64
Mexanizmning qo’zg’aluvchan qismini harakatlantiruvchi kuchlar moment
aylantiruvchi moment
deb ataladi.
Asbobning qo’zg’aluvchan qismining siljishiga elastik aks ta’sir ko’rsatilmasa, bunday asbob
bilan o’lchash mumkin bo’lmaydi, chunki aylantiruvchi moment har qanday bo’lganda ham strelka
shkalaning chetida turib qolaveradi. Asbobning strelkasi o’lchanayotgan
miqdorga mos burchak
kattaligida og’ishi uchun aylantiruvchi momentga teskari yo’nalishli kuchlar momentini qarshi
qo’yish lozim. Asbobning qo’zg’aluvchan qismining siljishiga qarshilik ko’rsatuvchi kuchlar
momenti aks ta’sir etuvchi moment deb ataladi. Qo’zg’aluvchan qismning og’ishi ortishi bilan aks
ta’sir etucvhi moment ham ortishi kerak. Ko’pchilik asboblarda
bunday momentni spiral yoki
lentali prujinalarning elastikilik kuchlari hosil qiladi. Bu prujinalar buralib qisilganida yoki
cho’zilganda ular ko’rsatadigan aks ta’sir asbobning qo’zg’aluvchan qismining buralish burchagiga
proporsional bo’ladi.
Shunday qilib, asbob elektr zanjirga qo’shilganda uning o’lchov mexanizmining
qo’zg’aluvchan qismiga ikkita moment: aylantiruvchi va aks ta’sir etuvchi moment ta’sir qiladigan
bo’ladi. Aylantiruvchi moment aks ta’sir etuvchi momentdan katta bo’lgandagina qo’zg’aluvchan
qismi siljishda davom etadi. Buralish burchagining ortishiga mos holda ortib boradigan aks ta’sir
etucvhi moment aylantiruvchi momentga tenglashib qolganda asbobning qo’zg’aluvchan
qismi
siljishdan to’xtab, muvozanat yuz beradi. Asbobning og’ishgan strelkasi o’lchanayotgan kattalikka
muvofiq ravishda ma’lum bir vaziyat oladi. Asbob elektr zanjirdan ajratilganda uning
qo’zg’aluvchan qismi buralib qisilgan prujina momenti ta’sirida dastlabki vaziyatga qaytadi.
Asbobni zanjirga ulaganda o’lchov mexanizmining qo’zg’aluvchan qismi muvozanat vaziyat
tomon siljiydi. Maxsus choralar ko’rilmasa, qo’zg’aluvchan qism inersiya tufayli bu vaziyatdan
o’tib ketadi. So’ngra, qo’zg’aluvchan qism spiral prujinalar taa’sirida teskari tomonga siljib, yana
muvozanat vaziyatdan o’tib ketadi va mayatnikka o’xshab muvozanat vaziyati atrofida so’nuvchi
tebranma harakat qiladigan bo’ladi. Bu tebranma harakat uzoq davom etishi va oqibatda o’lchash
natijasini topish kechikishi mumkin. Asbobning qo’zg’aluvchan sistemasini muvozanat vaziyatiga
tezroq keltirish uchun bu sistemaga mahsus moslama – tinchitkich qo’shib qo’yiladi.
Tinchitkichalarning
ikki
xili:
magnitoinduksion
tinchitkichlar
va
havoli
tinchitkichlar eng ko’p tarqalgan.
4.6-rasm. Magnitoinuksion tinchitgich.
65
4.7-rasm.
Havoli tinchitgich
Magnitoinduksion tinchitkich (4.6-rasm) 1 doimiy magnit qutblari orasidagi sektor shaklli 2
metall plastinkadan iborat. Plastinka o’lchov mexanizmi qo’zg’aluvchan qismning 3 o’qiga
o’tkazilgan. Plastinka doimiy magnitning magnit maydonida harakalantirilganada plastinkada
uyurma toklar paydo bo’ladi. Uyurma toklarning doimiy magnit maydoni bilan o’zaro ta’sir qilishi
natijasida shunday kuchlar paydo bo’ladiki, bu kuchlar Lens qonuniga binoan plastinkaning
siljishiga to’sqinlik qilib, o’lchov mehanizmi qo’zg’aluvchan qismi tebranishlarining so’nishini
tezlashtiradi.
Havoli tinchitkich (4.7-rasm) ichiga yengil 1 qanot-plastinka joylashtirilgan 2
kameradan
iborat. Qanotning bir cheti asbob qo’zg’aluvchan qismning 3 o’qiga mahkamlangan. Qanot kamera
devorlariga tegmasdan harakatlanadi, tormozlovchi moment esa kamera ichida havoning qisilishi va
kengayishi natijasida hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: