O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/278
Sana26.07.2021
Hajmi2,75 Mb.
#128768
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   278
Bog'liq
GXP asoslari majmua ФИ 3 курс1 48952

Rahbar xodim 
Korxona  rahbari  dori  vositalari  ishlab  chiqarish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarish masalalariga, sifat 
nazorati,  mahsulotni  sotishga  javobgar  bo‘lgan  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lmagan 
mutaxassislar u bilan yaqin aloqada ishlashlari kerak. 
Qoida  bo‘yicha  rahbarlik  vazifasini  egallagan  shaxslar,  to‘la  ish  kunini  o‘tashlari 
kerak. 
Har  xil  darajadagi  rahbarlar  o‘z  vazifalarini  bajarish  uchun  zarur  vakolatlarga 
egadirlar.  Ish  faoliyatida  noaniqlik  yoki  bir-birining  ishini  qaytarmaslik  uchun 
rahbarlar  vazifalari  tegishli  lavozim  yo‘riqnomalarida  belgilab  qo‘yiladi.  Yirik 
korxonalarda  rahbar  xodimning  ayrim  vazifalari  boshqa  mutaxassisga  faqat  ishlab 
chiqarish yoki tayyor mahsulotni sifat nazorati uchun javobgarlik birinchi zimmasida 
saqlangan holda topshirilishiga ruhsat etiladi. 
Ishlab chiqarish rahbarining vazifasiga quyidagilar kiradi: 
-Yaxshi sifatli tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarishni texnologik hujjatlar va 
«Qoidalar» talablariga muvofiq tashkil qilish; 
-ishlab  chiqarish  jarayonini  bosqichma-bosqich  nazoratini  o‘tkazish  bo‘yicha 
qo‘llanmasini  o‘z  ichiga  olgan  ishlab  chiqarish  qo‘llanmasini  tasdiqlash  va  unga 
qat’iyan rioya qilishni ta’minlash; 
-Joriy  ishlab  chiqarish  hujjatlarini  (ishlab  chiqarish  seriyalari  haqida  hisobotlar, 
marshrut xaritasi, to‘ldirsh jurnallari va boshqalar) to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash; 


 
-ishlab chiqarish xonalari holatini, jihozlar va ularni texnik hizmati nazoratini amalga 
oshirish; 
-texnologik  jihozlar,  ishlab  chiqarish  jarayoni  va  nazorat  o‘lchov-asboblarini 
kalibrlashni,  validatsiyasini  o‘tkazish,  hujjatlarning  asl  nushasini  va  hisobotlarni 
tushunarli  shaklda maxsus joyda saqlashni ta’minlash; 
-xodimlarni tasdiqlangan dastur asosida korxonada ish boshlashda va ishlash davomida 
ham o‘qitilishini nazorat qilish; 
-xodimlar tomonidan texnika havfsizligi qoidalariga amal qilishni ta’minlash. 
Texnik nazorat bo‘limi boshlig‘ining vazifasiga quyidagilar kiradi: 
-ishlab    chiqarishda  dastlabki  xom  ashyoni,  yordamchi    o‘rov  va  markalash 
materiallarni, 
yarim 
tayyor 
mahsulotni 
ishlab 
chiqarishda 
ishlatishga, Shuningdek tayyor mahsulotni taqqatishga ruhsat berish yoki man etish; 
-Namuna olish, xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulot 
tahlilini  o‘tkazish  bo‘yicha  uslub  yoki  Yo’riqnomalar,  ishlab  chiqarish  jarayonini 
baholash va nazorati bo‘yicha yo‘riqnomalar va bevosita tayyor mahsulot sifat nazorati 
bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni tuzish va tasdiqlashni ta’minlash; 
-barcha nazorat tekshiruvlari (tahlillarni) olib borishni ta’minlash; 
-bo‘lim xonalari, jihozlar, nazorat-o‘lchov asboblarini holati va. ularni texnik hizmati 
nazoratini amalga oshirish; 
-zarur  validatsiya  jarayoni,  jumladan  analitik  uslublar  validatsiyasini  va  nazorat-
o‘lchov asboblarining kalibrlanishi o‘tkazilishini ta’minlash; 
-korxona xodimlari, jumladan texnik nazorat bo‘limini xodimlarini o‘qitish dasturini 
tasdiqlash  va  ish  davomida  o‘qitish  nazoratini  olib  borish.  Bundan  tashqari,  SNB 
rahbari  dori  vositalarini  eksport  qilishda  vakolatlangan  shaxs  vazifasini  bajarishi 
mumkin. 
Ishlab  chiqarish  rahbari  va  texnik  nazorat  bo‘lim  boshlig‘i  quyidagilarga 
javobgardirlar: 
-Ushbu qoidalar talablariga amal qilish; 
-texnologik reglament va boshqa ishlab chiqarish reglamentlari, ularga qo‘shimcha va 
o‘zgartishlarni  tuzish  va  tasdiqlash  va  boshqa  odatdagi  ishlab  chiqarish  hujjatlarini 
tuzish va tasdiqlashga; 
-ishlab chiqarishda tegishli  sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilishni nazorat qilish; 
-o‘z-o‘zini nazorat qilish. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish