munosabati bilan faoliyatning, ishga «tortish» jarayonining ilk bosqichlarini puxta
tashkil etish shart. Ixtiyoriydan so‟nggi diqqatga xos bo‟lgan qiziqish shaxsning
faolligiga bog‟liqdir. Bunday faollikning shakllanishi esa faoliyatda ijodkorlik
alomatlarining gavdalanganligiga borliq bo‟ladi.
Diqqatning
fiziologik
mexanizmlarini
tushunib
yetishda
dominanta
(nasldan-naslga o‟tuvchi asosiy belgi) prinsipi alohida ahamiyatga egadir.
A.A.Uxtomskiyning fikriga ko‟ra, miyada hamisha qo‟zg‟alishning ustun hukmronlik
qiluvchi markazi mavjud bo‟ladi. A.A.Uxtomskiy dominantani «yuksak darajadagi
qo‟zg‟alish markazlari» konstellyasiyasi deb ta‟riflaydi. Dominantaning hukmronlik
qiluvchi sifatidagi xususiyati shundan iboratki, u qo‟zg‟alishning yangi hosil
bo‟ladigan markazlarini faqat tiyib qo‟ya qolmaydi, balki sust qo‟zg‟alishlarni o‟ziga
jalb etishga va shu tufayli ularning hisobga yanada kuchayishiga, ular ustidan yanada
ko‟proq darajada ustunlik qilishga ham qodirdir. Dominanta qo‟zg‟alishning
barqaror markazi hisoblanadi. A.A.Uxtomskiy: ««Dominanta» degan nom zamirida
yuksak darajadagi qo‟zg‟alishning ko‟proq yo ozroq barqaror markazi tushuniladi»,
deb yozgan edi. A.A.Uxtomskiyning dominanta to‟g‟risidagi tasavvurlari uzoq vaqt
davomida diqqatning harakatlantiruvchi mexanizmini tushunish imkonini beradi.
Yuksak darajadagi qo‟zg‟alish markazlarida miyaning faoliyati uchun
yaratiladigan eng qulay shart-sharoitlar, shubhasiz, diqqatning yo‟naltirilgan tarzda
jamlanganligi holatida barcha bilish jarayonlarining yuksak samarali bo‟lishini
belgilab beradi.
Diqqat turlicha sifat ko‟rinishlari bilan ta‟riflanadi. Diqqatning bu
ko‟rinishlarini diqqatning sifati yoki xususiyatlari deb ataladi.
1.
Diqqatning barqarorligi. Ma‟lum ob‟yekt ustida diqqatni uzoq muddat
to‟plab tura olish xususiyati.
2.
Diqqatning beqarorligi barqarorlikning aksi. Masalan, boshlang‟ich sinf
o‟quvchilari.
3.
Diqqatning ko’chishi. Diqqat ko‟chuvchanlik xususiyatiga ega. Kishining
bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga o‟tishini ko‟chuvchanlik xususiyati ta‟minlaydi.
Masalan, birinchi dars matematika, ikkinchi dars adabiyot.
4.
Diqqatning taqsimlanishi. Kishi bir vaqtning o‟zida bir nechta faoliyat
bilan shug‟ullanishi mumkin. Bunga diqqatning taqsimlash xususiyati imkon yaratadi.
Masalan, qishloq ayoli urchuq yigirib o‟tirib, televizor ko‟rishi, suhbatlashishi.
5.
Diqqatning bo’linishi. Kishi konkret faoliyat bilan shug‟ullanayotganda
ob‟yektiv va sub‟yektiv ta‟sirlar tufayli diqqatning bo‟linishi sodir bo‟ladi. Masalan,
dars jarayonida eshikning taqillashi.
Diqqati bilan ham odamlar bir-biridan farq qiladi. Masalan, diqqati tor yoki
keng ko‟lamli, barqaror yoki beqaror va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: