O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/169
Sana04.04.2022
Hajmi2,48 Mb.
#526987
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   169
Bog'liq
SS(MS) O\'UM 2020

 
Masala va mashqlar: 
1.
1,1358 g o‘simlik xom ashyosi 50 ml ekstragent bilan ekstraksiya qilinib, 25 ml ekstrakt 
o‘lchab olindi. Erituvchi bug‘latiladi va qoldiq doimiy og‘irlikkacha quritildi. Agar 
chinni idishning og‘irligi 15,1288 g, ekstraktiv moddalar bilan birgalikdagi og‘irligi 
15,4870 g bo‘lsa, xom ashyodagi ekstraktiv moddalarning foiz miqdorini aniqlang. 
DO‘Xning namligi 12%.
2.
Na’matak mevasi tarkibidagi askorbin kislotanng miqdorini hisoblang. aniq tortma 
og‘irlik 20gr, namligi 14%, 2,6 dixlorfenolindofenolyat natriyning titrlash uchun ketgan 
hajmi 3ml 
3.
Na’matak mevalari tarkibidagi erkin organik kislotalarni titrlash uchun 2 ml 0,1 M natriy 
gidroksid eritmasidan sarf bo‘lgan bo‘lsa, necha gr tortma olingan? T=0,0067 namligi-
14% 
4.
2 g dorivor o‘simlik xomashyosidan tayyorlangan suvli ajratmani titrlash uchun 5 ml 
0,02 m/l li kaliy permanganat eritmasidan sarf bo‘lgan bo‘lsa, taninga nisbatan oshlovchi 


103 
moddalar miqdorini hisoblang. Namligi-10% T=0,004157 aligvot hajm -25ml, umumiy 
hajm- 250ml. 
Nazorat savollari: 
1.
Dorivor o‘simlik xom ashyosi va fitopreparatlarning xozirgi kundagi axamiyati
2.
Dorivor o‘simlik xom ashyosi taxlili 
3.
DO’X va dori preparatining namligini aniqlash 
 
10-Mavzu: Granula dori shakllarini standartlash 
 
Ishdan maqsad: 
Dorixona retsepturasida ko`p uchraydigan granulalar tahlilini 
o`zlashtirish, bu boradagi bilimlarni rivojlantirish
 
Granulalar - ichish uchun (per os), mo’ljallangan ma‘lum bir shakl berilgan, dori va 
yordamchi moddalardan tashkil topgan dori turidir. Ular qobiq bilan qoplangan bo‗lishi mumkin. 
Granulalar rangi bir xil bo’lishi kerak. Ularning o’lchami -0,2dan -3 mm gacha bo’lib, undan 
kichiq yoki katta bulgan granulalar miqdori 5% dan oshmasligi kerak, katta va kichiq granulalar 
soni elakdan o’tkazib aniqlanadi. Granulalar quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha tahlil qilinadi:
- Preparat nomi;
- Tarkibi (1 granula uchun);
- Tashqi ko’rinishi;
- Chinligi;
- 2 g massadagi granulalar soni;
- Parchalanishi;
- Qadoqdagi granulalar og’irligi;
- Quritishda yo’qotgan og’irligi;
- Mikrobiologik tozaligi;
- Miqdoriy tahlil;
- Qadoqlash, yoriqlash, saqlash;
- Saqlash muddati;
- Farmakologik faolligi;
Granulalarning namligi, eruvchanligi, parchalanuvchanligi kabi ko’rsatkichlari tabletkalar 
uchun ko’rsatilgan uslublarda aniqlanadi.
Bu ko’rsatkichlarning qiymati maqolalarda ko‗rsatilgan me‘yorlardan oshmasligi kerak.
Granulalardagi modda miqdorini aniqlashda 10g dan kam bo‗lmagan maydalangan 
granulalar olinadi. Bunda dori moddasining miqdori ±10% min dan oshmasligi kerak. 
Parchalanuvchanligini aniqlashda 0,5g aniq tortma olinadi va tirqishlar kattaligi 0,5mm bo‗lgan 
setkalardan foydalaniladi. Agar xususiy maqolalarda ko‗rsatilmagan bo‗lsa parchalanuvchanlik 
vaqti 15 minutdan oshmasligi kerak. Granulalar tashqi muhitdan ximoyalangan xolda salqin, 
quruq joylarda saqlanadi. 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish