O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/104
Sana26.06.2021
Hajmi2,35 Mb.
#102449
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104
Bog'liq
11-Маърузалар матни - Метрология ва стандартизация

Haroratni o‘lchash usullari  
Qandaydir  bir    jismning    harorat  qiymatini  aniqlash  uchun  harorat  etalonini  tanlash  kerak, 
ya’ni    muvozanatdagi  va  etarli  darajada  oson  tiklanuvchi  ma’lum  bir  sharoitlarda,  aniq  bir 
qiymatdagi  haroratga    ega  bo‘lgan    jism.    Haroratni  ushbu  qiymatlari  haroratni  o‘ziga  xos 
shkalasida  reper  nuqta  bo‘lib  hisoblanadi.    Haroratni  shkalasi  -  u  yoki  bu  jismning  haroratini 
miqdoriy  aniqlashga  imkon  beruvchi,  harorat  qiymatlarini  tartiblashtirilgan  ketma-ketligidir.  
Haroratni  shkalasi  bilvosita  o‘lchash  usuli  orqali    haroratga  bog‘liq  biron-bir  fizik  parametrni  
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash yo‘li bilan jismni haroratini aniqlashga imkon beradi.   
Ko‘pgina  hollarda,    harorat  shkalasini  olishda    suvni  xususiyatlaridan  foydalaniladi. 
Me’yordagi  atmosfera  bosimida  muzni  erish  va  suvni  qaynash  nuqtasi  zamonaviy  harorat 
shkalalarida,    reper  nuqtalar  sifatida  tanlanadi    va  bu  haroratni  o‘lchash  usullari    Anders  Selsiy 
(1701 - 1744), Rene Antuan Fersho Reomyur (1683 - 1757),  Daniel Gabriel Farengeytlar (1686 - 
1736)  tomonidan  taklif  etilgan.  Farengeyt  tomonidan  hozirgi  vaqtda  ham  keng  miqyosda 
qo‘llaniladigan  spirtli  va simobli  termometrlar  yaratilgan. Reomyur va Farengeytlarning harorat 
shkalalaridan hozirgi vaqtda AQSH, Buyuk Britniya va boshqa mamlakatlarda qo‘llaniladi.   
1742 yilda kiritilgan,  normal atmosfera bosimida (1 atm yoki  101 325 Pa) suvni muzlash  
va suvni qaynash nuqtalari  haroratlari oralig‘ini yuzta teng qismga ajratishni taklif qilgan  Selsiyni 
harorat  shkalasidan  bugunga  kelib  ham  keng  miqyosda  foydalanilmoqda.  Selsiy  shkalasidagi  bir 
daraja bir kelvinga teng kabi hisoblanadi (quyiga qarang). Bunda muzni erish harorati  0
o
C ga teng 
deb olinadi suvni qaynash harorati esa taxminan  99,975
o
C ga teng bo‘ladi. Bunda vujudga kelgan 
xatoliklar, qoidaga ko‘ra, muxim axamiyat kasb etmaydi, chunki foydalaniladigan ko‘pchilik spirtli, 
simobli  va  elektron  termometrlar  etarlicha  aniqliklarga  ega  emas  (har  qalay,  odatda  bunga  extiyoj 
ham  bo‘lmaydi).  Bu  esa  ko‘rsatilgan,  uncha  katta  bo‘lmagan  tuzatishlarni  inobatga  olmaslikka 
imkon beradi. 
Xalqaro birliklar sistemasini kiritilishi bilan (SI)  ikkita  harorat shkalalarini qo‘llash   tavsiya. 
Birinchi shkala – termodinamik bo‘lib,  foydalanilayotgan maxsul (ishchi jism) xossalariga bog‘liq 
emas  va Karno sikli vositasida kiritiladi. Ushbu harorat shkalasida  haroratni o‘lchash birligi bo‘lib 


 
13 
 
 
kelvin (1K) xizmat qiladi, u SI 
 sistemasidagi  etti  asosiy  birlikning    biri    bo‘lib  sanaladi.  Bu 
birlik  ushbu shkalani ishlab chiqqan va haroratni o‘lchash birligi kattaligi  Selsiyni xarorat shkalasi 
kabi  saqlab qolgan ingliz fizigi   Uilyam  Tomson  (lord Kelvin) (1824  -  1907) sharafiga qo‘yilgan.  
Ikkinchi  tavsiya  qilingan  shkala-  xalqaro  amaliyotdagi    shkala  bo‘lib  –  bir  qator  sof  maxsullarni 
fazaga  oid  o‘tishlarida  11ta  reper  nuqtadagi    haroratga  ega,  bunda  ushbu  nuqtalarning  harorat  
qiymatlari hamisha aniqlanib turadi. Xalqaro amaliyotdagi shkalada haroratni o‘lchash birligi bo‘lib 
1 K xizmat qiladi. 
Hozirgi  paytda  haroratga  xos  bo‘lgan,    ham  termodinamik  shkalani  va  ham  halqaro 
amaliyotdagi  shkalani  asosiy  reperi  bo‘lib,  suvni  uchyoqlama  nuqtasi  hisoblanadi.  Bu  nuqta  bir 
vaqtni o‘zida qattiq, suyuq va gazsimon holatda amal qiluvchi harorat va bosim qiymatlariga qat’iy 
muvofiq keladi.  Bunda, agar termodinamik tizimni holati  faqatgina  harorat va bosim  qiymatlari 
bilan  aniqlansa,  unda  uch  yoqlama  nuqta  bitta  bo‘ladi.      SI  sistemasida  suvning  uchyoqlama  
harorati  bosim 609 Pa bo‘lganda 273,16 K ga teng kabi olingan. 
Haroratni  etalon  yordamida  aniqlanadigan  reper  nuqtalarni  berilishidan  tashqari,    jismning 
belgilari  haroratni  o‘zgarishlarini  bildiradigan    yoki  termometrik  belgilarni  o‘zgarishlarini  fizik 
kattaliklarini  bayon  etuvchi,  termodinamik  xossalarini  tanlash  kerak.      Bu  xossalar    oson  barpo 
qilinuvchi, fizik kattaliklari esa –oson o‘lchanuvchi bo‘lishi kerak. Ushbu fizik kattalikni o‘lchash -  
reper nuqtalariga nisbatan oraliqdagi  harorat nuqtalarining termasini ( va ularga xos bo‘lgan harorat 
qiymatini) olishga imkon beradi. 
Termometrik belgilarini o‘lchash yordamida  haroratning o‘lchashni amalga oshiriladigan jism 
termometrik jism deb ataladi.  
Ishlash prinsipiga qarab, barcha   termometrlar va ular yordamida o‘lchash usullari quyidagi  
guruxlarga ajratiladi
2,3

1.  Haroratni  o‘zgarishlarida    suyuqliklar  yoki  qattiq  jismlarning  hajmlarini  o‘zgarishiga 
asoslangan  va  -260  dan  +700°S  gacha  temperatura  o‘lchash  diapazoniga  ega  bo‘lgan  -  kengayish 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish