10
Geraklit, Demokrit, Aflotun, Aristotellarning ta‟limotlari keyingi asrlarda
psixologik g‟oyalarni rivojlanishida
tayanch nuqta, asos bo‟ldi. Asta-sekin ruh haqidagi
tushuncha hozir biz psixika deb atayotgan darajaga nisbatan qo‟llanila boshladi.
Psixika kategoriyasi zamirida ong haqidagi tushuncha maydonga keldi. Kishi faqat
idrok va tafakkurga ega bo‟lib qolmasdan, ularni unga mansubligini e‟tirof etishga
ixtiyoriy harakatlar qilibgina qolmasdan, balki bu harakatlarni uni o‟zi qilayotganini
bilishga ham qodirdir.
XVII asr biologik va psixologik bilimlar taraqqiyotida yangi davrni ochib berdi.
Fransuz olimi Dekart (1596-1650) xulq-atvorning reflektor tabiati haqidagi ta‟limotini
yaratdi. Ingliz olimi Gobes (1588-1679), Fransuz olimi Spinoza (1632-1677) olamning
bir butunligini, tana va jon to‟g‟risidagi ta‟limotni yaratdilar. Ingliz olimi Jon Lokk
(1632-1704) empirik (tajriba) asosidagi ta‟limotni empirik psixologiyani yaratdi,
shundan keyin rus olimlari I.M.Sechenov, I.P.P avlov, I.E.Vvedenskiy, A.A.Uxtomskiy
inikos nazariyalarini yaratdilar. Refleks haqidagi tushuncha organizmning tashqi
ta‟sirga qonuniy javob reaksiyasi sifatida paydo bo‟ldi. I.M.Sechenov (1829-1905)
«Bosh miya reflekslari» (1963) asarida «ongli va ongsiz hayotning barcha harakatlari
ro‟y berish usuliga ko‟ra reflekslardan iboratdir», degan xulosaga kelgan
edi. I.M.Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan
boshqarilishi g‟oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariy qoidalari I.P.Pavlov (1849-
1939) tomonidan tajriba yo‟li bilan tasdiqlandi va aniqlashtirildi. U hayvonlarni
shuningdek, odamning tashqi muhit bilan o‟zaro harakati miya tomonidan boshqarilishi
qonuniyatlarini kashf etdi. I.P.Pavlovning ushbu qonuniyatlarga nisbatan barcha
qarashlari odatda ikki xil signal sistemasi haqidagi ta‟limot deb aytiladi.
O‟rta Osiyo xalqlari boshqa dunyoviy fanlar qatori psixologiya fani sohasida
ham boy merosga ega. Xalqimizning buyuk namoyandalari, butun dunyoda nomi
tarqalgan mutafakkirlar, olimlar va shoirlar inson ruhiy jarayonlarini talqin etishda o‟z
zamonasi uchun ilg‟or fikrlarni olg‟a surdilar. Ularning psixologiya sohasidagi fikrlari,
milliy psixologiya tarixi va hozirgi mustaqillik davri uchun g‟oyat katta ahamiyatga
egadir. IX - XI asrlarda ijod etgan mutafakkirlarimiz hayoti O‟rta Osiyo, umuman
yaqin va O‟rta Sharqda iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar kuchaygan, har xil ijtimoiy
tabaqalar o‟rtasida kurashlar avjiga chiqqan, turli-tuman g‟oyaviy oqimlar orasida
keskin
kurashlar
boshlangan
bir
davrga
to‟g‟ri
keldi.
Shu davrda ijtimoiy hayotning boshqa sohalaridagi kabi inson ruhi (psixikasi)ni talqin
qilish borasida ham turli yo‟nalishlar va oqimlar o‟rtasida keskin kurash ketar edi.
O‟rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy ijodi materialistik yo‟nalishni yanada
rivojlantirish, mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etdi. O‟rta asr psixologik
qarashlarida O‟rta Osiyolik mashhur mutafakkirlar Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniylarning psixologiya sohasidagi fikrlari muhim
ahamiyatga egadir.
Sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy (870-950-951), Abu Rayhon Beruniy
(973-1048) Abu Ali ibn Sino (980-1037), Umar Xayyom (1048-1131), Mirzo Ulug‟bek