va elastikligini ta‟minlashi kerak.
Qobiqlovchi moddalarni quyidagi asosiy guruhlarga bo‗lish mumkin:
suvda eriydigan birikmalar - jelatin, kraxmal, PVP, KMS, polivinil spirti va
boshqalar;
suvda erimaydigan birikmalar - kauchuk, ES, ATS, PE, PP, poliamid, sellyuloza
nitrati, silikonlar;
mum va lipidlar - parafin, spermatset, asalari mumi, stearin va palmitin
kislotalari, setil va lauril spirtlari;
ichakda eriydigan birikmalar - shellak, zein, atsetoftalat, atsetobutirat,
atsetosuksinat sellyulozalar.
Dori zarrachalari qobiqlangan vositalarda dori moddaning ajralib chiqish tezligi
qobiqlovchi material xossalariga bog‗liq: qalinligi, g‗ovakligi va boshqalar. Bu
xossalarni me‘yorlash bilan, dori moddani ajralib chiqish tezligini boshqarish mumkin
bo‗lgan dori vositalarni yaratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |