O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/104
Sana26.06.2021
Hajmi2,35 Mb.
#102449
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104
Bog'liq
11-Маърузалар матни - Метрология ва стандартизация

 
4.5. O’lchash usullari haqida  
umumiy ma’lumotlar 
 
Biror  elektrik  kattalikni  o’lchash-uni  o’zi  bilan  bir  jinsli  bo’lgan,  shartli  ravishda  birlik  deb 
qabul  qilingan  kattalik  bilan  taqqoslash  demakdir.  Texnikada  elektrik  o’lchashlarning  roli  katta. 
Ular  yoramida  alohida  mashinalar,  agregatlar  va  elektrik  ustanovkalarning  ishi  kontrol  qilinib 
turiladi. Har xil kattaliklarni o’lchash va ularni o’zaro hamda boshlang’ich berilgan kattaliklar bilan 
taqqoslash yo’li bilangina texnologik protsessni ratsional olib borish mumkin. 
Elektrik  o’lchashlarsiz  ishlab  chiqarish  protsesslarini  mexanizatsiyalashtirish,  ayniqsa 
avtomatlashtitish  amri  mahol,  chunki  faqat  tegishli  asboblar  protsessni  normadan  chetga 
chiqqanligini qayd qilgandan keyingina protsessga avtomatik ta’sir ko’rsatish mumkin. 
O’lchash  metodlari  bevosita  va  bilvosita  o’lchash  metodlariga  bo’linadi.  Bilvosita  o’lchash 
metodi  deb,  shunday  metodga  aytiladiki,  bunda  izlanayotgan  kattalik  to’g’ridan-to’g’ri 
o’lchanmaydi,  balki  boshqa  kattaliklarni  o’lchash  orqali  hisoblab  topiladi.  Bunga  elektrik 
qarshilikni ampermetr va voltmetr yordamida o’lchash metodi misol bo’ladi. Bu metodga muvofiq 
o’tkazgichdagi  tok  va uning qisqichlaridagi  kuchlanish o’lchanadi,  izlanayotgan qarshilik esa Om 
qonuniga muvofiq hisoblab topiladi. 
Katta  aniqlikda  o’lchash  imkonini  bermagani,  hisoblashlarni  bajarishni,  ko’p  vaqt  va  ko’p 
asboblarni  talab  qilgani  uchun  bilvosita  o’lchash  metodlari  elektrotexnika  praktikasida  keng 
qo’llanilmadi. 
Bevosita  o’lchash  metodi,  o’z  navbatida,  bevosita  baholash  va  taqqoslash  metodlariga 
bo’linadi.  Bevosita  baholash  metodida  o’lchanadigan  kattalik  shu  kattalik  qiymatlariga  moslab 
darajalarga bo’lingan (volt, amper, vatt hisobida va x.k) o’lchash asbobining ko’rsatishian bevosita 


 
65 
 
 
aniqlanadi.  Taqqoslash  metodida  o’lchanadigan  kattalik  uni  berilgan  kattalikni  o’lchovi  bilan 
taqqoslab  aniqlanadi.  Taqqoslash  metodiga  quyidagilar  kiradi:  1)  nolga  keltirish  metodi;  2) 
differensial metod; 3) almashtirish metodi. 
Nolga  keltirish  metodida  o’lchanadigan  kattalikning  ta’siri  xuddi  shu  jinsdagi  kattalikning 
qarshi ta’siri bilan muvozanatlashadi. E.Yu.K. ni uni qiymati aniq kuchlanish bilan kompensatsiya 
qilish yo’li bilan o’lchash misol bo’la oladi. 
Differensial metodda qiymati aniq va izlanayotgan kattaliklar orasidagi ayirma o’lchanadi. 
Almashtirish  metodida  izlanayotgan  kattalik  uni  huddi  shunday  qiymatli  aniq  kattalik  bilan 
almashtirish  yo’li  bilan  aniqlanadi,  bunda  bu  almashtirish  o’lchash  asboblarining  ko’rsatishlarini 
o’zgartirmaydi. 
Ishlab chiqarish sharoitlarida eng sodda va o’lchash uchun eng kam vaqt talab qilgan metod 
sifatida bevosita baholash metodi eng ko’p tarqalgan. 
O’lchash hech qachon absolyut aniq bo’lmaydi va olchash natijasi hamma vaqt ko’p yoki oz 
miqorda o’lchanadigan kattalikning absoluyt qiymatidan farq qiladi. Bu holga olchash asboblarning 
noaniqligi,  olchash  metodinig  takomillashmagani,  sezgi  organlarining  mukammal  emasligi  va  har 
xil tasodifiy faktorlarning tasiri sabab boladi. 
  O’lchash xatoliklari uch klassga bolinadi: 
  1) sistematik; 
  2) tasodifiy; 
3) yanglishish xatoliklari. 
Ayni  kattalikni  qayta o’lchaganda ozgarmayidgan  yoki  ma’lum qonun bo’yicha ozgaradigan 
xatoliklar  sistematik  xatoliklarga  kiradi,  shuning  uchun  ham  ular  o’rganilishi,  hisobga  olinishi  va 
o’lchash natijasiga ta’siri minimumga keltirilishi mumkin. 
Sistematik xatoliklarga quyidagilar kiradi: 
1) Asbobiy xatoliklar (o’lchash asbobining takomillashmaganidan yoki uning buzuqligidan); 
2) O’rnatish xatoligi (o’lchash asbobinig noto’gri o’rnatilganidan); 
3) Metodik xatoliklar (o’lchash metodining takomillashmaganidan); 
4) Shaxsiy xatoliklar (o’lchovning shaxsiy hususiyatlaridan). 
Tasodifiy  sabablar  natijada  hosil  bo’ladiganozgarishi  biror-bir  qonunga  bo’ysunmaydigan 
xatoliklar tasodifiy xatoliklarga kiradi. 
Yanglishish  xatoliklari  deganda  o’lchash  natijalarini  ochiqdan-ochiq  buzib  ko’rsatuvchi 
xatoliklar  tushiniladi  (o’lchash  natijasini  noto’gri  yozish,  shkala  boyicha  noto’gri  hisob  yuritish, 
hisoblashdagi xatoliklar). 
Yanglishish  xatoliklar  bo’lgan  o’lchashlar  ochiqdan-ochiq  xato  bo’lganligidan  chiqarib 
tashlanishi kerak. 
Asbobning ko’rsatishi A-bilan o’lchanuvchi kattalikning haqiqiy qiymati A
h
 orasidagi ayirma 
o’lchash asbobining absaluyt xatoligi deb ataladi.       
  O’lchanadigan  kattalikning  namunaviy  o’lchash  asboblari  yordamida  aniqlangan  qiymati 
uning haqiqiy qiymati deb tushiniladi.Bundan  haqiqiy  kattalikning  haqqoniy  emasligini  nazarda 
tutish kerak. 
  Asbobning  absolut  xatoligining  o’lchanuvchi  kattalikning  asbob  shkalasida  ko’rsatilgan 
maksimal  qiymatiga  nisbatining  protsent  ifodasi  shu  asbobning  keltirilgan  nisbiy  xatoligi  deb 
ataladi. 
Ĩ
kel 
=
%
100
max
A
A

 
bu yerda Ĩ
kel
 – keltirilgan nisbiy xatolik; 
A
maks
  –  o’lchanuvchi  kattalikning  asbob  shkalasidagi  maksimal  qiymati  (nominal  qiymat). 
Ko’rib o’tilgan xatoliklarning har biri ham asosiy va qo’shimcha xatolik bo’lishi mumkin. Normal 
ekspluatatsiya sharoitlarida asbobda bo’ladigan xatolik asosiy xatolik deyiladi (asbobning vaziyati 
to’gri;  atrofidagi  havo  temperaturasi  20
0
  ±  5
0
C;  tashqi  maydon  bo’lmaganda  va  h.k).  Asbob  ish 


 
66 
 
 
sharoiti  normal  sharoitga  nisbatan  o’zgarganda  hosil  bo’ladigan  xatolik  qo’shimcha  xatolik  deb 
ataladi. 
Ayni  asbob  ega  bolishi  mumkin  bo’lgan  eng  katta  nisbiy  keltirilgan  xatolik  shu  asbobning 
aniqlik klassini bildiradi. 
Bevosita  baholovchi  hamma  asboblar  (elektr  energiyasi  stchotchiklaridan  tashqari)  aniqlik 
darajasi bo’yicha 8 klassga bo’linadi: 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1,0; 1,5; 2,5; 4,0 Klass nomeri asbobning 
shkalasi  ustida  yoziladi  va  u  asbob  ega  bolishi  mumkin  bolgan  keltirilgan  nisbiy  xatolikning 
maksimal  kattaligini  korsatadi.  1960  yildan  oldin  chiqqan  asboblarda  aniqlik  klassi  aylana  ichiga 
olingan, undan keyin chiqqan asboblarda ega aniqlik klassi aylana ichiga olinmaydi. 
Agar  asbobda  bo’la  oladigan  absalyut  xatolik  kattaligini  hisoblansa,  aniqlik  klassi  bo’yicha 
o’lchash aniqligi to’grisida hukm yuritish mumkin. 
 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish