O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu


ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklashdan iborat



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/95
Sana27.09.2021
Hajmi1,29 Mb.
#186929
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   95
Bog'liq
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklashdan iborat 
bo'lgan  aqliy  faoliyat  xotira  deyiladi.Xotira  bir  necha  ruhiy  jarayonni  o'z  ichiga 
oladi: 

  Esda olib qolish; 

  Esga tushirish; 

  Esda saqlash va unitish. 
Bu  jarayonlarning  har  biri  alohida  mustaqil  psixik  xususiyat  hisoblanmaydi.  Ular 
faoliyat  davomida  shakllanadi  va  o'sha  faoliyat  bilan  belgilanadi.  Muayyan  bir 
materialni  esda  olib  qolishhayot  faoliyati  jarayonida  individual  tajriba  orttirilishiga 
bog'liqdir. Esda olib qolingan narsani keyinchalik bo'ladigan faoliyatda qo'llash uchun 
uni esga tushirishtaqozo etiladi. Muayyan bir materialning faoliyat doirasidan chiqib 
qolishi  esa  uning  unitilishigaolib  keladi.  Materialni  esda  saqlash  uning  shaxs 
faoliyatidagi  ishtirokiga  bog'liq  bo'ladi.  Chunki  har  bir  muayyan  paytda  kishining 
xulq-atvori uning butun hayotiy tajribasi bilan belgilanadi. 
 
Xotira shaxs psixik hayotining eng muhim, belgilovchi xususiyati hisoblanadi. 
Xotiraning  roli  «o'tmishda  yuz  bergan»  narsani  aks  ettirish  bilangina  cheklanib 


qolishi mumkin emas. 
Xotira  barcha  psixik  jarayonlarning  eng  muhim  xarakteristikasi  bo'lish  bilan 
birga inson shaxsining birligi va yaxlitligini ta'minlaydi. 
Xotira  faoliyati  esda  olib  qolishdan  boshlanadi.  Biz  hamisha  biror  narsa  yoki 
xodisani  idrok qilamiz, biror  narsa yoki  hodisani esda olib  qolamiz. Esda olib qolish 
jarayoni  eng  avval  miya  po'stida  idrok  qilinayotgan  narsalar-buyum,  surat,  so'z,  fikr 
va  hokazolarning  «izlari»  hosil  bo'lishidan  va  ayni  vaqtda  esda  olib  qolinadigan 
material  bilan  kishida  mavjud  bilim  va  tajriba  o'rtasida,  esda  qoladigan  materialning 
ayrim qismlari yoki elementlari o'rtasida bog'lanish vujudga kelishidan iboratdir. 
Esda olib qolishning ikki turi mavjud: assosiativ va mantiqan esda qoldirish. 
Bir  vaqtda  va  bir  joyda  birin-ketin  idrok  qilingan  ikki  yoki  bir  qancha  narsa  va 
hodisalarning  obrazlari  o'rtasida  miyada  hosil  bo'ladigan  bog'lanish  assosiativ 
bog'lanish  yoki  assosiasiya  deyiladi.  Masalan,  birorta  ashulani  eshitib  turib,  ayni 
zamonda  shu  ashulani  aytayotgan  odamning  o'zini  ham  ko'rsak,  shu  ashulani  idrok 
qilish  o'rtasida  yondosh  assosiasiya  hosil  bo'ladi.  Assosiasiyaning  yondoshlik 
assosiasiyasidan tashqari o'xshashlik, qarama-qarshilik turlari ham mavjud. 
Ma'nosiga  tushunib  yoki  mantiqan  esda  olib  qolish  jarayonida  asosiy  o'rinda 
fikrlash  jarayonlari  turadi.  Esda  qoldirilayotgan  materialning  ayrim  qismlari  va 
elementlari  o'rtasidagi  ma'no  va  mantiqiy  bog'lanishlarni  fikr  yuritish  yo'li  bilan 
ochiladi.  Ma'no  bog'lanishlarni  ochish  birorta  narsaning  obrazini  oddiy  esda  olib 
qolish  emas,  balki  narsa  va  xodisalarga  xos  bo'lgan  eng  muhim  va  zaruriy 
bog'lanishlarni  ochish  demakdir,  bir  guruh  doirasiga  kirgan  narsa  va  hodisalarning 
umumiy  va  muhim  belgilari,  ular  o'rtasidagi  sabab  va  natija  bog'lanishlarini  aniqlash 
demakdir. 
O'tmishda  idrok  qilingan  narsalarning  hisqtuyg'u,  fikr  va  ish  harakatlarning 
ongimizga  qaytadan  tiklanishi  esga  tushirish  deyiladi.  Esga  tushirishning 
nerv-fiziologik  asosi  bosh  miya  po'stida  ilgari  hosil  bo'lgan  nerv  bog'lanishlarning 
qo'zg'alishidir. 
Idrok  qilingan  narsalar  miyamizda  o'rnashib  qolishi,  esimizda  turishi  tufayli, 
ular  turli  usulda  esimizga  tushishi  mumkin.  Esda  saqlash  deyilganda  ilgari  tug'ilgan 
taasurot,  fikr,  his-tuyg'u  va  ish  harakatlarning  jonlanib,  takrorlanib  turishga  moyillik 
paydo  qilishi  va  mustahkamlanishini  tushunamiz.  Ana  shunday  moyillikning  hosil 
bo'lishi va mustahkamlanib qolishi nerv sistemasining plastiklik deb ataluvchi alohida 
xususiyatga ega bo'lishi bilan bog'liq. Shuning uchun ham nerv sistemasi ilgari bo'lib 
o'tgan  tassurotlarni  takrorlashga  tayyor  turadi.  Unutish-ilgarilari  esga  olib  qolingan 
narsalarning  ongimizdan  tamomila  yo'qolishi,  ya'ni  uni  esda  tutishga  batamom 
qarama-qarshi  jarayon  deb  tushunamiz.  Bu  xato  fikrdir.  Esdan  chiqarish  xotirani 
ko'pgina  keraksiz  detallardan  holi  qilish  va  eslab  qolinganini  umumlashtirish,  shu 
orqali  esa  uning  saqlanib  qolishiga  yordam  beradi.  Esdan  chiqarishning  o'ziga  xos 
xususiyati  uning  bir  tekisda  bo'lmasligidir.  Esdan  chiqarishning  oldini  olish  uchun  u 
materialni  shunday,  biroq  o'z  vaqtida  takrorlash  kifoyadir,  chunki  esdan  chiqarilgan 
narsani qayta tiklash uchun anchagina mehnat talab qilinadi. 


Xotiraning  mexanizmlari  haqidagi  fiziologik  nazariyalar  I.P.Pavlovning  oliy 
nerv  faoliyati  qonuniyatlari  haqidagi  ta'limotining  eng  muhim  qoidalari  bilan 
chambarchas  bog'liqdir.  Muvaqqat  shartli  bog'lanishlarning  hosil  bo'lishi  haqidagi 
ta'limot-bu  sub'yektning  individual  tajribasi  tarkib  topishi  mexanizmlari  haqidagi 
ta'limot, ya'ni aslida «fiziologik darajada esda olib qolish» nazariyasidir.   
Xotira  kishi  hayoti  va  faoliyatining  barcha  jabhalarida  ishtirok  etishi  sababli 
uning  namoyon  bo'lishi  shakllari  ham  benihoya  rang-barangdir.  Xotiraning  turlarga 
bo'linishi, eng avvalo, esda olib qolish va yana qayta eyaga tushirish jarayonlari o'rin 
olgan  faoliyatning  aynan  o'ziga  xos  xususiyatlar  bilan  bog'liq  bo'lishi  kerak.  Bu 
xotiraning  u  yoki  bu  turi  kishida  uning  psixik  tuzilishiga  xos  xususiyat  sifatida 
gavdalangan  hollar  uchun  ham  to'g'ridir.  Muayyan  psixik  xususiyat  faoliyatda 
gavdalanmasidan oldin unda shakllanadi. 
Xotira  ta'riflarining  esda  olib  qolish  va  qayta  esga  tushirish  jarayonlari  sodir 
bo'ladigan  faoliyatning  xususiyatlariga  bog'liqligi  xotiraning  har  xil  turlarini  ajratish 
uchun  umumiy asos bo'lib xizmat qiladi. Bunda  xotiraning ayrim turlari  uchta asosiy 
mezonga muvofiq tarzda bo'linadi:   
1)  faoliyatda  ko'proq  sezilib  turadigan  psixik  faollikning  xususiyatiga  qarab 
xotira harakat, emosional, obrazli va so'z-mantiqli turlariga bo'linadi; 
2)  faoliyatning  maqsadlari  xususiyatlariga ko'ra  ixtiyoriy  va  ixtiyorsiz  xotira 
turlariga bo'linadi 
3)  materialni  qancha  vaqt  esda  olib  qolish  va  esda  saqlash  muddatiga  ko'ra 
(uning  faoliyatdagi  roli  va  tutgan  o'rniga  bog'liq  ravishda)  qisqa  muddatli,  uzoq 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish