O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


Substansiyalarning fizik xususiyatlari



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/169
Sana04.04.2022
Hajmi2,48 Mb.
#526987
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   169
Bog'liq
SS(MS) O\'UM 2020

 
9.1. Substansiyalarning fizik xususiyatlari 
Bugungi kunda DV 90% xorijdan keltirilayotgan substansiyalardan ishlab 
chiqarilmoqda (asosan Xitoy va Xindiston davlatlari).
Ma’lumki, DV sifati substansiyaning sifati bilan uzviy bog‘liqdir. Substansiyalarning 
asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu zarrachalar shakli va kattaligi, ularning polimorf 
xususiyatidir.
Substansiyalarning kristallari katta, kichik va amorf bo‘lishi mumkin. Moddalarning 
amorf ko‘rinishi kristallik turiga qaraganda rivojlangan yuzaga ega, shuning uchun ular havo 
kislorodi yoki namlik ta’siri natijasida tezlik bilan destruksiyaga uchraydi. 
USP substansiyalarning kristallik xolatini mikroskop yordamida aniqlash usuli 
keltirilgan (97 monografiya). RF da esa u “tasvirlanishi” ko‘rsatkichining ichiga kiritilgan va 
faqat ma’lumot uchun keltirilgan. 
Substansiyalarning 
polimorfligi 
ularning 
farmako-texnologik, 
biofarmatsevtik 
xususiyatlari va turg‘unligiga ta’sir ko‘rsatadi. Polimorf moddalar turlicha farmakologik 
faollikga ega. Polimorfizm molekulyar massasi 350 dan kam va suvda kam eriydigan 
moddalarga xos. Masalan, karbomazalin, rimantadin gidroxlorid, indometatsin va b. 
Substansiyalarning ushbu holati rentgenostruktur va difraktometriya tahlil usullarida, 
shuningdek erish haroratini aniqlash yordamida amalga oshirniladi. Xozirda 140 taga yaqin 
moddalar uchun polimorfizm xosligi aniqlangan (indometacin, nimodipin, Phenobarbital, 
pentobarbital, tetracaine hydrochloride va b.). 
ICH Q6A da polimorflik xususiyatiga eag bo‘lgan substansiyalar uchun talablar 
keltirilgan. Unga ko‘ra agar dori moddasi uchun polimorflik aniqlangan bo‘lsa (elektron 
mikroskopiya, differensial skanerlash kolorimetriya usuli, termooptik tahlil, IQ-
spektroskopiya, rentgenostruktur tahlil usullari yordamida), u holda ularning farqlari 
(eruvchanlik, erish harorati, turg‘unligi bo‘yicha) bellilangan va havfsizlik, faollik va boshqa 
farmakologik xossalari o‘rganilgan bo‘ladi. 
Substansiyalarning polimorfligini nazorat qilishda “yot moddalar”, “eruvchanlik”, 
“moddalar turg‘unligin o‘rganish” usullaridan foydalaniladi. 


31 
Ma’lumki tabletkalarni ishlab chiqarishda ta’sir etuvchi va yordamchi moddalarning 
sochiluvchanligi, to‘kiladigan massasi, presslanishi kabi ko‘rsatkichlar aniqlanadi.Bu 
ko‘rsatkichlarr ularning zarrachalari kattaligi va dispersligi bilan bog‘liqdir. Masalan, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri presslash usuli uchun izometrik shaklga ega bo‘lgan kristallar eng maqbul 
hisoblanadi. Aminalon tabletkalari uchun kristallar kichik bo‘lishi kerak. Glibenklamid uchun 
esa mikronizirlangan kristallar to‘g‘ri keladi. Xuddi shu holat atsetilsalitsil kislotasi uchun 
ham xos ekan, bunda uning qo‘shimcha xossasi kamayib farmakologik faolligi kuchayadi. 
Etambutol gidroxlorid (suvda yaxshi eriydi) va rifampitsin (suvda kam eriydi) shamcha 
va surtma tarkibidan ajralib chiqishiga zarrachalar kattaligi 65-90 mkm oralig‘ida bo‘lishi 
kerak. 
Agar zarrachalar kattaligi moddaning eruvchanligi, turg‘unligi, va biologik 
samaradorligiga ta’sir ko‘rsatib, mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasining kritik 
ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanasa, uni MH tarkibigi kiritish zarur. 
Moddalar dispersligi elash, mikroskopiya, zarrachalarning lazer analizatori, lazer 
difraktometriya usullari yordamida aniqlanadi.
Ko‘pgina substansiyalar xiral moddalar hisoblanadi. Ularning ratsemat yoki 
enantiomerlari mavjud bo‘lib, faqat bittasi DV tarkibiga kiritilgan. 
Ratsematlarning farmakologik faolligi past, bitta enantiomer saqlagan DV kichik 
dozalarda chiqariladi (amlodipin besilat - levamlodipin, omeprazol – ezomeprazol va b.). 
EF da agar ham ratsemat ham enantiomer ruxsat etilgan bo‘lsa, ratsemat 
monografiyasiga “burish burchagi” (“testlar”) hamda “identifikatlash” bo‘limida esa kerakli 
havola beriladi. Agar faqat enantiomer berilgan bo‘lsa, unda “identifikatlash” bo‘limida 
“burish burchagi” yoki “enantiomer tozalik” testiga havola etiladi. Xiral birikmalar xiral 
suyuqlik xromatografiyasi usuli yordamida aniqlanadi. 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish