O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti


O’lchov asboblarining o’lchash mexanizmlari



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/104
Sana26.06.2021
Hajmi2,35 Mb.
#102449
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104
Bog'liq
11-Маърузалар матни - Метрология ва стандартизация

4.4. O’lchov asboblarining o’lchash mexanizmlari 
Har  bir  ko’rsatuvchi  asbobning  asosiy  elementi  o’lchov  mehanizmidir.  Bu  mehanizm 
qo’zg’aluvchan  va  qo’zg’almas  qismlardan  iborat  bo’lib,  ular  asbob  korpusining  ichiga 
joylashtiriladi.  Asbob,  kontrol  qilinayotgan  elektr  zanjiriga  qo’shilganda  mehanizmning 
qo’zg’aluvchan qismi siljiydi (odatda o’qi atrofida buriladi). 
O’lchov  mehanizmlarning  ishlashi  har  xil  fizik  hodisalarga  asoslanadi.  Ba’zi  asboblarda 
o’lchov  mehanizmining  qo’zg’aluvchan  qismi  tokli  o’tkazgich  bilan  doimiy  magnit  maydon 
orasidagi  o’zaro  ta’sir  kuchlari  tufayli  buriladi;  ba’zilarida  qo’zg’aluvchan  qismni  yengil 
ferromagnit  o’zaklarning  o’lchanayotgan  tok  o’tayotgan  g’altak  ichiga  tortilish  kuchlari  buradi, 
boshqalarida esa bu qismni tokli ikkita o’tkazich orasidagi o’zaro-ta’sir kuchlari buradi va hokazo. 


 
63 
 
 
Mexanizmning qo’zg’aluvchan qismini harakatlantiruvchi  kuchlar moment   aylantiruvchi  moment 
deb ataladi. 
Asbobning qo’zg’aluvchan qismining siljishiga elastik aks ta’sir ko’rsatilmasa, bunday asbob 
bilan o’lchash mumkin bo’lmaydi, chunki aylantiruvchi moment har qanday bo’lganda ham strelka 
shkalaning  chetida  turib  qolaveradi.  Asbobning  strelkasi  o’lchanayotgan  miqdorga  mos  burchak 
kattaligida  og’ishi  uchun  aylantiruvchi  momentga  teskari  yo’nalishli  kuchlar  momentini  qarshi 
qo’yish  lozim.  Asbobning  qo’zg’aluvchan  qismining  siljishiga  qarshilik  ko’rsatuvchi  kuchlar 
momenti aks ta’sir etuvchi moment deb ataladi. Qo’zg’aluvchan qismning og’ishi ortishi bilan aks 
ta’sir  etucvhi  moment  ham  ortishi  kerak.  Ko’pchilik  asboblarda  bunday  momentni  spiral  yoki 
lentali  prujinalarning  elastikilik  kuchlari  hosil  qiladi.  Bu  prujinalar  buralib  qisilganida  yoki 
cho’zilganda ular ko’rsatadigan aks ta’sir asbobning qo’zg’aluvchan qismining buralish burchagiga 
proporsional bo’ladi. 
Shunday  qilib,  asbob  elektr  zanjirga  qo’shilganda  uning  o’lchov  mexanizmining 
qo’zg’aluvchan qismiga ikkita moment: aylantiruvchi va aks ta’sir etuvchi moment ta’sir qiladigan 
bo’ladi.  Aylantiruvchi  moment  aks  ta’sir  etuvchi  momentdan  katta  bo’lgandagina  qo’zg’aluvchan 
qismi  siljishda davom  etadi. Buralish burchagining ortishiga mos  holda  ortib boradigan aks ta’sir 
etucvhi  moment  aylantiruvchi  momentga  tenglashib  qolganda  asbobning  qo’zg’aluvchan  qismi 
siljishdan to’xtab, muvozanat yuz beradi. Asbobning og’ishgan strelkasi o’lchanayotgan kattalikka 
muvofiq  ravishda  ma’lum  bir  vaziyat  oladi.  Asbob  elektr  zanjirdan  ajratilganda  uning 
qo’zg’aluvchan qismi buralib qisilgan prujina momenti ta’sirida dastlabki vaziyatga qaytadi. 
Asbobni zanjirga ulaganda o’lchov mexanizmining qo’zg’aluvchan qismi muvozanat vaziyat 
tomon  siljiydi.  Maxsus  choralar  ko’rilmasa,  qo’zg’aluvchan  qism  inersiya  tufayli  bu  vaziyatdan 
o’tib ketadi. So’ngra, qo’zg’aluvchan qism spiral prujinalar taa’sirida teskari tomonga siljib, yana 
muvozanat  vaziyatdan  o’tib  ketadi  va  mayatnikka  o’xshab  muvozanat  vaziyati  atrofida  so’nuvchi 
tebranma harakat  qiladigan bo’ladi.  Bu tebranma harakat  uzoq davom  etishi  va oqibatda o’lchash 
natijasini topish kechikishi mumkin. Asbobning qo’zg’aluvchan sistemasini muvozanat vaziyatiga 
tezroq keltirish uchun bu sistemaga mahsus moslama – tinchitkich qo’shib qo’yiladi. 
Tinchitkichalarning 
ikki 
xili: 
magnitoinduksion 
tinchitkichlar 
va 
havoli                                             
tinchitkichlar eng ko’p tarqalgan. 
 
4.6-rasm.  Magnitoinuksion tinchitgich. 
 


 
64 
 
 
 
4.7-rasm. Havoli tinchitgich 
 
Magnitoinduksion  tinchitkich  (4.6-rasm)  1  doimiy  magnit  qutblari  orasidagi  sektor  shaklli  2 
metall  plastinkadan  iborat.  Plastinka  o’lchov  mexanizmi  qo’zg’aluvchan  qismning  3  o’qiga 
o’tkazilgan.  Plastinka  doimiy  magnitning  magnit  maydonida  harakalantirilganada  plastinkada 
uyurma toklar paydo bo’ladi. Uyurma toklarning doimiy magnit maydoni bilan o’zaro ta’sir qilishi 
natijasida  shunday  kuchlar  paydo  bo’ladiki,  bu  kuchlar  Lens  qonuniga  binoan  plastinkaning 
siljishiga  to’sqinlik  qilib,  o’lchov  mehanizmi  qo’zg’aluvchan  qismi  tebranishlarining  so’nishini 
tezlashtiradi.  
Havoli  tinchitkich  (4.7-rasm)  ichiga  yengil  1  qanot-plastinka  joylashtirilgan  2  kameradan 
iborat. Qanotning bir cheti asbob qo’zg’aluvchan qismning 3 o’qiga mahkamlangan. Qanot kamera 
devorlariga tegmasdan harakatlanadi, tormozlovchi moment esa kamera ichida havoning qisilishi va 
kengayishi natijasida hosil bo’ladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish