O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent farmasevtika instituti



Download 362,59 Kb.
bet26/82
Sana30.04.2022
Hajmi362,59 Kb.
#599260
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   82
Bog'liq
маъруза магни2020 Word

Kadrlar rezervi
Kadrlar rezervi (zahirasini) shakllantirish korxonaning kafolatli uzluksiz faoliyati uchun hayotiy muhim vazifadir, chunki betob bo‘lgan, ta’tilga chiqqan, safarga ketgan va bo‘shagan xodimning bo‘shagan lavozimini kerakli xodim tomonidan egallanishini ta’minlaydi.
Kadrlar rezervi turli shakldagi (yirik, o‘rta va kichik) korxona uchun zarur bo‘lib, uni shakllantirish har bir korxonada turlicha amalga oshiriladi. Yirik korxonalarda kadrlarning ichki rezervi shakllantirilib, turli bo‘g‘in rahbarlarining vertikal rotatsiyasi va funksional xizmat mutaxassislarning gorizontal rotatsiyasiga asosiy ahamiyat beriladi7.
O‘rta biznes korxonalarida kadrlar rezervi ichki imkoniyatlar hisobiga shakllantiriladi. Shu bilan birga, kadrlar rezervining asosiy qismi korxonaga ishlab chiqarish amaliyotiga yuborilgan va rejali ravishda malakali ish joylariga tayyorlangan o‘rta va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari hisobiga shakllanadi. Kichik biznes korxonalarida o‘ziga xos muammolar bor. Bunday korxonada ikkita sekretar-referent yoki maslaxatchi-yurist ishlatish imkoniyatlari yo‘q bo‘lib, kadrlar rezervi uchun lavozimlar va kasblarni o‘rindoshligini egallash uchun xodimlarning muntazam treningi tashkil etiladi, hamda xodimlarning gorizontal rotatsiyasi ta’minlanadi. Referentning yuridik ma’lumoti, buxgalterning qo‘shimcha iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lishi kadrlar rezervi muammosini hal etishi mumkin. Lekin boshqa firmalar tajribali mutaxassislarni qiziqtirib, o‘ziga ishga olishi mumkinligini esdan chiqarmaslik kerak. Kadrlarning gorizontal rotatsiyasi, ya’ni mutaxassislarni turli lavozimlarda rejali ravishda ishlatish korxonani raqobatli kadrlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Xodimlarni baholash
Ishga qabul qilinayotgan xodimni egallaydigan lavozimiga yoki korxonada ishlayotgan xodimning egallagan lavozimiga loyiqligini baholash uchun ularning hislatlarini aniqlash imkonini beruvchi quyidagi maxsus usullar qo‘llaniladi:

  • anketa ma’lumotlarini tahlil qilish;

  • psixologik testdan o‘tkazish;

  • amaliy ish o‘yinlarini o‘tkazish;

  • malakaviy testdan o‘tkazish;

  • tavsiyalarni o‘rganish;

  • suhbat o‘tkazish;

  • attestatsiyadan o‘tkazish;

  • reyting usullari.

Xodimlarni baholashning reyting usuli
“Reyting” so‘zi ingliz tilida “baho” ma’nosini anglatadi, Uni qo‘llash zamirida xodimlarni ularning malakasi, bilim darajasi, ish tajribasi, xulq-atvori va boshqa xislatlari darajalariga qarab reyting ballarini aniqlash va ularga baho berish g‘oyasi turadi.
Bu usul bilan baholashda xodimning sotsial va ishchanlik sifatlari (prinsipialligi, mehnatsevarligi, vijdonliligi, intizomliligi, ma’suliyatni sezish qobiliyati, tashabbuskorliligi), kasbiy mahorati va bilimi, shaxsiy sifatlari (ish qobiliyati, xalolligi, kirishimliligi, axloqiy barqarorligi, kamtarinligi) bo‘yicha ballar jamlanib, o‘rtacha ball topiladi.

3.1 Jadval Xodimlarni tanlash va ularga baho berish usullari





T/r

Baholanuvchi sifatlar

Anketa tahlili

Psixo-logik test

Amaliy ish o‘yini

Malaka-viy test

Tavsiya-lar tahlili

Suhbat o‘tkazish

1

Idrok (intellekt)




++

++







+

2

Bilimdonligi (umumiy, iqtisodiy, huquqiy)

+








++





+


3

Kasbiy bilimi va tajribasi

+




+

++

+

+

4

Tashkilotchilik qobiliyati va tajribasi

+




++

+

+

+

5

Kirishimliligi va tajribasi




+

++







++

6

Shaxsiy hislatlari va qobiliyati




++

+




+

++

7

Sog‘lig‘i va ish qobiliyati

+




+




+

+

8

Tashqi ko‘rinishi va o‘zini tuta bilishi










+




++

9

Motivatsiya
















++

.
Izoh: (++) – mazkur sifatni baholash uchun samaraliroq usul


(+) – keng va tez-tez qo‘llanadigan an’anaviy usul

Farmasevt xodimlarning attestatsiyasi


Xodimlarni baholashning belgilab qo‘yilgan tartibi “attestatsiya” deb ataladi. U mutaxassislarning lavozimga layoqatini, malakasini, bilim darajasi va ko‘nikmalarini aniqlashga va shu asosda ishga tayinlash yoki yuqori lavozimga o‘tkazishga yoki ishdan chetlatishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘iga asosan farmasevtik xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilangan. Farmasevt xodimlar attestatsiyasi ularning malakasini va kasbiy burchlarini bajarishda shaxsiy ma’suliyatni oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Attestatsiyaning asosiy vazifasi farmasevtlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlash, yuqori malakali va qobiliyatli mutaxassislarni aniqlashdir.
Farmasevt xodimlar attestatsiyasi quyidagi yo‘nalishda o‘tkaziladi:

  • malakali toifa belgilash bo‘yicha attestatsiya;

  • lavozim attestatsiyasi (nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni aniqlash).

Malakali toifa belgilash bo‘yicha attestatsiya farmasevt xodimning xoxishiga asosan o‘tkaziladi. Attestatsiya Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida tuzilgan attestatsiya xa’ati tomonidan o‘tkaziladi. Dorixonalarda farmasevtik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan va farmasevtik lavozimni egallagan xodimlar attestatsiyadan o‘tishlari mumkin.
Oliy ma’lumotli farmasevtlarning attestatsiyasi uchta mutaxassislik bo‘yicha o‘tkaziladi: farmasevt-tashkilotchi; farmasevt-texnolog; farmasevt-analitik.
Malakali toifa belgilash bo‘yicha attestatsiyadan o‘tish xoxishini bildirgan farmasevt attestatsiya xay’atiga ariza yozadi hamda o‘zining ohirgi 3 yillik faoliyati yoritilgan va ishlab turgan dorixonaning ko‘rsatkichlari tahlil qilingan xisobotni taqdim etadi. Hisobot dorixona mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.Xisobot yuqori malakali mutaxassislarga taqriz uchun yuboriladi va ularning xulosasi attestatsiyada hisobga olinadi8.
Attestatsiya xay’ati tomonidan oliy ma’lumotli farmasevt xodimlarga uchta malakali toifa beriladi. (Oliy, birinchi, ikkinchi).

Download 362,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish