O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti
Kafedra: Dori vositalarining sanoat texnologiyasi
Fan: Dori vositalari yaratilishining biofarmatsevtik aspektlari
MUSTAQIL ISH
Kukun dorilar ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallar va ularning biosamaradorlikka ta’siri
Bajardi: DST 1/1 guruh magistranti Eshbekova Nargiza
Qabul qildi: Farmatsevtika fanlari doktori., Dori vositalarini sanoat texnologiyasi kafedrasi dotsenti Ilhamova N.B
2021
Mavzu: Kukun dorilar ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallar va ularning biosamaradorlikka ta’siri
Sanoat miqyosida ishlab-chiqariladigan kukunlarni tayyorlashni o`ziga xos tomonlari quyidagilardan iborat: ular katta hajmda, maxsus sexlarda tayyorlanadi; tayyorlash jarayoni asosan mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirilgan bo`ladi. Har bir bosqichni nazorat bo`limi tekshirib boriladi, maxsulot tayyor bo`lganidan so`ng qadoqlashdan oldin har bir turkumni sifat va miqdor ko`rsatkichlari tekshiriladi. Talab darajasida bo`lsa qadoqlashga ruhsat etiladi. Qadoqlab bo`lganidan so`ng har bir turkumdan qadoqlashgan yorliqlangan maxsulotdan olib, analitik laboratoriyaga topshiriladi. U erda bitta idishdagi maxsulotni miqdori, tashqi ko`rinishi, chinligi, tozaligi, ta‘sir etuvchi moddani miqdori tahlil etiladi. Hamma ko`rsatkichlar bo`yicha natijalar MTH talabiga javob bersa, nazorat bo`limini xulosasi asosida maxsulot korxona omborxonasiga topshiriladi.
Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan kukunlarni tayyorlash quyidagi texnologik bosqichlardan iborat: tegishli asbob uskunalarni tayyorlash, boshlang`ich maxsulotlarni maydalash, elash, aralashtirish, qadoqlash va yorliqlash. Kukun tayyorlanadigan sex xona gigiena-sanitariya talabiga javob berishi kerak, asbob uskunalar ishlashdan tozalab, dezinfeksiyalovchi moddalar qo`shilgan, tuzsizlantirilgan suv bilan 2-3 marta yuviladi, so`ngra suv bug`i yuborib, quritiladi. Kukunlarni tayyorlashni birinchi bosqichi substansiyalarni maydalashdir. Bu maqsadda asosan tegirmonlar ishlatildi. Tegirmonni tanlashda maydalanadigan moddani fizik-kimyoviy, morfologik, gistologik xossalarini hisobga olish kerak. Substansiyalarni maydalashda ulardagi qoldiq namlik katta ahamiyatga ega. Sex sharoitida ko`pincha zoldirli, dismembrator, dezintegrator, bolg`achali tegirmonlar ishlatiladi. Maydalanadigan modda tegishli tegirmonga solinadi. Elektr tarmog`iga ulanadi va reglamentda ko`rsatilgan vaqt oralig`ida maydalaniladi.
Maydalangan modda barabanli, vibratsion yoki sexda mavjud bo`lgan boshqa elaklar yordamida elanadi. Elangan kukunlar aralashtirgichlarga solib yaxshilab aralashtiriladi. Agar murakkab kukun bo`lsa, hamma ingridientlar yana elanishi kerak va qaytadan aralashtiriladi.
Korxona sharoitida kukunlar asosan uchta usulda aralashtiriladi: 1. Zettasimon ikki kurakchali aralashtirgichlar. Bular asosan ikkita yarim silindrsimon tubdan, ikkita zetta-simon aralashtirgichdan, qopqoqdan, qopqoqdagi tuyikdan tashkil topgan. Aralashtirgich kurakchalari xar hil tezlikda qarama-qarshi tomonga xarakat qiladi. Bundan maqsad kukunni hamma qatlamlari bir hil aralashishidir. Aralashtirib bo`lgandan so`ng aralashtirgich avtomatik usulda "ag`dariladi" va kukun idishga tushadi. Korxonalarda bunday aralashtirgichlardan 40, 70, 100 litrlilari ko`p ishlatiladi
2. Laboratoriya sharoitida kukunni ko`pincha zoldirli tegirmonda aralashtiradilar. Bu maqsadda barabandagi sharlarni bir qismini olib, barabanga kukun solinadi va elektr tarmog`iga ulab ma‘lum vaqt baraban aylantiriladi. Bunda kukunlar bir tekis aralashadilar. Bu usul oddiy, lekin unumdorligi yuqori emas (rasm). 3. Yolg`on qaynoq yuzada aralashtirish bu eng zamonaviy asbob bo`lib, SG-30 turkumidagi asbobda amalga oshiriladi. Bu asbob tubida ikki qavatli elagi bo`lgan va 30 kg kukunga mo`ljallangan idishdan, yuqorisida kaprondan qilingan engdan iborat. Aralashtirish lozim bo`lgan modda idishga solinadi, idishni gardishi (cheti) kapron eng bilan zich berkiladi, so`ngra boshqaruv pultidan idishni tubiga xavo bosim bilan yuboriladi. Bunda idishdagi massa bosim ostida yuqoriga ko`tarilib, muallak holga kelib , o`zaro aralashadi, mayda zarrachalar kapron filtrda ig`iladi, aralashtirib bo`lgandan so`ng, filtr avtomatik usulda tebranib, mayda kukunlar teleshkaga tushadi. So`ngra teleshkani korpusdan chiqarib ichidagi modda boshqa sig`imga so`linadi. Bu usulni kamchiligi bosim me‘yoridan yukori bo`lsa, kapron yirtilib mayda fraksiya atmosferaga chiqib ketadi. SHunday qilib, tayyor kukundan nazorat bo`limi namuno olib analitik laboratoriyaga tekshirishga yuboriladi. Agar natijada ijobiy bo`lsa, qadoqlashka ruhsat etiladi.
Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan sepma kukunlarini texnologiyasi boshqa kukunlardan quyidagi tomonlari bilan farq qiladi: 1. Sepma tarkibiga kiradigan ingridientlar o`ta quruq bo`lishi kerak. 2. Sepma tarkibidagi moddalar alohida-alohida mayda kukun holigacha maydalanib, teshigini diametri 100mk dan katta bo`lmagan elaklar orqali elangan bo`lishi kerak, chunki zarracha diametri qanchalik kichchik bo`lsa, uni biosamaradorligi shunchalik yuqori bo`ladi, teriga yaxshi yopishidi. Sepma dorilar quruq joyda saqlanishi lozim, aks holda namni tortib olib, qattiq bo`lakchalar hosil qiladi, ular esa terini qitiqlaydi. Sex sharoitida sepma dorilarni ishlab chiqarishda bularni hisobga olish kerak.
Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan kukunlar:
Sun‘iy karlovar tuzi (Sal Carolinum factitium).- 10 qism suvda eriydigan oq kukun.
Tarkibi:
Natriy sulfat kurutilgani - 44,0
Natriy gidrokarbonat - 36,0
Natriy xlorid - 18,0
Kaliy sulfat - 2,0
Har bir modda tegishli tegirmonda o`rtacha maydalik darajasigacha maydalaniladi, elanadi. So`ngra yuqoridagi nisbatda aralashtirib, teshigini diametri 0,2 mm li elak orqali o`tkazib, yana aralashtiriladi. So`ngar preparat bitta ta‘sir qiluvchi moddasi bo`yicha baholaniladi. Masalan, natriy gidrokarbonat 15-16% bo`lishi kerak. Tayyor mahsulot shishia idishiga yoki polietilen qopchilariga 125 g dan qadoqlanadi. Preparat quruq joyda saqlanadi. Surgi va o`t haydovchi sifati ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |