SHartnomalarning turlari.
SHartnomalar o‘z xususiyatlariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.SHartnoma unda ishtirok etayotgan taraflar o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarning o‘zaro taqsimlanishiga qarab bir tomonlama va ikki tomonlamaga bo‘linadi.
Bir tomonlama shartnoma ishtirok etayotgan taraflarning biriga faqat huquq bo‘lib, hech kanday majburiyat bulmaydi, ikkinchi tarafda esa, faqat majburiyat bo‘ladi. Masalan, qarz shartnomasida qarzdor olgan pul summasini o‘z vaqtida qarz beruvchiga qaytarishga majbur bulsa, qarz beruvchi qarzga bergan pul summasini talab qilish huquqiga ega. Ikki tomonlama shartnomada esa har ikki taraf ham huquqqa, ham majburiyatga ega bo‘ladilar. Bunday shartnomaga olish-sotish shartnomasini misol qilib keltirish mumkin. Bu shartnoma buyicha sotuvchi sotilgan ashyoning bahosini talab qilish huquqiga ega bo‘lib, sotilgan ashyoni oluvchiga topshirishga majbur, oluvchi esa -olayotgan ashyoning baxosini to‘lashi zarur bulib, sotib olingan ashyoni talab qilib olishga haqli.
Bir tomonlama shartnoma ishtirok etayotgan taraflarning birida faqat huquq bo‘lib, hech qanday majburiyat bo‘lmaydi, ikkinchi tarafda esa, faqat majburiyat bo‘ladi. Masalan, qarz shartnomasida qarzdor olgan pul summasini o‘z vaqtida qarz beruvchiga qaytarishga majbur bo‘lsa, qarz beruvchi qarzga bergan pul summasini talab qilish huquqiga ega. Ikki tomonlama shartnomada esa har ikki taraf ham huquqqa, ham majburiyatga ega buladilar. Bunday shartnomaga olish-sotish shartnomasini misol qilib keltirish mumkin. Bu shartnoma bo‘yicha sotuvchi sotilgan ashyoning bahosini talab qilish huquqiga ega bo‘lib, sotilgan ashyoni oluvchiga topshirishga majbur, oluvchi esa -olayotgan ashyoning bahosini to‘lashi zarur bulib, sotib olingan ashyoni talab qilib olishga haqli.
Fuqarolik oborotida tuziladigan shartnomalarning ko‘pchiligi ikki tomonlama bo‘lib, yuqorida ko‘rsatilgan olish-sotish shartnomasidan tashkari mahsulot etkazib berish, mulk ijarasi, pudrat va boshqa shartnomalardan iborat.
SHartnomalar hak baravariga va tekinga tuziladigan shartnomalarga bo‘linadi. Hak baravariga tuziladigan shartnomalarda bir taraf topshirgan mulki, qilgan xizmati evaziga pul yoki mulk bilan hak oladi. Masalan, bir taraf vaqtincha foydalanish uchun ijara haki to‘lashga majbur buladi. Bunday hak baravariga tuziladigan shartnomalarga olish-sotish, mahsulot etkazib berish, ayriboshlash, pudrat va boshka shartnomalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Agar qonun xujjatlaridan boshqacha qoida kelib chiqmasa, shartnomaning mazmuni mohiyatidan o‘zgacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma deb hisoblanadi.
Tekinga tuziladigan shartnomaga ega bir taraf boshqa bir taraf foydasiga haq olmay biron-bir mulkini topshirishi, biron ishni bajarishi mumkin. Masalan, hadya shartnomasi bo‘yicha mulk egasi o‘z mulkini boshqa bir shaxsga tekinga beradi. Mulkdan bepul foydalanish, foizsiz qarz shartnomalari xam bepul tuziladigan shartnomalar guruhiga kiradi.
3. SHartnomalar tuzilishi paytiga va mazmuniga karab konsensual va real shartnomalarga bulinadi.
Konsensual shartnomalar bo‘yicha xuquq va majburiyatlar taraflarning kelishganlari va shartnomani qonun bilan talab qilingan shaklda rasmiylashtirganlari bilan talab qilingan shaklda rasmiylashtirganlari zahoti paydo bo‘ladi. "Konsensual" so‘zi lotincha "konsensus" so‘zidan olingan bo‘lib, "kelishuv" ma’nosini bildiradi. Konsensual shartnomaga misol qilib olish-sotish, mahsulot etkazib berish, pudrat, mulkni ijaraga berish kabi shartnomalarni ko‘rsatsa bo‘ladi. Fuqarolik huquqida aksariyat shartnomalar konsensual shartnomalar guruhiga kiradi.
Real shartnomalar bo‘yicha xuquq va majburiyatlarni paydo bo‘lishi taraflar o‘zaro kelishgan, shartnomalarni rasmiylashtirgan bo‘lishidan tashqari shartnoma narsasi: ashyo yoki pulning topshirilishi talab qilinadi.
"Real" so‘zi - lotincha "res" so‘zidan olingan bo‘lib, "ashyo" ma’nosini bildiradi. Real shartnomaga misol qilib qarz, omonat, hadya, puldan bepul foydalanish shartnomalarini ko‘rsatish mumkin.
Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomalar umumiy qoida bo‘yicha shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar shartnoma tuzishda katnashgan taraflar uchun paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda shartnoma uchinchi shaxs foydasiga qaratilib ham tuzilishi mumkin. Uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan shartnomaga misol qilib sug‘urta shartnomasini ko‘rsatish mumkin. Uchinchi shartnomada aloxida taraf bo‘lib hisoblanmaydi. Biroq FKning 362-moddasida ko‘rsatilganidek, agar qonun hujjatlarda yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, uchinchi shaxs shartnoma bo‘yicha o‘z huquqidan foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar o‘zlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki o‘zgartirishlari mumkin emas.
SHartnoma tuzgan shaxs shartnomadan kelib chiqqan majburiyatning uchinchi shaxsga nisbatan bajarilishini shart qilgan bo‘lsa, bu xakda shartnomada boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, majburiyatning bajarilishini shartnomani tuzgan shaxs ham, foydasiga majburiyatning bajarilishi ko‘rsatilgan uchinchi shaxs ham talab qilishi mumkin.
Agar uchinchi shaxs o‘ziga shartnoma bo‘yicha berilgan huquqdan voz kechsa, shartnoma tuzgan shaxs, agar shartnomaning mazmuniga xilof kelmasa, bu huquqdan o‘zi foydalanishi mumkin.
SHartnomalar, shuningdek, ochiq shartnoma, qo‘shilish shartnomasi va dastlabki shartnoma (ahdnoma) kabi turlarga ham bo‘linadi.
Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning badiiy tashkilot o‘z faoliyati xususiyatiga ko‘ra o‘ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo‘lgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yo‘lovchi tashish, aloqa xizmati, elektr quvvati bilan ta’minlash, aloqa xizmati energiya bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va boshqalarni) belgilab qo‘yadigan shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal ko‘rishga haqli emas (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari).
Tovarlar, ishlar, xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning boshqa shartlari hamma iste’molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi. Tashkilotning iste’molchiga tegishli tovarlarni berishi, xizmatlar ko‘rsatishi, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo‘la turib ommaviy shartnoma tuzishdan bosh tortishga yo‘l qo‘ymaydi. Tashkilot ommaviy shartnoma tuzishdan asossiz bosh tortganida xaridor (mijoz) uni sud orkali shartnoma tuzishga majbur qilish imkoniyatiga ega (FKning 358-moddasi).
SHartnomalarni taraflardan biri formulyarlar yoki boshka standart shakllarda ta’riflagan hamda ikkinchi taraf faqat taklif qilingan shartnomaga butunlay qo‘shilishi yo‘li bilan qabul qilishi mumkin bo‘lgan shartnoma qo‘shilish shartnomasi deyiladi. bunday shartnomaga misol qilib havo va temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashish shartnomalarini ko‘rsatish mumkin. Odatda, bunday shartnomalar mazmuni hamma uchun deyarli bir xil bo‘lib, oldindan belgilab qo‘yiladi va binobarin, mijoz uning shartlarini boshqacha tuzishni taklif etish imkoniyatiga ega emas. Biroq qo‘shilish shartnomasi mijozning o‘z ixtiyori, erki va irodasi bilan shartnomaga qo‘shilishini bildiradi. Bunday shartnomalarni aslo bir tomonlama bitim deb hisoblash mumkin emas.Ko‘shilish shartnomasini bekor qilish yoki shartnomalarni o‘zgartirish asoslari FKning 360-moddasida nazarda tutilgan.
Dastlabki shartnoma bo‘yicha taraflar kelgusida mol-mulk berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish haqida dastlabki shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida shartnoma tuzish (asosiy shartnoma) majburiyatlarini oladilar.
Dastlabki shartnoma asosiy shartnoma uchun belgilangan shaklda, bordi-yu, asosiy shartnomaning shakli aniklanmagan bo‘lsa, yozma shaklda tuziladi. Dastlabki shartnomaning shakli to‘g‘risidagi qoidalariga rioya qilmaslik uning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi. Dastlabki shartnomada asosiy shartnomaning narsasini, shuningdek boshqa muhim shartlarini belgilash qo‘yish imkonini beradigan shartlar bo‘lishi kerak. Dastlabki shartnomada taraflar qancha muddatda asosiy shartnomani tuzish majburiyatini olishi ko‘rsatiladi. Agar dastlabki shartnomada bunday muddat belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, asosiy shartnoma dastlabki shartnoma tuzilgan paytdan boshlab bir yil ichida tuzilishi shart (FKning 361-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |