O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
Toshkent farmatsevtika instituti
Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi
Axborot texnologiyalari va jarayonlarini matematik modellashtirish fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Axborot tеxnologiyalarining texnik va dasturiy ta'minoti.
Bajardi:
Tekshirdi:
Toshkent - 2020
Reja
Ахborot tushunchasi.
Axborot texnologiyalari.
Kompyuterning asosiy qurilmalari.
Axborot xavfsizligini ta’minlash.
1.Axborot bu informatika sohasining asosiy resursi. Axborot - olamdagi butun borliq, undagi ro‘y beradigan xodisalar va jarayonlar xaqidagi xabar va ma’lumotlardir. Axborotlarni uzatish turli xil usullarda, ya’ni xabarchi yordamida, pochta orqali, transport vositalari yordamida, aloqa tarmog‘idan uzoq masofaga uzatish yordamida amalga oshiriladi. Aloqa tarmog‘i bo‘yicha uzoq masofaga uzatish usulida ma’lumotlarni uzatish vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi. Axborotni ma’lum maqsadda ishlash jarayonlari hayot kabi juda qadimdan mavjuddir. Hech qanday tirik mavjudot o`zining genetik kodini saqlamasdan, tashqaridan axborot olmasdan va uni ishlamasdan mavjud bo`la olmaydi va rivojlana olmaydi. Axborotni ifodalash va saqlash zarurati nutq, yozuv va tasviriy san’atning paydo bo`lishiga olib kelgan. Axborot bu – aniq va amalda ishlatiladigan xabardir. O`z navbatida, xabar – axborotni tasvirlash shakli bo`lib, u nutq, matn, tasvir, grafik, jadval, videotasvir, tovush va hokazo ko`rinishlarda ifodalanadi. Ko’p hollarda axborot o’rnida berilganlar degan ancha farq qiluvchi jumla ishlatiladi. Berilganlar xabarlar, kuzatishlar natijalarini o’z ichiga oladi. Biror zaruriyat bo’yicha imkoniyat tug’ilganda, masalan, narsa to`g`risidagi bilimini oshirish paytida u axborotga aylanadi. Axborotning amalda qo`llanilishining zarur sharti uning o`z vaqtidaliligi va adekvatliligidir. Adekvatlik – bu olingan axborot asosida qurilgan obrazning haqiqiy ob’ektga qanchalik mosligini beradi. Adekvatlik 3ta formada ifodalanadi. Bular sintatik adekvatlilik, semantik adekvatlilik, prigmatik adekvatlilik. 1.Sintatik adekvatlilik – bu axborotni uzatish tezligi, aniqliligi, kodlashtirish tizimi, tashqi ta’sirlarning mavjudligi va shu kabi jarayonlardan iborat. 2. Semantik adekvatlilik – uzatiladigan axborotning ma’naviy tarkibi, ob’ekt obraziga va real ko`rinishiga mos kelishliligi hisobga olinadi. 3. Prigmatik adekvatlilik – olingan axborotning asosiy boshqariladigan jarayon bilan mos kelishini belgilaydi. Bir xil axborotni signallarning turli ketma – ketligi bilan berish mumkin.Masalan:
bitta jumlaning o`zini qog`ozga yozish, talaffuz qilish, Morze alifbosi yordamida uzatish mumkin. Axborotni ma’lumot sifatida yozish va mazmunini aynan saqlab qolgan holda axborotni boshqa shaklga o`tkazish kodlash deb ataladi. EHMda axborotni signallarning ketma – ketligi yordamida kodlashning ikki usulidan foydalaniladi: magnitlangan yoki magnitlanmagan, ulangan yoki ulanmagan, yuqori yoki past kuchlanish va boshqalar. EHM larda har bir simvolga bayt (inglizcha byte) deb ataluvchi 8 ta nol va birlardan tashkil topgan ketma – ketlik mos keladi. 0 va 1 lardan tuzilgan ma‟lumotlar uchun undagi bitlar sonini sanab, sonli o`lchov kiritish, axborot hajmini baholash mumkin. 8 bit 1 baytga tengdir. Ikkilik ma’lumotlarda axborot miqdorini o`lchash uchun bit va baytlar bilan bir qatorda ulardan kattaroq birliklar ham qo`llaniladi. Ular quyidagilar: 1 Kbit (bir kilobit) = 210 =1024 bit ( 1 ming bit); 1 Mbit (bir megabit) = 210 Kbit =220 =1048576 bit ( 1 mln. bit); 1 Gbit (bir gigabit) =
210Mbit=220Kbit=230 bit ( 1 milliard bit); 1 Kbayt (bir kilobayt) = 210
=1024 bayt ( 1 ming bayt); 1 Mbayt (bir megabayt) = 210 Kbayt =220
=1048576 bayt ( 1 mln. bayt); 1 Gbayt (bir gigabayt) =
210Mbayt=220Kbayt=230 bayt ( 1 milliard bayt). Bitlar va baytlar xotira
“sig`imi” va ikkilik ma’lumotlarni uzatish tezligini o`lchash uchun ham qo`llaniladi. Uzatish tezligi bir sekunda uzatiladigan bitlar miqdori bilan o`lchanadi.
2. Axborot texnoligiyalarining takomillashishi jamiyatni
axborotlashtirishda muhim omil hisoblanadi. “Axborot texnologiyalari” iborasidagi “texnologiya” so`zi lotincha “thexnos” – san’at, hunar, soha va “logos” – fan degan ma’noni bildiradi. Axborot texnologiyalari axborotni yig`ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir. Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo`lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin: 1.Ichki omillar – bu axborotlarning yaratilishi, turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va hokazo. 2. Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o`zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o`z ichiga oladi: kompyuter, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimediya proektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti.
4. Axborot xavfsizligini ta’minlash.Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga quyilgan me’yor va talablarni bajarishidir. Axborot xavfsizligi esa bu axborot foydalanuvchilariga va ko‘plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni va axborot kommunikatsiya tizim ob’ektlarining himoyalanganligidir. Kompyuter virusi. Kompyuter virusi – bu o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi, kompyuter tarmoqlari va axborot tashuvchilari orqali erkin tarqaluvchi, hamda kompyuter va unda saqlanayotgan axborot va dasturlarga zarar etkazuvchi dastur kodi yoki komandalar ketma-ketligi hisoblanadi. Kompyuter viruslari quyidagi xossalarga ega: o‘zidan nusxa ko‘chirish, axborotdan ruxsatsiz foydalanishni amalga oshirish. U o‘zining nusxalarini kompyuterlarda yoki kompyuter tarmoqlarida qayta ko‘paytirib va tarqatib, hamda qonuniy foydalanuvchilar uchun nomaqbul harakatlarni bajaradi. Virus, aksariyat hollarda nosozlik va buzilishlarga sabab bo‘ladi va biror hodisa yuz berishi bilan, masalan, aniq kunning kelishi bilan ishga tushirilishi mumkin.
Viruslarning turlari va vazifalari. Viruslarni quyidagi asosiy alomatlari bo‘yicha turkumlash mumkin:
Yashash makoni;
Operatsion tizim;
Ishlash algoritmi xususiyati.
Kompyuter viruslarini yashash makoni, boshqacha aytganda viruslar kiritiluvchi kompyuter tizimi ob’ektlarining xili bo‘yicha turkumlash asosiy va keng tarqalgan turkumlash hisoblanadi.
Fayl viruslar turli usullar bilan bajariluvchi fayllarga kiritiladi
(eng ko‘p tarqalgan viruslar xili), yoki fayl yo‘ldoshlar (kompanьon viruslar) yaratadi yoki faylli sistemalarni (linkviruslar) tashkil etish xususiyatidan foydalanadi.
YUklama viruslar o‘zini diskning yuklama sektoriga (boot - sektoriga) yoki vinchesterning tizimli yuklovchisi (Master Boot Record) bo‘lgan sektorga yozadi. YUklama viruslar tizim yuklanishida boshqarishni oluvchi dastur kodi vazifasini bajaradi.
Makroviruslar axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlarning makrodasturlarini va fayllarini, xususan MicroSoft Word, MicroSoft Excel va h. kabi ommaviy muharrirlarning faylxujjatlarini va elektron jadvallarini zaharlaydi. Viruslarga qarshi kurashish usullari. Hozirgi kunda kompyuter viruslarini aniqlash va ulardan himoyalanish uchun maxsus dasturlarning bir necha xillari ishlab chiqilgan bo‘lib bu dasturlar kompyuter viruslarini aniqlash va yo‘qotishga imkon beradi. Bunday dasturlar virusga qarshi dasturlar yoki antiviruslar deb yuritiladi. Antivirus dasturlariga AVP, Doctorweb, Nod32 dasturlarini kiritish mumkin. Umuman barcha virusga qarshi dasturlar zaharlangan dasturlar va yuklama sektorlarning avtomatik tarzda tiklanishini ta’minlaydi.
Viruslarga qarshi kurashishning asosan quyidagi usullari mavjud: • Muntazam profilaktika ishlarini, ya’ni virusga tekshiruv ishlarini olib boorish;
Taniqli virusni zararsizlantirish;
Taniqli bo’lmagan virusni zararsizlantirish.
xborot hujumlari odatda 3 ga bo‘linadi:
Ob’ekt haqida ma’lumotlar yig‘ish (razvedkalash) hujumi.
Ob’ektdan foydalanishga ruxsat olish hujumi.
Xizmat ko‘rsatishdan voz kechish xujumi.
Axborot xujumlaridan saqlanishda birinchi navbatda axborot kommunikatsiya tizimi ob’ektlariga qilinayotgan hujumlarni topib olishda qo‘llaniladigan mexanizm va vositalarni qo‘llash kerak. Bularga tarmoqlararo ekran (FIREWALL) va xujumlarni aniqlash (IDS) vositalarini misol tariqasida keltirish mumkin.
Xulosa
Biz bu amaliy ishda aхborot tushunchasini ,axborot texnologiyalarini, kompyuterning asosiy qurilmalarini, axborot xavfsizligini ta’minlash choralarini o’rgandik.
Do'stlaringiz bilan baham: |