49
1.
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari
2.
Standart turlari va toifalari
3.
Davlatlararo, mintaqaviy va milliy standart
Standartlar darajasiga qarab xalqaro, mintaqaviy, davlatlararo, milliy va korxona
miqyosida faoliyat ko‘rsatadi. Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab
chiqarishga qo‘yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va
o‘zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi oralaridagi
munosabatlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan. Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o‘z
vaqtida yuqori sifatli loyiha-konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini
berilgan sifat ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo‘lsa, mahsulotni ishlab
chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.
Xalqaro standart
– bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo‘yicha)
shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng
doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir.
Mintaqaviy standart
esa, standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan mintaqaviy
tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan
hujjatdir.
Davlatlararo standart “GOST”
– bu standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash tomonidan qabul qilingan, bajarilishi shart
bo‘lgan hujjatdir.
O’zbekiston Respublikasida Standart turlari
Standartlashtirish obyektlariga qo’yiladigan talablarni belgilovchi MTH lar quyidagi
toifalarga bo’linadilar:
1. a) Xalqaro standartlar. Bu standartlar xalqaro standartizatsiya tashkiloti (ISO) tomonidan
tasdiqlanadi. ISO strukturasi: assambleya, kengash ijroiya qo’mita texnikaviy buyro,
texnikaviy komitet va markaziy kotibiyatlar.
Mansablari: Prezident, vitseprezident, g’aznachi, bosh kotib.
Rasmiy tillar: ingliz, frantsuz, rus tili.
O’zbekiston 1. 01. 1994 yildan boshlab ISO ning a’zosi. O’zbekistonda O’zRST 1.7-97
standarti "Xalqaro standartlardan to’g’ridan-to’g’ri foydalanish tartibi" ni belgilaydi.
b) Mintaqaviy standartlar-standartlashtirish bo’yicha regional organlar tasdiqlaydi (GOST).
2. O’zbekiston respublikasi standartlari.
Bu standartlarni:
O’zbekiston respublikasi davlat standarti, Qurilish davlat qo’mitasi, Tabiatni
muxofaza qilish davlat qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi, har qaysi o’ziga tegishli
standartlarni tasdiqlaydi. Davstandart ro’yxatidan o’tkazadi. Standart tarkibidagi har qaysi
belgi, so’z va raqam o’zining ma’no va mazmuniga ega.
Davstandart ro’yxatidan o’tkazadi. Standart tarkibidagi har qaysi belgi, so’z va raqam
o’zining ma’no va mazmuniga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: