O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti kafedra: Farmatsevtika ishini tashkil qilish fan



Download 427,99 Kb.
bet1/2
Sana03.01.2022
Hajmi427,99 Kb.
#314574
  1   2
Bog'liq
FITQ MT



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

KAFEDRA: Farmatsevtika ishini tashkil qilish

FAN: Farmatsevtika ishini tashkil qilish

MUSTAQIL ISH

MAVZU: Dorixona farmatsevtik tashkilotlar faoliyatida tashkiliy xujjatlarning o‘rni



BAJARDI: Karimova Surayyo

401-B guruh kasb ta’lim



TEKSHIRDI: Sharafutdinova D.


Toshkent-2020

Mavzu: Dorixona farmatsevtik tashkilotlar faoliyatida tashkiliy xujjatlarning o‘rni

Reja:

1. Dorixona tashkilotlari faoliyatini shakllantirishda tashkiliy xujjatlarning ahamiyati.

2. Tashkiliy xujjatlarning turlari.

3. Dorixona ustavi.

4. Nizomlar, ularning tarkibiy qismlari.

5. Yo‘riqnomalar, ularning toifalanishi.

6. Lavozim yo‘riqnomalari, ularning tarkibiy qismlari.

Dorixona tashkilotlari faoliyatini shakllantirishda tashkiliy hujjatlarning ahamiyati, tashkiliy hujjatlarning turlari, dorixona ustavi, nizomlar, ularning tarkibiy qismlari, yo‘riqnomalar, ularning toifalanishi, lavozim yo‘riqnomalari, ularning tarkibiy qismlari to‘g‘risida mukammal bilimlarni berish.

Mavzuning ahamiyati: ma’lumki, har qanday tashkilot tashkil etilar ekan, birlamchi hujjatlar tayyorlash talab etiladi. Dorixona tashkilotlari faoliyatida tashkiliy hujjatlarning ahamiyati nihoyatda katta bo‘lib, dorixona faoliyatini huquqiy jihatdan asoslashda, yuridik maqomini belgilashda, xodimlar faoliyatini hujjatlashtirishda keng foydalaniladi.

Tashkiliy xujjatlar - tashkilotning huquqiy maqomini, faoliyatini belgilaydi.

Bu xujjatlar quyidagi masalalarni mazmunan aks ettiradi:

tashkilotlarning tarkibiy tuzilmalari va xodimlari to‘g‘risidagi,

boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarining xuquqiy tomonlari

Tashkiliy xujjatlar

tashkilot ustavi,

ctasahlar,

yo‘riqnomalar,

shartnomalar,

qoidalar.

Ustav – tashkilotlar faoliyatini, ularning boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarini, faoliyat sohasidagi huquqlari va majburiyatlarini tartibga soluvchi qoidalar to‘plami

Ustav – murakkab hujjat bo‘lib, uning tuzilmasi va mazmuni uni tuzuvchilari tomonidan belgilanadi

Ustav – murakkab hujjat bo‘lib, uning tuzilmasi va mazmuni uni tuzuvchilari tomonidan belgilanadi

Yo‘riqnoma – tashkilot, uning bo‘linmalari va mansabdor shaxslar faoliyatining tashkiliy, ishlab chiqarish va maxsus jihatlarini tartibga soluvchi, qonunlar yoki boshqa me’yoriy hujjatlarni izohlagan holda tuzilgan huquqiy hujjat.

Yo‘riqnomaning maqsadi biron-bir faoliyat doirasida tartib-qoida o‘rnatish

Yo‘riqnoma davlat boshqaruv organlari yoki tashkilot rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi

Namunaviy yo‘riqnomalar - biron-bir jarayonni bajarish tartibini belgilab beruvchi yo‘riqnomalar. (Dorixonada sanitariya tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma);

Lavozim yo‘riqnomalari, ular mansabdor shaxslarning vazifalari, huquqlari, majburiyatlarini ko‘rsatib beradi.

Lavozim yo‘riqnomasi – uzoq vaqt yoki doimiy amal qilish muddatiga ega bo‘lgan tashkiliy-farmoyish hujjati.

Lavozim yo‘riqnomalari bir necha qismdan tarkib topadi.

“Umumiy qoidalar” qismi faoliyat sohasini, malaka talablarini, bo‘ysuniishi, lavozimga tayinlanishi va undan bo‘shatilishini belgilab beradi.

SHartnoma deb, ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini belgilash, uzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan o‘zaro kelishuvlariga aytiladi.

SHartnoma atamasi uch ma’noda: yuridik fakt; biron-bir yuridik faktga asoslangan, moddiy yoki nomoddiy manfaatlar tug‘risidagi huquqiy munosabat; shaxslar (fuqarolar va tashkilotlar) nima to‘g‘risida o‘zaro kelishsalar, shuni aks ettiruvchi, ifodalovchi xujjat ma’nosida ishlatiladi. Bu erda u o‘zining birinchi ma’nosi - yuridik fakt sifatida ko‘riladi va o‘rganiladi.

Bunda yuridik faktlar mazmuni jixatidan ikki asosiy toifaga: yuridik xodisalar va harakatlariga bo‘lingan edi. YUridik harakatlar o‘z navbatida huquq yo‘l qo‘ygan va huquq yo‘l qo‘ymagan harakatlarga bo‘linib huquq yo‘l qo‘ygan harakatlar sifatida bir tomonlama va ikki tomonlama bitimlar (shartnomalar) ko‘rsatilgan edi. Ikki tomonlama bitimlarning hammasi (olish-sotish, ijara, qarz va boshkalar) shartnoma xisoblanadi. Bir tomonlama bitim, masalan, vasiyatnoma shartnoma bo‘la olmaydi. Binobarin, har qanday shartnomani bitim deyilsa ham, ammo xar qanday bitimni shartnoma deb atab bo‘lmaydi. Demak, shartnoma bitimning bir ko‘rinishi hisoblanar ekan, unga nisbatan bitimga oid barcha qonunlar, jumladan, FKning 9-bobidagi qoidalar tadbiq etiladi. SHu bilan birga shartnoma o‘ziga taaluqli bo‘lgan boshka maxsus me’yorlar bilan, masalan, kapital qurilishga oid pudrat shartnomasi bu tug‘ridagi maxsus qoidalar bilan ham tartibga solinadi.

SHartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarga, agar qonunlarda boshqacha xol nazarda tutilmagan bulsa,FKda belgilangan majburiyatlar haqidagi umumiy qoidalar (FKning 234-252-moddasi) qo‘llaniladi.

Ikkitadan ortiq taraflar tuzadigan shartnomalarga bunday shartnomalarning ko‘p taraflamalik xususiyatiga zid bo‘lmasa, shartnoma tug‘risidagi umumiy qoidalar qo‘llaniladi.

SHartnoma huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bulib xizmat kiladi. Ammo shartnomaning harakati bu bilan cheklanmaydi. Agar boshqa yuridik faktlar umumiy qoida bo‘yicha huquqiy munosabatni vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish bilan tugallansa, shartnoma maxsus yuridik faktlardan fark qilib, huquqiy munosabatni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishdan tashqari yana huquq me’yorlari bilan belgilangan doiralarda huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning xatti-harakatlarini tartibga soladi, huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va burchlarini belgilaydi.

SHartnoma bilan vujudga keltirilgan huquqiy munosabat davomida shartnoma turlarining xatti-harakatlari qanchalik qonunga muvofiq bo‘lgan-bo‘lmaganligini xam tekshirish imkoniyatini beradi.

SHartnoma tushunchasida asosiy belgi, asosiy shart - taraflarning muayyan natijaga erishishiga qaratilgan o‘zaro kelishuvlardir. Taraflarning har qaysisi tomonidan shartnoma bo‘yicha olinadigan huquq va burchlar har xil bo‘lsa ham, ular oqibatda yagona huquqiy natija beradi, masalan, biron-bir narsaga nisbatan egalik huquqi o‘tkaziladi yoki biron-bir ashyodan foydalanish huquqi olinadi va x.k.

Taraflarning kelishuvlari natijasida erishiladigan bevosita aniq natijani mazkur shartnoma tuzishda taraflarning o‘z oldilariga qo‘yilgan asosiy maqsaddan ajratish mumkin. Masalan, metallurgiya zavodi mashinasozlik zavodi bilan muayyan miqdordagi va shart qilingan nav va markali po‘latni etkazib berish tug‘risida shartnoma tuzadi. Bu erda taraflar o‘zaro kelishuvlarining bevosita natijasi metallurgiya zavodi tomonidan mashinasozlik zavodiga shartnoma bilan belgilangan muddatlarda va muayyan shartlarga binoan ma’lum miqdorda po‘lat etkazib berish hisoblanadi. SHartnomaning maqsadi esa har ikki taraf uchun umumiy bulib, taraflarning har qaysisi shartnomaning barcha ko‘rsatkichlarini bajarishdan iborat bo‘ladi. Binobarin, har ikki taraf ham shartnomani lozim darajada bajarishni o‘zlarining burchlari deb biladilar.

Fuqarolik huquqiy shartnoma, asosan, mulkiy munosabatlarni rasmiylashtirish uchun tuziladi. Ba’zi hollarda shartnoma mulkiy huquqlar va majburiyatlarni xam rasmiylashtiradi. Bu adabiyot, fan va san’at asarlarini yaratish soxasidagi ijodiy faoliyat bilan bog‘lik bo‘lgan shartnomalar, chunonchi, nashriyot shartnomasi, saxna asari, kinossenariyalar va boshka shartnomalar uchun xarakterlidir.

Bunday shartnomalar taraflarning mulkiy huquqlari va burchlarinigina, chunonchi, mualliflik haki tug‘risidagi shartlarni, muddatlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmay, balki mulkiy huquqlarni xam, masalan, muallif uz asarining nomini ko‘rsatib yoki anonim tarzda chiqarishi, asari matniga o‘zgartirish kiritishga ruxsat berish-bermaslik singari nomulkiy huquqlarni ham belgilaydi.


Download 427,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish