O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi ko’z kasalliklari kafedrasi keys – texnologiya



Download 170 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi170 Kb.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

KO’Z KASALLIKLARI KAFEDRASI


KEYS – TEXNOLOGIYA

KO’Z O’TKIRLIGINING PASAYISHI VA QIZIL KO’Z SINDROMI” o’quv mavzusi bo’yicha

Ko’z kasalliklari” kafedrasi keys xal qiladi.

Talabalar uchun o’quv metodik qo’llanma

Toshkent 2012
Tuzuvchilar: TTA Ko’z kasalliklari kafedrasi assistenti m.f.n To’ychibaeva D.M

TTA Ko’z kasalliklari kafedrasi assistenti m.f.n Kuryazova Z.X


Taqrizchilar: ixtisoslashtirilgan ko’z mikroxirurgiyasi markazi direktori o’rinbosari t.f.d prof. Karimova M.X

TTA Ko’z kasalliklari kafedrasi dotsenti m.f.n Axrorov A.A

Ko’z kasalliklari kafedrasining 20 yanvar 2012 yil o’quv metodik yig’ilishida ko’rib chiqildi va maqullandi

Protokol 10

Xirurgiya va akusher ginikologiya m.t.k sektsiyasining 23 yanvar 2012 yil o’quv metodik yig;ilishida ko’rib chiqildi va maqullandi protocol 6
Pedogogik annatatsiya

O’quv predmeti: “ko’z kasalliklari”

Mavzu: “ko’z o’tkirligining pasayishi va qizil ko’z sindromi”

Ushbu keysning maqsadi: ko’z o’tkirligining pasayishi va qizil ko’z sindromi bilan bog’liq kasalliklarining rivojlanish sabablari to’g’risidagi bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish. ko’z o’tkirligining pasayishi va qizil ko’z sindromi bilan bog’liq kasalliklar bilan kelgan bemorlarda holatni analiz qila olish va baholashni rivojlantirish. Tez yordam ko’rsatishda va diagnostikada taktika tanlash bilim va ko’nikmalari.

Rejalashtirilayotgan o’quv natijalari

Keys bilan ishlash natijasida talabalar quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishadi:



  • ko’z o’tkirligining pasayishi va qizil ko’z sindromi bilan bog’liq kasalliklar bilan kelgan bemorlarda holatni analiz qila olish va baholash

  • diagnoz qo’yish uchun to’g’ri xarakatlar algarifmini tanlash

  • logik o’ylashni kuchaytirish

  • ko’z o’tkirligining pasayishi va qizil ko’z sindromida to’g’ri fikr qabul qilish

  • mustaqil ravishda yordam ko’rsata olish

  • keying tekshiruv va davolash uchun statsionarga yuborish

quyidagi keysning yechimini toppish uchun talaba quyidagilarni bilishi kerak:

  • ko’z o’tkirligining pasayishi va qizil ko’z sindromining asosiy sababi

  • ko’z o’tkirligining pasayishi va qizil ko’z sindromining kelib chiqish sabablari

  • ko’z o’tkirligining pasayishi va qizil ko’z sindromining boshqa kasalliklardan diferentsial diagnostikasini o’tkazish

  • diagnostika metodlarini sanab o’tish SVP va SRB da tekshiruv planini tuzish va isbotlash

quyidagi keys birinchi pog’onadagi real holatni ko’rsatadi

keysuchunaxborotresursi:

1. Атлас по клинической офтальмологии. Девид Дж. Спелтон, Роджер А. Хитчингс, 2007г., С.723.

2. Глазные болезни для врачей общей практики. Ю.С. Астахов, Г.В. Ангелопуло. О.А. Джалиошвили. Санкт-Петербург – 2001г. С.195.\

3. Клиническая офтальмология. Систематизированный подход. Джек Кански. – 2009г., С.931.

4. Национальное руководство по офтальмологии. Москва «Геотар-Медиа» - 2008, С.940.

5. Офтальмологические проявления общих заболеваний. Е.А. Егоров, Т.В. Ставицкая, Е.С. Тутаева, 2009.

6. Рациональная фармакотерапия в офтальмологии. Егоров Е.А. Москва «Литтерра» - 2006, С.954.

7. Современная офтальмология. Даниличев В.Ф. – 2009г, С.684.

8. Терапевтическая офтальмология. М.Л.Краснов, Н.Б. Шульпина. Москва - 1999. С.359.

9. Фармакотерапия глазных болезней. В.И. Морозов, А.А. Яколев. Москва 2009, С.509.

10. Jack J. Kanski. /Clinical Ophthalmology. A systematic Approach. Atlas/ “Butterworth Heineman”, Oxford, UK 2005 y., 372 с.

11. Jack J. Kanski. /Clinical Ophthalmology. A systematic Approach./ “Butterworth Heineman”, Oxford, UK 2005 y., 404 с.

12. Ma’lumotlar quyidagi saytlardan olingan: www.ophthalmology.ru/articles/120_html,www.nedug.ru/ophthalmology/34art -html www.eyenews.ru/html- 67,www.helmholthzeyeinstitute.ru/articles/1.2html www.eyeworld.com/ophth.articles/html-89,www.scientific-vision.com/html-ophth

Tipologik ko’rinishlargaqarabkeysxarakteristikasi

Quyidagi keys kabinet syujet turiga kiradi. Qisqa va strukturlashtirilgan. Bu keys – savol topshiriq.

Didaktik maqsadga ko’ra keys mashg’ulotli mushaklarni stimulyatsiyalovchi SVP va GVP real xolati uchun.

Keys quyidagi yo’nalishlarda foydalanilishi mumkin: terapiya, oftalmologiya tezyordam xolatlari.

Keys 1

“Ko’z o’tkirligining pasayishi va qizil ko’z sindromi”



KIRISH

Ko’z o’tkirligining pasayishi va qizil ko’z sindromi kasalligini diagnostikasi va keying davolash muammosi umumiy praktika vrachlari uchun muhim chunki ular tez tez bunday kasalliklar diagnostikasi va keying taktik davolashda ishashadi.

Ko’z qizarishi muammosi ostida nima yotishi mumkin? Ko’z qoplami,va ko’z giperimiyasini o’z ichiga oluvchi simptomlar kompleksi xar xil bo’lib koz orbitasi yoki ko’z qorachig’iga tegishli bo’lishi mumkin.

Shu tufayli vrach kasallik og’irligiga qarab farqlantirilishi kerak.

Jarohat, keratitlar, iridotsiklidlarga o’xshash muhim patalogiyalarda bemorlarga birinchi yordam oilaviy do’xtir yoki uchastka do’xtiri tomonidan ko’rsatilishi kerak va keyinchalik bemor aftalmologga yuborilishi zarur.

Shunday qilib qizil ko’z sindromining muhimligi uning kelib chiqish sababini bilishda, diagnostikaning o’z vaqtida qilinishi SVP va GVP holatida birinchi yordamning ko’rsatilishidir.

Bu keysning maqsadi talabada ko’z o’tkirligining pasayishi va qizil ko’z sindromi kasalligi holatini analiz qila olishni rivojlantirish diagnostikani to’g’ri olib boorish bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish va tez yordam ko’rsatish.

Bu keysni yechimini topish talabalarga quyidagi o’quv natijalarini beradi:



  • Ko’z o’tkirligining pasayishi va qizil ko’z sindromida baholash va analiz ko’nikmasini rivojlanishi

  • Diagnoz qo’yish uchun harakatlarning to’g’ri algorifmini tanlashni ishlab chiqish

  • Birinchi yordamni ko’rsatishga kerak bo’lgan ko’nikmalarni egallash

  • Logik o’yni rivojlantirish

  • Ko’z o’tkirligining pasayishi va qizil ko’z sindromida to’g’ri fikr qabul qilish

  • Mustaqil fikr qabul qilishni o’rganish (davolash yoki statsionarga jo’natish)

Vaziyatli masala: SVP da VOPga 20 yashar bemor keldi shikoyati o’ng ko’zdagi kuchli og’riq irridatsiyasiz, ko’z qizarishi, yorug’likdan qo’rqish, yosh oqishi, ko’z nurining pasayishi. Bemorning so’zlaridan bu muammo 1 kundan beri davom etayapti. Og’riqlar dab durusdan tunda paydo bo’lgan. Kichkinaligidan revmatizm bilan xastalangan. Chorvachilik fermasida ishlaydi. Uyda og’riq qoldiruvchi dori ichgan lekin og’riq yo’qolmagan.

Fizikaviy tekshiruvlar natijasidagi holat



Anamnez va shikoyatlar yig’imi

OD qovoqlar ishigan, giperemir yoshlangan va yoruqdan qo’rqish. Shikoyatlar 1 kun davom etayapti. Og’riq dab durusdan tunda paydo bo’lgan. Yoshlikdan revmatizmga chalingan. Chorva fermasida ishlaydi. Uyda og’riq qoldiradigan preparat ichgan lekin foydasi bo’lmagan.

Ko’zni chetdan yoritish orqali tashqi kuzatuv

OD sklera tomirlarining aralash inyektsiyasi kuzatildi. Ko’zning orqa tamonida kulrang kichik nuxtali pretsipitatlar kuzatildi. Qorachiq noto’g’ri shakilga ega. Yoruqga sust reaktsiya. Qorachiq ichining rangi zang rang. OS patalogik o’zgarishlarsiz.

oftalmotonus

OD palpator ravishda tonusning pasayishi kuzatildi. (T= -2), OS o’zgarmagan (T=N).

O’tkiziladigan nur bilan tekshiruv

Ko’z rangining tiniqmasligi.

oftalmoskopiya

OU dzn och pushti, chegaralari aniq, markazda tomirli tugun mavjud. Fiziologik eskavatsiya saqlab qolingan. Tomirlar yo’li va kalibri o’zgarmagan. Ko’z qobig’I patalogik o’choqlarsiz. Makulofovealrefleks saqlanib qolgan.

Uskunalar yordamidagi tekshiruvlarning natijalari



Qonning umumiy analizi

  • Gemoglobin – 142 g/l

  • Eritrotsitlar – 4-5x10*12/l

  • Leykotsitlar –11,2x10*9/l

  • Soe – 25mm/ch

Bovurning umumiy analizi

  • Miqdor – 130 ml

  • Rangi och sariq

  • Bovurning quyuqligi 1015

  • Korinishi – korinadigan

  • Reaktsiya – chuchuk

  • Oqi – abs

  • O’t pigmentlari manfiy

  • Epiteliy – 2-3 ko’rish doirasida

  • Leykotsitlar – 1-2 ko’rish doirasida

revmofaktor

Musbat(++)

Savol va topshiriqlar

1. Diagnoz qo’ying va uni asoslab bering

2. sizning fikringiz bo’yicha qaysi patalogiyalarning diferentsial diagnostikasini o’tkizish lozim.

3. Qaysi tekshiruvni svp va tsrb holatida o’tkazish mumkin.

4. holatga nisbatan taktikangiz

5. qanday muammolar mavjud

Topshiriq: Ko’z o’tkirligining pasayishi va qizil ko’z sindromida bemorning holat analiziga asoslanib birlamchi diagnoz qo’yiladi, kerakli diagnostika metodlarini o’tkazish va asoslangan fikr qabul qilish.

O’quv metodik material:

Ko’z o’tkirligining pasayishi va qizil ko’z sindromi. O’z ichiga keratit, pridotsiklit o’tkir glaucoma xuruji, jarohatlarni oladi.

Muguz pardoning anatomiyasi

Muguz pardаning meyordagi holati: tiniq (oynaday), yaltiroq, sfera holatida, o’zining shakliga va qiymatiga ega (gorizontal meridian 11-12 mm, vertical 10-11 mm markazdagi qalinlik 0.4 – 0.1 mm chetda 0.8 – 1.0 ), tomirsiz tez his etuvchan.

Muguz parda qavatlari (5):


  • Ko’pqavatli yalpaygan muguzlanmagan epiteliy

  • Oldingi chegara plastinasi (boumen qobig’i)

  • Muguz parda stromasi

  • Orqa chegara plastinasi (destemet qobig’i)

  • Endoteliy

Muguz parda sindromining korinishi:

  1. Subyektiv tashqi jism xissi yosh oqishi yorug’likdan qo’rqish bleforaspazm bo’lishi mumkin.

  2. Obyektiv perekorneal inyektsiya

Muguz parda yazvasi: gnoilli infiltratning ustki qismda yoyilishi yazvalanish keyin ko’z qoplanadi. Perforatsiyada ko’z pardasi bilan yopishib o’sish kuzatiladi.

Shox parda yarasi: yiringli infiltrate, yuza bo’ylab tarqalishi, yaralanish. Keyinchalik dog’ hosil bo’ladi. Perforatsiya bo’lganda rangdor parda bilan bitishma hosil qiladi.

Davolash: ko’z klinikasida. Yara tubidan va konyuktivadan ekma olinadi. Antibiotiklar konyuktiva ostiga va mushak orasiga. Vitaminlar С va В. Mahalliy antibiotiklar va sulfanilamidlar tomchi, maz, ko’z plyonkalari ko’rinishida. Midriatiklar: 1%li atropin, tropikamid. Keratoplastika.

Ko’zni gerpetik zararlanishi.

Yuzaki bo’lishi mumkin – daraxtsimon gerpetik keratit; chuqur – disksimon gerpetik keratit. Xarakterli belgisi shox parda sezgirligini pasayishi.

Davolash:

• virusga qarshi – ichishga: atsiklovir (250 mg. 1 Tabletkadan 5 mahal).

mahalliy: zoviraks (3%li 2-5 mahal, 7 kun davomida), Virgan (1kap – 5mahal, 7 kun davomida).

• immunoterapiya: gamma – globulin subkonyuktival inyeksiyalarda, interferon va interferonogenlar

• vitaminlar, antibiotiklar va sulfanilamidlar - mahalliy.

• midriatiklar

• keratoplastika

Irit va iridosiklitlar.

Ko’z olmasi qizarishi bilan kechadi. Etiologiya: Umumiy kasalliklar (gripp, sil, revmatizm, sifilis va b.), fokal infeksiyalar, travmalar va operatsiyalar.

Klinika: perikorneal inyeksiya, rangdor parda rangini o’zgarishi, mioz, rangdor parda rangini xiralashishi, gipopion.

Davolash: midriatiklar, glyukokortikosteroidlar, antibiotiklar, sulfanilamidlar, fizioterapiya (elektroforez).

Yopiq burchakli glaukomani o’tkir xuruji

Oldingi kamera burchagi yopilishi va ko’z ichi suyuqligini chiqib ketishini qiyinlashishi natijasida rivojlanadi. Ko’zda va boshni yarmida kuchli og’riqlarga, og’riqlar ba’zida turli organlarga irradiatsiyalanadi, ko’z qizarishi (dimlanishli inyeksiya), ko’rish o’tkirligi pasayishi, ko’z qorachig’i kengayishi va ko’z ichi bosimi oshishi (ko’z toshdek qattiq). Bu xurujlar koz qorachig’ini kengaytiruvchi preparatlar tomizilgandan bir necha soat keyin rivojlanadi.

Yaqin 12 soat ichida oftalmolog ko’rigi zarur.

Davolash: davolashni diagnoz qo’yilishi bilan boshlash kerak. Bemor ko’z ichi bosimini normallashtirish, ko’zni qon bilan ta’minlanishini yaxshilash, og’riqlardan xalos etish zarur. Birinchi yordam: bemorni yorug’lik manbai oldiga o’tkazish – koz qorachig’ini maksimal toraytirish uchun. 2soat davomida har 15 minutda 1%li pilokarpin gidroxlorid ko’zga tomiziladi, keyin 2 soat davomida har 30minutda, keyin har soatda 1 marta, oyoqlarga issiq vanna, chakkaga zuluk qo’yish chalg’ituvchi terapiya maqsadida. Ichishga diakarb 0,25 gr va teri ostiga 1ml - 2% li promedol eritmasi.

3 soatdan keyin xuruj to’xtamasa va bemor umumiy ahvolida qarshi ko’rsatma bo’lmasa, mushak orasiga litik eritma yuboriladi: 1ml - 2,5 %li aminazin eritmasi, 1 ml – 2,5 %li pipolfen yoki 1ml – 1%li dimedrol va 1ml – 2%li promedol. Ichishga glitserin 1kg tana massasiga 1,3 mldan hisoblab, mevali sharbatga qo’shib.

Agar xuruj 24 soat ichida olinmasa, xirurgik davo o’tkaziladi.

Siklik-glaukomatoz kriz. Bir ko’zdagi qon bosimini retsidivlovchi oshishi, birlamchi yopiq burchakli (qisqa burchakli) glaukoma o’tkir xurujiga o’xshab kechuvchi. Ammo bunda quyidagi o’ziga xos belgilar mavjud:

- asosan yoshroq odamlar kasallanadi

-shox parda orqa yuzasida pretsipitatlar ko’rinadi

-old kamera normal chuqurlikda (kichik emas)

-old kamera suyuqligi опалесцирует

-qorachiq kengaymagan, harakatchanligi saqlangan

-keskin bo’lmagan, yaqqol perikorneal yoki aralash inyektsiya.

Tavsiyalar

1. Timolol 0,5% - 2 mahal kuniga.

2. Trusopt 2% - 3 mahal kuniga

3. Deksametazon kuniga 4 mahal tomchi.

4. Ichishga diakarb 1 tabletkadan (0,25).

5. Ichishga desensibilizatsiyalovchi preparatlar.

6. Oftalmolog tavsiyasi va kuzatuvi.



Endoftolmit (ko’z ichki qavatlarining o’tkir yiringli yallig’lanishi)

Kasallik yiringli iridosiklit ko’rinishida boshlanadi, keyinchalik bu jarayonga hususiy tomirli qavat ham qo’shiladi. Bu holatda konyuktivaning keskin shishi (xemoz) qo’shilishi, ko’rish o’tkirligi yorug’lik sezishgacha yoki “0” gacha tushib ketishi mumkin. Oldingi kamera yiringli eksudat bilan to’ladi. Agar qorachiq ko’rinsa,u joylashgan soha sariq rangda ko’rinadi. Tekshiruv o’tivchi nurda – qorachiqning sariq nurlanishi shishasimon tana ham yiring bilan to’lganini tasdiqlaydi.

Tavsiya:

1. Keng spektordagi antibiotiklarni tez-tez tomizib turish (kolbiotsin, tobreks).

2. Ko’z olmasi enukleatsiasi zarur yoki yoqligini hal etish uchun ko’z kasalliklari statsionariga tezkor gospitalizatsiya.

3.Endogen endoftalmitda- infeksiya o’chog’ini aniqlash. Mos keluvchi terapiya o’tkazish.


Panoftalmit. Ba’zida yallig’lanish jarayoni ko’z ichki qavatlaridan sclera, tendo kapsulasi va ko’z to’qimasiga tarqaladi. Ko’zda og’riq kuchayadi. Qovoqlar keskin shishadi va giperemiyalanadi, konyuktivadagi shish kattalashadi, ekzoftalm namoyon bo’ladi. Ko’z olmasi harakati og’riqli va chegaralangan. O’tuvchi nur bilan refleks tekshirilganda ko’z tubida reflex yo’q. Shishasimon tanada esa refleks sariq- oqish rangga ega.

Umumiy holsizlik, tana haroratini oshishi, bosh og’rig’I, ko’ngil aynishi ba’zan qusish.




Tavsiya
1. Keng spektordagi antibiotiklarni tez- tez tomizish (kolbiotsin, tobreks).

2. Ko’z evisseratsiyasi masalasini hal etish uchun ko’z kasalliklar statsionariga tezkor gospitalizatsiya.


II. Studentlar uchun metodik qo’llanma
2.1 Muammo:

Olib borish taktikasini tanlash va ko’rish o’tkirligi pasayishi bn kechuvchi qizil ko’z sindromida gospitalizatsiya masalasini QPV va GVP sharoitida hal etish.



2.2 Qo’shimcha muammo:

1. Tashqi korinish analizi

2. Anamnez analizi va ko’rish o’tkirligi bn kechuvchi qizil ko’z sindromi rivojlanishidagi etiologik faktorni aniqlash.

3. Ko’rik analizi

4. Zarur diagnostika metodlarini tanlash

5. Yegilgan ma’lumotlar asosida differensial diagnostika o’tkazish


2.3. Yechim algoritmi

1. Tashqi ko’rik analizi o’z ichiga quyidagi tekshirishlarni oladi

-yuz va va qovoq terisi ko’rigi

-ko’z olmasi ko’rigi

2. Anamnez analizi

-sotsial-oilaviy anamnez

-oftalmologik status

-og’riq davomiyligi va harakteri



3.Ko’rik analizi

-ko’zning tashqi ko’rigi

-viziometriya

-biomikroskopiya

-yondan yoritib ko’rish

-o’tuvchi nur bilan ko’rish



4. Labarator diagnostika uchun muhim metodlarni tanlash

-UQT


-UST

5. Olingan ma’lumotlar asosida boshqa ko’rish o’tkirligi pasaymaydigan qizil ko’z sindromi bilan kechuvchi kasalliklar orasida differensial diagnostika o’tkazish.

6. QVP va SHVP sharoitida aniqlangan muammolarni hal etishga kirishish

- shoshilich yordan ko’rsatish

- kerak bo’lganda davolash

- tezkor gospitalizatsiya



Analiz bo’yicha mustaqil ish va praktik situatsiyalarni hal etish bo’yicha yo’riqnoma

Analiz listi

Ish bosqichlari

Tavsiya va maslaxatlar

1.Keys bilan tanishish.

Avval keys bilan tanishing

  • O’qib, shu zag’otiyoq masalani hal qilishga kirishmang

2.Berilgan masala bilan tanishish

Ma’lumotlarni yana bir bor o’qib chiqing, siz uchun muhum ko’ringan abzaslarni ajratib oling.

Vaziyatni yoritishga harakat qiling. Masalada muhum va ikkinchi darajali holatlarni ajratib oling.




3. Kalit bo’lgan muammo va ikkilamchi muammolarni aniqlash, shakillantirish



Muammo :

Olib boorish taktikasi va QVP va SHVP sharoitida ko’rish o’tkirligi pasayishi bilan kechuvchi qizil ko’z sindromida gospitalizatsiya masalasini hal etish.





4. Masalada diagnostika analizi


Masala taxlilida quyidagi savollarga javob bering:

  • Qanday ko’z patalogiyalari qizil ko’z sindromi bilan kechadi?

  • Qanday nazalogiyalar bilan differensial diagnostika o’tkazish lozim? Solishtirma harakteristika bering

  • Ko’rish o’tkirligi pasayishi bilan kechuvchi qizil ko’z sindromini yuzaga keltiruvchi ishonchli sabablarni aniqlang.

  • Qanday diagnostika metodlarini qo’llash zarur, QVP va SHVP darajasida tekshiruv planini tuzing va asoslang.

  • Qizil ko’z bilan sindromili bemorlarni keyinchalik olib borish taktikasi




5. Muammolarni hal etish yo’lini tanlash va asoslash

Berilgan masaladagi muammolarni hal etish mumkin bo’lgan barcha imkoniyatlarni aniqlash



6.Muammoli masalani hal qilish



Diagnoz qo’ying, SHVP va QVP sharoitida muammolarni hal etishni aniqlashtiring.

Individual keys bilan ishlashni baholash jadvali


Qatnashchilar

Baholash kriteriyalari va ko’rsatkichlari




Berilgan masala taxlili

max 1,0


Muammolarni asoslash

max 0,5


Muammolarni hal etish usullari va resurslar

max 0,5


Muammoni hal qilish bo’yicha batafsil chora tadbirlar ishlanmasi
max 0,5

Umumiy bal

(max 2,5)*



1.
















2.
















* 2,0 – 2,5 ball – «a’lo», 1,5 – 2,0 ball – «yaxshi»,

1,0 – 1,5 ball – «qoniqarli»,

1,0 baldan kam – «qoniqarsiz»

Berilgan variantlarda guruh bilan muammolarni hal qilishni baholash sistemasi. Har bir guruh 2 ta baholash balldan oladi. Guruh balli birdan bir variantga berishi mumkin yoki ikkiga bo’lib (1:1; o,5:1,5 va shu kabi)berishi mumkin. Bunda o’zining hususiy variantining javobi baholashga kiritilmaydi.



1. Har bir variant yechimidan olingan ballar to’plab boriladi. Eng ko’p ball to’plagan javob yutgan hisoblanadi. ikkilanish holatlarida ovoz berish o’tkaziladi.


Berilgan variantlarda guruh bilan muammolarni hal qilishni baholash jadvali


Gruppa

Muammolarni hal qilishni alternativ varianti




1

2

3



1.













2.




























Jami















Tavsiya etilgan prezentatsiyani baholash




Gruppa

Prezentatsiyaning to’liqligi va aniqligi
(1 – 20)

Prezentatsiyaning ko’rgazmaliligi
(1 – 20)

Gruppa azolarining soni va aktivligi
(1 – 20)

Taqdim etilgan yechimlarning orginalligi
(1 – 20)

Qonuniy normalarga mosligi
(1 – 20)

Yeg’ilgan ballarning umumiy summasi
(max 100)

1.



















2.










































III. KEYSNI HAL ETISH VARIANTI

O’QITUVCHI BILAN- KEYSOLOG BILAN

1. Quyidagiga asosalanib:

1. Shikoyatlar: kechasi kuchayuvchi kuchli og’riqlar o’ng ko’zda, irradiyatsiyasiz. Ko’z qizarishi, yorug’likdan qo’rqish, yosh oqishi, ko’rish o’tkirligi pasayishi.

2. Kasallik tarixi: bemor so’zidan yuqoridagi shikoyatlar 1 kun davomida bezovta qilmoqda. Og’riqlar to’sattan, kechasi paydo bo’lgan. Bolalikdan revmatizm bilan og’riydi. Og’riq qoldiruvchi dorilardan so’ng og’riq qolmagan.

3. Hayot tarixi: chorvachilik fermasida ishlaydi.

4. Instrumental tekshiruvlarga ko’ra: OD – sclera qon tomirlarida aralash inyeksiya kuzatilmoqda. Shox pardoning orqa yuzasida kulrang mayda nuqtasimon pretsipitatlar, qorachiq noto’g’ri shaklda, yorug’likka reaksiya sust, rangdor parda zangsimon tusda. Palpator oftalmotonus pasayishi (T= - 2).

UQA da – ECHT oshishi 25mm/s. leykotsitoz – 11,2 x 10 *9/l. Qon bioximik analizida: - musbat(++) revmofaktor.


Taxminiy tashxis: OD – Iridosiklit revmatik etiologiyali.
2. Differensial diagnostikani quyidagi nozologiyalar bilan o’tkazish lozim:

Keratit va glaukoma o’tkir huruji.




Differensial belgilar

Iridosiklit

Keratit

Shikoyatlar

Kechasi kuchayuvchi kuchli og’riqlar, irradiatsiyasiz.

Ko’z qizarishi, yorug’likdan qo’rqish, yosh oqishi, ko’rish o’tkirligi pasayishi




Kuchli og’riqlar, ko’z qizarishi, yorug’likdan qo’rqish, yosh oqishi, ko’rish o’tkirligi pasayishi


Obyektiv

Sklera tomirlarining aralash inyeksiyasi.

Shox parda orqa yuzasida mayda nuqtasimon presipitatlar. Qorachiq noto’g’ri shaklda, yorug’likka reaksiya sust. Rangdor parda zangsimon rangda.




Perikorneal inyeksiya. Qorachiq to’g’ri shaklda, yorug’likka reaksiya saqlangan. Rangdor parda o’zgarishsiz. Shox pardada infiltratlatlar bo’lishi.

Oftalmotonus

Palpator oftalmotonusning pasayishi(T= - 2)



Oftalmotonus o’zgarmagan

Palpator


Og’riqning kuchayishi


Og’riq sezish kuchaymaydi




Iridosiklit

Glaukomaning o’tkir huruji

Ko’z oldida rangli halqalar. Ko’zda kuchli og’riq, kechasi og’riqlar kuchayishi, irradiyatsiyasiz.


Rangli halqalar yo’q.kuchli og’riqlar, irradiyatsiyalanadi.


Sklera tomirlari aralash inyeksiyasi. Rangdor parda zangsimon tusda.



Turg’un inyeksiya.


Shox parda orqa yuzasida mayda kulrang nuqtasimon presipitatlar. Qorachiq noto’g’ri shaklda, yorug’likka reaksiya o’zgarmagan.



Shoxparda shishgan, yemirilgan, sezuvchanligi pasaygan


Oldingi kamera o’rta chuqurlikda yoki chuqur

Old kamera sayoz


Qorachiq toraygan, noto’g’ri shaklda bo’lishi mumkin, yorug’likka reaksiya sust.


Qorachiq ikkinchi ko’zga nisbatan keng


Oftalmotonus pasaygan yoki o’zgarmagan


Oftalmotonus oshgan



  1. QVP sharoitida o’tkazilishi lozim bo’lgan tekshiruvlar

  • Shikoyatlar va anamnezni to’plash

  • Analizlar taxlili

  • Viziometriya korreksiya bilan

  • Ko’z olmasini yondan yoritib va o’tuvchi nur bilan ko’rish

  • Oftalmotonusni aniqlash

  • Oftalmoskopiya

  • Umumiy qon taxlili, umumiy siydik taxlili va qonnining bioximik taxlili (revmatoid faktorlar)

  • Qondigi qand miqdori

  • EKG

MTSH da o’tkazilishi lozim bo’lgan tekshiruvlar:



  • Biomikroskopiya

  • Gonioskopiya

  • Oftalmoxromoskapiya

  • Refraktometriya

  • Goldman 3 oynali linzasi yordamida ko’z tubi periferiyasini ko’rish Осмотр переферии глазного дна трёхзеркальной линзой Гольдмана

  • Perimetriya

  • Ko’z olmasi va bosh miya qon tomirlari UUT

  • O’pkalar,peshona va gaymor bo’shliqlari rengenografiyasi

  • PSR, TORCH- infeksiyasiga qonni tekshirish

  • Revmotolog, LOR, stomotolog konsultatsiyasi

4. Masalada moment va taktika: shikoyatlar va analiz to’plangandan keyin, kerakli tekshiruvlarni o'tkazish va taxminiy tashxis qo’yish uchun midriatiklarni tomizish va bemorni ko’z kasalliklar statsionariga shoshilinch gospitalizatsiya qilish

5. Iridosiklit asoratlari: endoftalmit, panoftalmit,ikkilamchi glaukoma.

IV. Amaliy mashg’ulotlarni o’qitish texnologiyasi - keysi

4.1 O’qitish texnologiyasi modeli

Mavzu

Ko’rish o’tkirligi pasayishi bilan kechuvchi qizil ko’z sindromi

Soatlar soni – 2 soat

O’qitiluvchilar soni: 10 ta odam

O’quv mashg’ulotining tuzilishi

Ko’rish o’tkirligi pasayishi bilan kechuvchi qizil ko’z sindromili bemorlarni olib borish taktikasi, bilimlarni mustahkamlash va shakllantirish.

O’quv mashg’ulot rejasi:

        1. Mashg’ulotni olib boorish

        2. Bilimlar aktualizatsiyasi

        3. Keys bilan kichik guruhlarda ishlash

        4. Prezentatsiya natijalari

        5. Amaliy ko’nikmalarni bajarish

        6. Muhokama qilish, baholash va eng muqobil yechim variantni tanlash

        7. Yakunlash. Gruppa va studentlarni, mashg’ulotda erishilgan natijani baholash.

O’quv darsining maqsadi: Talabalarga ko’rish o’tkirligi pasayishi bilan kechuvchi qizil ko’z sindromiga kiritilgan kasalliklar bilan umumiy bilimni mustahkamlash va shakillantirish. Bilim va ko’nikmalarni chuqurlashtirish.


Pedagogik maqsadlar:

  • ko’rish o’tkirligi pasayishi bilan kechuvchi qizil ko’z sindromiga kiritilgan kasalliklar to’g’risida bilimlarni mustahkamlash;

  • diagnoz qo’yish uchun muhim bo’lgan harakatlar algoritmini to’g’ri tuzish;

  • shoshilinch yordam ko’rsata olish uchun amaliy ko’nikmalarni shakillantirish;

  • QVP va GVP sharoitida ko’rish o’tkirligi pasayishi bilan kechuvchi qizil ko’z sindromi bn bemorlarni olib borish uchun mustaqil qaror qabul qilish va ko’nikmalarni shakillantirish

O’quv faoliyati natijalari:

  • ko’rish o’tkirligi pasayishi bilan kechuvchi qizil ko’z sindromili bemorlar umumiy ahvolini va vaziyatni baholash hamda tahlil qila olish

  • diagnoz qo’yish uchun harakatlar algoritmini tanlash

  • ko’rish o’tkirligi pasayishi bilan kechuvchi qizil ko’z sindromili bemorlarni olib boorish uchun ko’nikmalarni shakillantirish

  • shoshilinch yordam ko’rsatish uchun harakatlar algoritmini tuzish




Ta’lim usullari

Keys – texnologiya, diskussiya, praktik metodlar, organayzerlar

Ta’lim vositalari

Keys, metodik qo’llanmalar

Ta’lim shakli

Individual, frontal , guruhlarda ishlash

Ta’lim berish sharoiti

Maxsus vositalar bilan jihozlangan auditoriya, guruhli shakllarda ishlashga mo’ljallangan xonalar.


Monitoring va baholash

Kuzatish, bliss savollar, prezentatsiya, baholash.



Keysga asoslangan o’quv mashg’uloti texnologik xaritasi.



Ish tarkibi va bosqichlari

Faoliyat

O’qituvchiga

Talabalarga

Tayyorlovchi bosqich

Keys-stadiya qo’llanilishini va uni kasbiy bilimlarni egallashga ta’sirini asoslash. Keys materiallarini tarqatadi, vaziyatni tahlil qilish algoritmi bilan tanishtiradi.

“Vaziyatni tahlil qilish listini” natijalarini keltirish, mustaqil tahlil qilish uchun masala beradi



Eshitishadi

Keys saqlamasini mustaqil o’rganishadi va vaziyatni tahlil qilish listini individual to’ldirishadi.



I bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish

(10-15 min)

1.1. Mashg’ulot mavzusi, rejasi, maqsadi, vazifalari va o’quv faoliyatini rejalashtirilgan natijasi e’lon qilinadi.

1.2. Natijalarni baholash kriteriylari va mashg’ulot ishi rejimi bilan tanishtiradi (q-ng. talabalarga qo’llanmaga)



Eshitishadi

Kerakli bilimlarni olib borish





II bosqich asosiy

60 min

2.1. Muammoni qo’yishni asoslaydi va faol vaziyatni tanlaydi. O’quvchilar bilimini faollashtirish uchun mavzu bo’yicha blits-savol-javob o’tkazadi:

  • Ko’rish o’tkirligi pasayishi bilan kechuvchi qizil ko’z sindromini kelib chiqish sabablarini ayting?

  • Ko’rish o’tkirligi pasayishi bilan kechuvchi qizil ko’z sindromida qanday asoratlar kuzatilishi mumkin?

2.2. Talabalarni guruhlarga bo’lish. Keys tarkibi va vazifalarini eslatadi. Guruh bilan ishlash va diskussiya qoidalari bilan tanishtiradi.

2.3. Vazifa beradi, vazifani to’g’ri tushunishganini aniqlaydi:



  • Qaysi nozologiyalar bilan differensial diagnostika o’tkazish kerak

  • QVP va SHVP sharoitida qo’llaniluvchi diagnostika metodlari

  • Ko’rish o’tkirligi pasayishi bilan kechuvchi qizil ko’z sindromida UASHni keyingi olib borish taktikasi

2.4. O’quv faoliyatini yo’naltiradi, tavsiya beradi, koordinatsiyalaydi.

Individual ishlash natijalarini baholaydi: Vaziyatni tahlil qilish listini.

2.5.Keysni yechish bo’yicha qilingan ishlarni prezentatsiyasini tashkillashtiradi, muhokama qiladi.

Diskussiya organizatori: teoritik materialni eslatadi, savollar beradi

2.6. Organayzer – ushbu vaziyatda UASH harakati algoritmi

2.7. Keys javobini o’z variantini aytadi



Savollarga javob berishadi, muhokama qilishadi, aniqlashtiruvchi savollar berishadi.

Guruhlarga bo’linishadi

Muhokama qilishadi, individual muammoni birga tahlil qilishadi, vaziyatni muhim aspektlari aniqlanadi, asosiy muammolar va ularni yechish uslublari va xulosalar rasmiylashtiriladi.

Muammoni yechish variantlari namoyish etiladi 10-15 min. Prezentatsiya yakunida savollar beriladi, optimal variant tanlanadi.


Diskussiya o’tkaziladi, yagona tizim ishlab chiqiladi.

III Mashg’ulot yakunini o’tkazadi, tahlil qiladi, baholaydi

20 min

3.1. O’quv faoliyati natijalarini umumlashtiradi, individual va birga ishlash baholarini e’lon qiladi.

Guruhni baholash va tahlil qilish, ijobiy va salbiy holatlarni aytadi.

3.2. Keys-stadiya ahamiyatini va uni bo’lajak mutaxassis rivojlanishiga ta’sirini aniqlaydi.


Eshitishadi

O’zini va bir-birini baholash o’tkaziladi.


O’z fikrlarini bildirishadi









Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa