O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


Sertifikatlashtirishni qayd yoki shahodat etish



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/169
Sana04.04.2022
Hajmi2,48 Mb.
#526987
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169
Bog'liq
SS(MS) O\'UM 2020

1.2.Sertifikatlashtirishni qayd yoki shahodat etish.
Sertifikatlashtirish guvoxlik berish, qayd yoki shahodat etish, ishonch bildirish 
ma’nolarini bildiruvchi certifus (lotincha) so‘zidan olingan bo‘lib, kerakli ishonchlilik bilan 
mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini uchinchi, xolis va 
tan olgan tomon tarafidan tasdiklaydigan faoliyatini bildiradi. Sanoat korxonalarida ishlab 
chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko‘rsatkichlarida ishlab chiqilayotgan turli 
xil mahsulotlar muayyan sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi kerak. Sifat ko‘rsatkichlari esa 
ma’lum, belgilangan talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik o‘z navbatida 
ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni 
sertifikatlashtirish mumkin. «Sertifikatlashtirish» tushunchasi birinchi marta Xalqaro 
standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus 
qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning «Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov 
laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari» 
qo‘llanmasiga kiritilgan. Qayta ishlangan Xalqaro standartlashtirish tashkilotining 
qo‘llanmasida 
«sertifikatlashtirish» 
atamasining 
faqatgina 
izohlari 
berilgan. 
Sertifikatlashtirish umumiy atama bo‘lib, mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlarning 
sertifikatlashtirishda (muvofiqlikni sertifikatlashtirish) uchinchi tomonningn katnashishi va 
unga xolisona baho berish tushuniladi. Sifat tizimini baholash soxasidagi taraqqiyot sifat 
tizimini sertifikatlashatirish bo‘yicha yangi ta’minlovchining imkoniyatini sertifikatlashtirish/ 
tushuncha zaruriyatini tug‘dirmokda. Qo‘llanmaning qayta ishlangan nusxasida muvofiqlikni 
“Sertifikatlashtirish” tushunchasi tegishli atamalar guruxiga kiritiligan. Muvofiqlik atamasi 
mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o‘z tarkibiga oladi. 
Bunda muvofiqlikni uchta ko‘rinishi - muvofiqlikning bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, 
muvofiqlikni sertifikatlashtirish belgilaydi. 
Muvofiqlikning bayonoti deb etkazib 
beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy 
hujjatga to‘la – to‘kis muvofiqlik haqida butun mas’uliyatni o‘z ustiga olganligini bayon 
etishiga aytiladi. Bu atamani so‘nggi vaqtlarda «o‘z - o‘zini sertifikatlashtirish» tushunchasi 
bilan almashilayotgani qayd kilinmokda. O‘z – o‘zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot 
ishlab chiqaruvchi tomon butun mas’uliyatni o‘ziga olgan holda sertifikatlashtirishni o‘zi 
utkazadi va mahsulotning kerakli darajada sifatliligi haqidagi o‘z ustiga oladi. Bunday 
sertifikatlashtirish faoliyatini o‘z – o‘zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi. Muvofiqlikni 
attestatlash uchinchi tomon tarafidan «sinov laboratoriyasining bayonoti» tushunilib, ma’lum 
namuna mahsulotiga bo‘lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar 
bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi. Sertifikatlashtirish deganda mahsulot 
/buyum, mol/ yoki xizmat muayan standartga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishini 
tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot 
/buyum, molning/ sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat – sertifikat beriladi. 
YAna bir zarur atamalardan biri sertifikatlashtirish tizimi bo‘lib u quyidagicha ta’riflanadi:
Sertifikatlashtirish tizimi - muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini o‘tkazish 
uchun ish tartibi qoidalariga va boshqarishiga ega bo‘lgan tizimdir. Sertifikatlashtirish tizimi 
atamasidan tashqari sertifikatlashtirish sxemasi / sxema sertifikatsii/ kiritilib, u mazmunan 
muvofiqlikning sertifikalashtirilishni o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va 
tartibini anglatadi. Sertifikatlashtirish tizimilarida qatnashuvchi uchta tushuncha to‘g‘risida 
to‘xtalib utamiz: Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, sertifikatlashtirish tizimida 
qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi. Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish 


58 
deganda sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq guvoxnoma talabgoriga berilgan 
sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyatini tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi deb ushbu tizimning qoidalariga binoan 
faoliyat ko‘rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 
sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi. Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu 
tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan 
sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi. Sertifikatlashtirish ikki xil bo‘ladi: majburiy va ixtiѐriy. 
Mahsulotni u ѐki bu sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muhitga, inson salomatligiga 
ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar, albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub bo‘ladi, qolgan 
mahsulotlar esa sertifikatlashtirishi ixtiѐriydir. Majburiy sertifikatlashtirish deganda 
sertifikatlashtirish huquqiga ega bo‘lgan idora tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatning 
standartlardagi majburiy talablariga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish