4. Dars mazmuni
4.1. Nazariy qism
Muxokama vaqtida quyidagi momentlarga urg‘u berish.
Surunkali enteritda ichak saqlamasi passaji va motor funksiyasi buzilishi diyareya bilan kechadi. Diareya rivojlanishida 4 ta mexanizm ishtirok etadi: ichak gipersekresiyasi, ichak bo‘shlig‘ida osmotik bosimni oshishi, ichak giperekssudatsiyasi, ichak saqlamasining utishini buzilishi. Ichak motorikasini buzilishi diareya rivojlanishida ulkan hissa qo‘shadi. Ich ketishi bilan shikoyat qilgan ko‘p bemorlarda ichak saqlamasi o‘tishi tezlashishi ichakning peristaltik faoliyatiga bog‘liq bo‘lmay balki asosan ingichka ichakning distal qismlari motorikasi susayishiga bog‘liq. Rektosigmoid qism o‘ziga xos funksional sfinkter rolini o‘ynab, diareyada u bo‘shashadi, yetishmovchiligi yuzaga keladi: sigmentlovchi qisqarishlar to‘xtashi yoki susayishi yug‘on ichak bo‘ylab axlat passiv xarakati va “axlat ustunlari” xosil bo‘ladi. Ko‘p bemorlarda diareya ichak motor funksiyasi kuchayishi bilan kechadi. Bu termin bilan axlat ajralishining soni ortishi(sutkada 3 martadan ko‘p), axlatning normaga nisbatan miqdorini ko‘payishi suyuq kelishiga
Ichak gipersekresiyasi ichakdagi elektrolitlar balansi buzilishi bilan kechadi.Sekretor diareyaga ko‘proq vabo xos.Sekretor diareya suyuq axlat, polifekaliya, steatoreey uzun uglerod zanjirli yog‘ kislotalari xisobiga, natriya, kaliya, xlorning axlat bilan ko‘p chiqishi, metabolik atsidoz, axlatda yuqori rN bilan kechadi .
Ichak bo‘shlig‘ida osmotik bosim oshishi quyidagi xolatlarda kuzatiladi: 1) uglevodlar xazm bo‘lishi va so‘rilishining buzilishi; 2) so‘rilish buzilishi sindromi; 3) osmotik aktiv moddalar ichakka ko‘p tushishi (tuzli ich yumshatuvchilar, sorbitola). Osmotik diareya ich suyuq kelishi, polifekaliya, qisqa zanjirli yog‘ kislotalar va sut kislotasi oshishi, elektrolitlarning kam miqdorda yo‘qotilishi, axlat rN kam o‘zgarishi.
Ichak saqlamasi o‘tishi tezlashishi gormonal va farmakologik stimulyatorlar; (serotonin, prostaglandinlar, sekretin, pankreozimin, gastrin); tranzitning nevrogen stimulyatsiyasi ; ichak evakuator faoliyati tezlashishi, ichak bo‘shlig‘i bosimi ortishi. Bunday xolatlar asosan funksional diareyalarda kuzatiladi. Bunda axlat kam miqdorda, shilliq aralash, ertalab ovqatdan keyin, ko‘proq to‘lg‘oqsimon og‘riqlar bilan kechadi
Diareyalarni davolash: dieta 4b, aglyutenli dieta, ichak eubiozini tiklash; ferment preparatlar, adsorbentlar, qamrab oluvchilar, ortiqcha organik kislotalarni bog‘lovchi preparatlar; perestaltikani sekinlashtiruvchi preparatlar; antisekretor preparatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |