O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/278
Sana26.07.2021
Hajmi2,75 Mb.
#128768
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   278
Bog'liq
GXP asoslari majmua ФИ 3 курс1 48952

1.2.  Sifatni ta’minlash dasturi 


 
Sinov  markazi,  unda  o‘tkazilayotgan  tadqiqotlar  yaxshi  laboratoriya  amaliyoti 
prinsiplariga monand bo‘lishi uchun, hujjatlashtirilgan sifatni  ta’minlash dasturiga ega 
bo‘lishi kerak.  
Sifatni  ta’minlash  dasturini  bajarishga,  sinov  markazi  rahbariyati  tomonidan 
belgilangan, bevosita unga hisobot beruvchi va  tadqiqotlar uslublari bilan tanish bo‘lgan 
vakolatli  shaxslar  javob  beradi.  Sifatni  ta’minlashga  javobgar  shaxslar,  tadqiqotlar 
o‘tqazish uchun jalb etilmaydilar. 
Sifatni ta’minlash  bo‘yicha xodimlar quyidagi majburiyatlarga egadirlar: 
a)  sinov  markazida      qo‘llaniladigan  barcha  tasdiqlangan  tadqiqot  rejalari,  standart 
operatsion protseduralar namunalari va shu vaqt mobaynida qo‘llanilayotgan asosiy reja-
tizim nusxasiga ega bo‘lishi; 
b)  tadqiqot  rejasi  yaxshi  laboratoriya  amaliyoti prinsiplariga  rioya  qilinishi xaqidagi 
ma’lumotga egaligini tekshirishi lozim. Bu tekshirish hujjatlashtirilgan bo‘lishi; 
c)  tadqiqotga  jalb  qilingan  xodimlar  barcha  o‘tkazilayotgan  tadqiqotlarni  yaxshi 
laboratoriya amaliyoti prinsiplariga asosan olib borayotgani, tadqiqot rejalariga va SOP 
ga ega ekanligi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirishi kerak. 
Standart operatsion protseduralarga asosan sifatni ta’minlash dasturida keltirilgan uch 
turdagi inspeksion nazorat ko‘zda tutilgan: 
- aloxida tadqiqotlar nazorati, 
- sinov maydonchalarining nazorati, 
- ayrim bosqichlarning nazorati. 
Bunday inspeksion nazoratlarning protokol (hisobot)larini yuq qilish mumkin emas; 
a) yakuniy hisobotlarni tekshirish; uslublar, jarayonlar, kuzatuvlar va  olingan natijalar 
aniq va to‘liq bayon etilganligini va birlamchi tadqiqot natijalarini to‘liq aks ettirishini 
tasdiqlashi; 
b)  sinov  markazi  rahbariyatiga,  tadqiqot  raxbariga  va  ayrim  hollarda  boshqa  rahbar 
xodimlarga o‘z vaqtida inspeksion tekshiruvlar natijalarini yozma holda taqdim etish; 
c)  sinov  markazi  rahbariyatiga,  tadqiqot  rahbariga    va  javobgar  tadqiqotchiga 
inspeksion  tekshiruv  natijalari  bo‘yicha  tayyorlangan  yakuniy  hisobotga,  inspeksion 
nazorat turi haqida tayyorlangan va imzolangan xulosa, u o‘tkazilgan sana, tekshiriluvchi 
tadqiqot bosqich(lar)i va inspeksiya natijalari taqdim etilgan sana kiritilishi kerak. Shu 
bilan  birga  bu  xulosa,  birlamchi  tadqiqot  natijalari  yakuniy  hisobatda  to‘g‘ri  ifoda 
etilganligi xaqida ma’lumotni aks ettirishi shart. 
Tadqiqot  o‘tqazish  uchun  mo‘ljallangan  xonalar  o‘lchami,  tuzilishi  va  joylashishi 
tadqiqot  maqsadlariga  javob  berishi  lozim.  Xonalarning  joylashishi  tadqiqot  o‘tqazish 
jarayoniga minimal ta’sir etishi shart. 
Xonalar shunday rejalashtirilgan bo‘lishi kerakki, turli ko‘rinish(tip)dagi tadqiqotlar 
bir-biridan maksimal ajratilgan holda o‘tkazilishi shart. 
Sinov  markazi  qoshida  resurslar  va  asbob-uskunalar  uchun  xonalar,  shuningdek 
saqlash, 
sinaluvchi 
va 
standart                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                        
(kontrol) 
ob’ektlarni 
qabul 
qilish 
va 
saqlash, 
sinaluvchi 
ob’ektlarni 
tashuvchi(erituvchi)lar  bilan  aralashtirish  vaqtida  ifloslanishlarni  oldini  olish  uchun, 
sinov markazida alohida xonalar yoki zonalar bo‘lishi lozim. 
Tadqiqot  rejalari,  birlamchi  natijalar,  yakuniy  hisobotlar  va  namunalarni  havfsiz 
saqlash va izlashga imkon beruvchi arxivlar uchun xonalar ko‘zda tutilagan bo‘ladi va 


 
bunday xonalarda arxiv materiallarini uzoq muddat saqlash  uchun sharoitlar yaratiladi. 
chiqindilarni  qayta  ishlash  va  yo‘q  qilish  shunday  amalga  oshirilishi  kerakki,  bu  ish 
tadqiqotlarni o‘tqazishga havf solmasligi va ular natijalarini noto‘g‘ri  talqin etmasligi 
uchun chiqindilarni yig‘ish, saqlash va chiqarib tashlash, dezaktivatsiya qilish va keyingi 
tashish sharoitlari yaratiladi. 
Ximikatlar, reaktivlar va eritmalar nomi, konsentratsiyasi, saqlash muddati sanasi va 
saqlash  yo‘riqnomasi  ko‘rsatilgan  yorliqqa  ega  bo‘lishi  kerak.  Turg‘unligi,  ishlab 
chiqarish  vaqti,  ishlab  chiqarilgan  joyi  haqidagi  ma’lumot  bo‘lishi  kerak.  Saqlash 
muddatini  uzaytirilishi hujjatlashtirilgan tekshiruv yoki taxlil asosida amalga oshiriladi. 
Fizik  va  kimyoviy  ko‘rsatkichlarni  olish  uchun  ishlatiladigan  asbob-uskunalarning  
texnik harakteristikalari va joylanishi tadqiqot maqsadlarini qondirishi kerak.  

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish