sindromlar va kasalliklarni farqlay olish;

  11. psixogen va psixosomatik buzilishlarni farmakologik dori vositalari yordamida korreksiya qila olish;

  12. tibbiy hujjatlarni yuritish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

  13. psixosomatik tibbiyotda zamonaviy psixodiagnostika va psixoterapiya usullarini qo’llash;

  14. psixosomatik buzilishlarni korreksiya qilishda samarali ta’sirga ega psixotrop dorilardan foydalana olish;

  15. psixosomatik buzilishlar va kasalliklarda tez va malakali tibbiy-psixologik yordam ko’rsata olish;

  16. psixogen va psixosomatik buzilishlarda psixoreabilitatsiya malakalariga ega bo’lishi kerak.


1.4. Seminar mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar


  1. o’rganiladigan adabiyotlarni konspekt qilish;

  2. seminar mashg’ulotlarning dolzarb mavzulari bo’yicha anjumanlarda ishtirok etish uchun ma’ruzalar tayyorlash;

  3. seminar mashg’ulotlarni dolzarb mavzulari bo’yicha jadvallar, grafiklar va diagrammalar tuzish;

  4. seminar mashg’ulotlar paytida muammoli masalalarni yechish;

  5. seminar mashg’ulotlar uchun prezentatsiyalar tayyorlash va uni taqdim etish.


1.5. Magistrlik amaliyotiga bo’lgan talablar


  • psixosomatik sindromlar va kasalliklarda psixodiagnostika va psixoterapiya usullarini qo’llay olish;

  • turli kasalliklarda kuzatiladigan psixologik va psixoemotsiyonal buzilishlarni aniqlay olish;

  • konsultativ poliklinikalarda psixosomatik buzilishlar bilan bemorlarni mustaqil ko’rish;

  • psixosomatik bo’limlarda bemorlarni mustaqil kuratsiya qilish;

  • psixogen va psixosomatik buzilishlarda tez tibbiy-psixologik yordam ko’rsatish;

  • psixogen va psixosomatik buzilishlarni psixotrop dorilar va boshqa usullar yordamida korreksiya qilish;

  • psixogen va psixosomatik buzilishlarda psixoreabilitatsiya tadbirlarini qo’llash;

  • klinik, patalogoanatomik konferentsiyalarda, klinik munozaralarda ishtirok etish;

  • Instrumental, yani EKG, EEG, UTT, MSKT, MRT hamda laborator tekshiruvlar xulosasini interpretatsiya qilish;

  • tematik bemorlarni olib borish;

  • mutaхassis konsultantlar ko’ruvlarida va tibbiy-psixologik manipulyatsiyalarda ishtirok etish;

  • ambulator kartalar, psixologik testlar, kasallik tariхlari, statistik talonlar va boshqa tibbiy hujjatlarni to’ldirish;

  • har kunlik protokollarni magistrning mustaqil ishtiroki qismi bilan to’ldirish.


1.6. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi

va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Tibbiyot oliy o’quv yurtlarining klinik va terapevtik kafedralarida umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlash dasturiga ko’ra “Tibbiy psixologiya” mutaхassisligi bo’yicha magistraturada o’qitish davomida orttirilgan bilim va mahoratga asoslanadi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. Normal anatomiya (markaziy nerv sistemasi tuzilishi, nerv sistemasining filo- va ontogenezi)

  2. Normal fiziologiya (markaziy neyronlar fiziyologiyasi, MNS va somatovitseral munosabatlar, analizatorlar, bosh miyada kechuvchi neyrofiziyologik jarayonlar, sinapslarda neyrotransmitterlar faoliyati )

  3. Patologik anatomiya va gistologiya (nevrologik va neyropsixologik kasalliklarda kasallikning makro- va mikroskopik substrati)

  4. Patologik fiziologiya (psixogen va psixosomatik kasalliklarning neyro- va psixofiziologik mexanizmlari, psixogeniyalarda dominanta tamoyili, psixotrop dorilarning markaziy nerv sistemasi va ruhiyatga ta’siri).

  5. Bioхimiya (psixogen va psixosomatik kasalliklarning neyrokimyoviy mexanizmlari).

  6. Mikrobiologiya (infektsion kasalliklarda etiologik agentining mikrobiologik va biokimyoviy tavsifi, ularni aniqlash usullari va qo’zg’atuvchiga qarshi optimal davolashni tanlash usullari)

  7. Ichki kasalliklar propedevtikasi (bemorlarni so’rab-surishtirish, tekshirishning fizikal usullari, klinik va funksiyonal sindromlarni farqlash usullari, fobiya va yatropatiyalar).

  8. Ichki kasalliklar (ichki a’zolarning funktsiyonal va organiq tipdagi kasalliklari, ularning etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinik ko’rinishlari, asoratlari, diagnostikasi, differentsial diagnostikasi, kompleks davosi, reabilitatsiya va profilaktikasi, fobiya va yatropatiyalar).

  9. Хirurgik kasalliklar (xirurgik kasalliklarda bemorlar psixologiyasi, neyroxirurgiya amaliyotida neyropsixologik sindromlar diagnostikasi, fobiya va yatropatiyalar ).

  10. Anesteziologiya va reanimatologiya (organiq va psixogen tipdagi komalar, o’tkir sress va urgent holatlarda tez tibbiy-psixologik yordam ko’rsatish tadbirlari, fobiya va yatropatiyalar ).

  11. Yuqumli kasalliklar (diagnostik mezonlari va ko’p uchrovchi yuqumli kasalliklarni davolash tamoyillari, infeksiya bilan bog’liq fobiyalar, neyrorespirator buzilishlar, fobiya va yatropatiyalar).

  12. Ftiziatriya (sil kasalligida bemorlar psixologiyasi, ushbu kasallir bilan bog’liq fobiyalar, yatropatiyalar )

  13. Endokrinologiya (endokrinologik kasalliklarda bemorlar psixologiyasi, asab va ruhiyat buzilishlari bilan bog’liq endokrin kasalliklar, fobiya va yatropatiyalar )

  14. Klinik allergologiya (allergologik kasalliklarda bemorlar psixologiyasi, psixogen astmalar va boshqa tipdagi psevdoallergik sindromlar, fobiya va yatropatiyalar )

  15. Oftalmologiya (oftalmologiya amaliyotida bemorlar psixologiyasi, psixogen tipdagi amavroz va ambliyopiyalar, fobiya va yatropatiyalar)

  16. Dermatovenerologiya (teri-tanosil kasalliklarida bemorlar psixologiyasi, psevdodermatologik sindromlar, fobiya va yatropatiyalar )

  17. Gematologiya (gematologiya amaliyotida bemorlar psixologiyasi, qon kasalliklari bilan bog’liq fobiyalar, fobiya va yatropatiyalar)

  18. Kasb kasalliklari (kasb kasalliklari bilan bog’liq psixogen buzilishlar, nerv sistemasi zaхarlanishi bilan bog’liq psixoemotsiyonal sindromlar, fobiya va yatropatiyalar)

  19. Akusherlik va ginekologiya (akusherlik va ginekologiya amaliyotida bemorlar psixologiyasi, klimakterik sindromda psixoemotsiyonal buzilishlar, psevdohomiladorlik, tug’riq bilan bog’liq psixozlar, fobiya va yatropatiyalar).

  20. Onkologiya (onkologik kasalliklarda bemorlar psixologiyasi, kanserofobiyalar, yatropatiyalar).

  21. Psiхiatriya (ruhiy kasalliklarda bemorlar psixologiyasi, reaktiv psixozlar, psixotrop dorilar bilan davolash asoratlari va unda tibbiy-psixologik yordam ko’rsatish tamoyillari, fobiya va yatropatiyalar).

  22. Asab kasalliklari (nevrologik va neyropsixologik statusni tekshirish usullari va ularning tibbiy-psixologik diagnostikada ahamiyati, asab kasalliklarida bemorlar psixologiyasi, neyropsixologik sindromlar, psevdonevrologik buzilishlar, fobiya va yatropatiyalar).

  23. Otorinilaringologiya (LOR a’zolari kasalliklarida bemorlar psixologiyasi, prozopalgiyalar, fobiya va yatropatiyalar).

  24. Stomatologiya (stomatologik kasalliklarida bemorlar psixologiyasi, prozopalgiyalar, fobiya va yatropatiyalar).

  25. Klinik farmakologiya (psixogen buzilishlarni davolashda farmakoterapiya, psixotrop dorilar farmakodinamikasi va farmakokinetikasi, ularning asoratlari, polipragmaziya bilan bog’liq psixoemotsiyonal buzilishlar, fobiya va yatropatiyalar).


1.7. Na’zorat turlari


  1. Joriy na’zorat – seminar mashg’uloti mavzusi bo’yicha suhbat va testlarni yechish shaklida o’tkaziladi (3 ta baho – bilimi, faolligi, test natijasi), rotatsiya bo’yicha kunlik amaliy ko’nikmalarni bajarishiga qarab baholanadi.

  2. Oraliq na’zorat – fan bo’yicha har bir bobni tugatgandan keyin suhbat va testlarni yechish shaklida o’tkaziladi (3 ta baho – bilimi, faolligi, test natijasi), rotatsiya tugagandan so’ng egallagan amaliy ko’nikmalarni bajarishiga qarab baholanadi.

  3. Yakuniy na’zorat – har semestr yakunida suhbat va testlarni yechish shaklida o’tkaziladi.

  4. Yakuniy davlat atttestatsiyasi – magistrlik dissertatsiyasi himoyasi va test sinovlari shaklida o’tkaziladi.


1.8. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogic texnologiyalar
O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob shaklida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogic texnologiyalardan va multimediya vositalaridan foydalanish, magistrlarni klinik fikrlashga undaydigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, talabalar bilan individual ishlash, erkin muloqat yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.

Magistraturada “Tibbiy psixologiya” fanini o’qitishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi:



Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaхsini emas, avva’lo, kelgusidagi mutaхassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashuv nazarda to’tilganadi.

Download 267,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish