O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/116
Sana12.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#353528
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   116
Bog'liq
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

Falsafa 
va  uning  oxirgi  paytlarda  shakllanib,  rivojlanib  borayotgan  ijtimoiy 
falsafa  qismi  bilan  bo'lgan  aloqa  bu  ikkala  fanning  inson  va  uning  hayoti  mohiyatini 
to'la  anglash,  rivojlanish  tendensiyalarini  belgilashdagi  o'rni  va  ahamiyatidan  kelib 
chiqadi.  Tabiat,  jamiyat  va  inson  tafakkurining  rivojlanishiga  oid  bo'lgan  umumiy 
qonuniyatlar va prinsiplarni psixologiya falsafa bazasidan oladiva shu bilan birga o'zi 
ham  inson  ongi  va  tafakkuri  qonuniyatlari  sohasidagi  yutuqlari  bilan  falsafani  boy 
ma'lumotlarga  ega  bo'lishiga  yordam  beradi.  Shuni  alohida  ta'kidlash  joizki, 
mustaqillik  mafkurasi  va  milliy  ongning  shakllanishiga  taalluqli  umumiy  ilmiy 
qonuniyatlarni  izlashda  ham  yurtimiz  sharoitida  bu  ikkala  fan-falsafa  va 
psixologiyaning  hamkorligi  bevosita  sezilmoqda.  Bu  bog'liqlik  avvalo  yangicha 
tafakkur  va  dunyoarashni  shakllantiri  muammosi  ko'ndalang  turgan  tarixiy  davrda 


milliy  mafkura  va  milliy  g'oyani  shakllantirish  kabit  dolzarb  vazifani  bajarishda 
xizmat qilmoqda. 
Sosiologiya   
fani  ham  yangicha  ijtimoiy  munosabatlar  sharoitida  o'z 
taraqqiyotining  muhim  bosqichiga  o'tgan  ekan,  psixologiya  ushbu  fan  erishgan 
yutuqlardan  ham  foydalanadi,  ham  ularning  ko'lami  kengayishiga  baholi  qudrat 
xizmat  qiladi.  Ayniqsa,  psixologiyadan  mustaqil  ravishda  ajralib  chiqqan,  bugungi   
taraqqiyot  davrimizda  alohida  ahamiyat  kasb  etgan  ijtimoiy  psixologiyaning 
sosiologiya bilan aloqasi uzviy bo'lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni 
ta'minlash  ishiga  xitzmat  qiladi.  Qolaversa,  huquqiy,  demokratik  davlat  qurish  ishini 
sobitqadamlik  bilan  amalga  oshirayotgan  O'zbekiston  aholisining  xuquqiy   
madaniyatini  va  demokratik  o'zgarishlarga  psixologik  jihatdan  tayyorligini  amalda 
ta'minlash,  bu  sohada  muntazam  tarzda  ijtimoiy  fikr  va  insonlar  dunyoqarashlaridagi 
o'zgarishlarni  o'z  vaqtida  o'rganish,  bashorat  qilish  va  taraqqiyot  mezonlarini  ishlab 
chiqishda ikkala  fanlar  metodologiyasi va  metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat 
kasb etadi. 
Pedagogika 
bilan  psixologiyaning  o'zaro  hamkorligi  va  aloqasi  an'anaviy 
hamla  azaliy  bo'lib,  ularning  yosh  avlod  tarbiyasini  zamon  talablari  ruhida  amalga 
oshirishdagi  roli  va  nufuzi  o'ziga  xosdir.  Respublikamizda  amalga  oshirilayotgan 
yangi  «Ta'lim  to'g'risidagi  Qonun»  hamda  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  Dasturi»ni 
amalga  oshirish  ham  ikki  fan  hamkorligi  va  o'zaro  aloqasini  har  qachongidan  ham 
dolzarb qilib qo'ydi. Milliy dasturda e'tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol 
toptirish,  uning  chuqur  bilimlar  sohibi  bo'lib  yetishishi,  barkamolligini  kafolotlovchi 
shart-sharoitlar  orasida  yangi  pedagogik  texnologiyalarini  ta'lim  va  tarbiya 
jarayonlariga  tadbiq  etishda  pedagogikaning  o'z  uslub  va  qoidalari  yetarli  bo'lmaydi. 
Shuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta'lim olish 
davrlaridagi 
rivojlanish 
tendensiyalaridan 
tortib, 
toki 
yangicha 
o'qitish 
texnologiyalarini  bola  tomonidan  o'zlashtirilishi  va  undagi  aqliy  hamda  intelektual 
qobiliyatlarga  nechog'lik  ta'sir  ko'rsatayotganligini  o'rganish  asosida  ta'lim-tarbiya 
ishini 
tashkil 
etish 
psixologiyadagi 
metodlarni 
didaktik 
metodlar 
bilan 
uyg'ynlashtirishni taqozo etadi. 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish