-Peroral;
-Transdermla;
-Teri osti;
-Implantatsion;
-Ingalyatsion;
-Regional.
3. Dozalovchi ingalyatorlar.
-Ingalyatsion
4. Texnik qurilmalar
-Peroral;
-Teri osti;
-Implantatsion.
Hozirgi kunda qayd etilayotgan yangi dori vositalari orasida 75% ini yangi dori
turlari, qurilma va yo`naltiruvchi tizimlar tashkil etadi va ular soni ko`paymoqda, uni
AQSh bozori misolida ko`rish mumkin.
AQSh bozorida dori vositalarini yo`naltirish tizimlari va dori turlari
Jadval 1.2
39
Yo`naltirish
tizimlari va
qurilmalar
2001 yil
2002 yil
2003 yil
2008 yil
Ortacha
ko`payishi,
%
DMni sekin
ajratib
chiqaruvchi
DT (peroral,
inyeksion)
17710,2
19482,8
21475,6
34102,6
9,7
Implantatsion
va bachadon
ichiga
mo`ljallangan
DT
1000,0
1185,0
1387,2
2485,4
12.4
Transdermal
DTlar
2010,3
2311,9
2648,1
4485,4
11,3
Yo`naltirishi
mo`ljallangan
tizimlar
6271,3
7309,2
8317,7
15471,9
13,2
Transmukozal
7358,8
8409,9
9714,8
17713,6
12,8
Boshqalar
107,8
119,5
131,0
211.1
10,0
Jami
34458,4
38818,3
43674,4
74470,0
11,3
DVni yo`naltiruvchi eng ideal holatdagi tizim – bu inert, biomos, turg`un, tez
ishlatiladigan bemorlarga qulay, zararsiz, ishlatishda va ishlab chiqarilishida oddiy,
sterillanishi mumkin bo`lishi kerak.
DMni ajralib chiqishi modifikatsiyalangan DT tasnifiga har xil yondoshilishi ma‘lum:
yaratish texnologiyasi bo`yicha, ajralish kinetikasi va ajralib chiqish mexanizmi
bo`yicha, tashuvchilar ta‘rifi bo`yicha va terapevtik samarasi bo`yicha.
DMni ajralib chiqishi i modifikatsiyalangan dori turlarini yaratish texnologiyasi
bo`yicha 3 xil turi mavjud:
1.monolitli(matriksli) tizimlar;
2.rezervuarli(membranali) tizimlar;
40
3.nasosli(osmotic)tizimlar.
Monolit tizimlar asosini matriks tashkil etadi. Matriks eruvchan, erimaydigan, lekin
bo`kuvchan biodegedratatsiyali yoki bioeroziya hosil qiluvchi fizik-kimyoviy xossalari
bilan tariflanadi.
Matriks sifatida har xil polimer materiallar, kompleksonlar ishlatiladi. Matriks
fizik kimyoviy xossalari bo`yicha gidrofil va gidrofob yoki amfifil, neytral yoki
polielektrolit bo`ladi.
Strukturasi bo`yicha matrikslar makrog‘ovak, mikrog‘ovak va g‘ovaksizlarga
bo`linadi. Birinchi ikki holatda DM g‘ovaklar orqali ajralib chiqadi: makroporali
matriksda g`ovakni kattaligi 0,1-1,0 mkm, demak, molekuladan katta; mikroporali
matriksda esa , g‘ovakni kattaligin5,0-20,0 nm. G`ovaksiz matriksda DM moddaning
strukturali to`ridan ajralib chiqadi.
Gidrofil matriks suvni shimib oladi, bo`kadi va ular gidrofil DMni ajralib chiqishiga
ishlatiladi. (Masalan:dekstran, kollagen, sellyuloza hosilalari, alginatlar).
Gidrofob matriks suvda erimaydi ular lipofil DMlar uchun ishlatiladi. Ular:
parafinlar, mumlar, PE,PP, silicon, rezina yoki poliuretanlar(ular suvni kam shimadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |