O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/169
Sana04.04.2022
Hajmi2,48 Mb.
#526987
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   169
Bog'liq
SS(MS) O\'UM 2020

Birinchi asos. 
Tarkibida 30% kakao moyi, 49-60% gidrogenlangan kungaboqar moyi va 10-
21% parafin. 
Ikkinchi asos.
Tarkibida 60-80% lanol (ftal kislotasining yuqori molekulali spirtlar bilan 
xosil qilgan murakkab efiri), 10-20% kulnariya moyi va 10-20% parafin. 
Korxona sharoitida shamchalarni ishlab chiqarishda asosiy e’tibor palmayadrosi yoki 
plastifikatsiyalangan salomas asosidagi qattiq qandolatchilik moylaridan foydalanishga 
qaratilgan. Bu asoslar mayda kristallik tuzilishga ega bo‘lib, ular kakao moyi va boshqa 
shamcha asoslariga qaraganda erish xaroratida qisqa intervalga ega. Bunday qotishmalarning 
suyuqlanish haroratini oshirish maqsadida ularga mum, parafin, ozokerit va spermatsetlar 
qo‘shiladi. Lanolin, letsitin, xolesterinlar esa eritmalarni emulgirlash uchun qo‘shiladi. 
Yog‘li va yog‘ga o‘xshash asoslar o‘ziga xos qovushqoqlik va plastiklikka ega 
bo‘lganligi uchun ulardan foydalanishga qarab shamchalarnng turi va tayyorlanish 
texnologiyasi tanlanadi. 
Estarinum – chet ellarda ishlab chiqarilayotgan asos bo‘lib, fizik-kimyoviy jihati 
bo‘yicha farq qiluvchi bir nechta modifikatsiyalardan iborat. Kimyoviy jihatdan bu asos 
to‘yingan yog‘ kislotalarining mono-, di- va triglitseridlaridir. 
Lazupol – bu ham chet ellarda ishlab chiqarilayotgan asos. Tarkibida yuqori 
molekulali spirtlarni ftal kislotasi bilan xosil qilgan efirilarini saqlaydi (masalan, setil yoki 
stearil). Lazupolni suyuqlanish harorati bir biridan farq qiladigan bir qancha modifikatsiyalari 
ham mavjud bo‘lib, ular suvli eritmalarni yaxshi emulgirlash xossasiga ega. 
Gidrofl asoslarning aksariyatini etilenoksid va suvning polimer kondensatlari - 
polietilenglikollar tashkil etadi. Bugungi kunda polietilenglikollarning molekulyar massasiga 
qarab quyidagi turlari mavjud: PEG-400, 1500, 2000, 4000 va 6000. CHet ellarda 
polietilenglikol asosida sintez qilingan quyidagi asoslar shamchalar texnolgiyasida keng 
ko‘lamda ishlatilib kelinmoqda: “Karbovaks” (SSHA), “Skurol” (Fransiya), “Postonal”, 
“Suppofarm” (Germaniya). 
Jelatin glitserinli va sovun glitserinli asoslar. Bu asoslar garchand DF tarkibiga kiritilgan 
bo‘lsada, ular shamchalarni korxona sharoitida ishlab chiqarishda kamdan kam xolatlarda 
ishlatiladi. 
Shamcha asoslari etarli tuzilish-mexanik xossalarga ega bo‘lishi uchun ularning 
tarkibiga alyuminiy stearat, magniy stearat va boshqa yog‘ kislotalarining tuzlari, 
shuningdek 
tvinlar
, T-2, №1 emulgatorlar, bentonit, glyukoza, kraxmal va aerosil qo‘shiladi. 


113 
XI DF shamchalarni quyidagi sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashni talab qiladi: shamchalar bir xil 
massani tashkil etishi lozim, bir xildaga shaklga ega bo‘lishi kerak, etarli qattiqlik va ishlatish 
uchun qulaylikka ega bo‘lmog‘i lozim. 
Shamchalarning bir xilligi vizual – ko‘z orqali ko‘rish bilan, shamcha ko‘ndalang kesimida 
dori va yordamchi moddalarning bir xil taqsimlanganligi kuzatiladi. 
Shamchalarning o‘rtacha massasi va undan chetlanishi XI Bo‘yicha tabletkalarning o‘rtacha 
og‘irligi va undan farqini aniqlashga o‘xshab aniqlaniladi. 
Lipofil asoslarda tayyorlangan shamchalarning suyuqlanish harorati aniqlaniladi, u 37
0
S dan 
ormasligi kerak. Agar shamchalarning suyuqlanish haroratini aniqlash qiyinchilik tug‘dirsa, 
shamchalarning to‘liq deformatsiya vaqti aniqlaniladi. Bu ko‘rsatkich 15 daqiqadan ortmasligi 
kerak. 
Gidrofil asoslarda tayyorlangan shamchalar uchun erish vaqti aniqlaniladi. Bu ko‘rsatkich 1 
soatdan ortmaligi lozim. 
Shuningdek, shamchalarda shamcha tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda miqdori va 
dozalar 
bir 
xilligi 
ham 
DF 
ning 
talabi 
bo‘yicha 
aniqlaniladi. 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish