Tadqiqotlar tadqiqot rejasi asosisda amalga oshiriladi, olingan barcha natijalar o‘z
vaqtida, tez, aniq va ravon yozib borilishi, shu yozuvlarni yozgan xodim tomonidan
sanasi ko‘rsatilgan holda imzolanadi va kompyuterga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladi (sana
qo‘yiladigan (elektron) imzo bo‘lishi lozim).
Har bir tadqiqotdan so‘ng yakuniy hisobot tayyorlanadi va tadqiqotlarda ishtiroq etgan
javobgar tadqiqotchilar hamda ilmiy xodimlar hisobotlarini imzo va sana bilan
tasdiqlaydilar.
Yakuniy hisobot quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, lekin ular bilan
chegaralanmasligi kerak:
1 Tadqiqot, sinaluvchi va standart ob’ektlar bo‘yicha identifikatsion ma’lumotlar:
a) kengaytirilgan nomlanishi;
b) tekshiriluvchi ob’ektga tegishli identifikatsion ma’lumotlar - kod yoki nomlanishi
(Nazariy va amaliy kimyo bo‘yicha Halqaro tashkilot nomenklaturasiga ko‘ra (IUPAC),
Amerika kimyo jamiyatining kimyoviy adabiyotlar bo‘yicha axborot xizmatini ro‘yhati
raqami bo‘yicha (CAS), biologik harakteristikalar va boshqalar);
c) standart ob’ektning nomlanishi;
d) sinaluvchi ob’ektning tozaligi, turg‘unligi va bir xilligini o‘z ichiga olgan
harakteristikasi.
2 Homiy va sinov markazi xaqida ma’lumot:
a) homiyning nomi va manzili;
b) tadqiqotda ishtirok etuvchi sinov markazlari va
maydonchalarining nomi, manzili;
c) tadqiqot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili;
d) javobgar tadqiqotchi(lar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili, hamda
unga bajarish uchun topshirilgan tadqiqot bosqichlari;
f) yakuniy hisobotga hisobotlari kiritilgan ilmiy xodimlarning familiyasi, ismi, otasini
ismi va manzili.
3. Tajribaning boshlanish va yakunlanish sanalari.
4 Sifatni ta’minlash bo‘yicha inspektorlarning hisoboti o‘tkazilgan tekshiruvlar
turlari
va sanalari to‘g‘risada, tekshiruvdan o‘tgan tadqiqot bosqichlari, tadqiqot rahbari va
javobgar tadqiqotchi(lar)ga taqdim etilgan sanasi ko‘rsatilgan tekshiruv natijalarini o‘z
ichiga oladi.
5. Tadqiqot materiallari va uslublari:
a) tadqiqotlarda ishlatiladigan materiallar
va uslublarning tasnifi;
b) tadqiqotda ishlatilgan iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (OECD)
uslubiy qo‘llanmasidan yoki boshqa rasmiy qo‘llanmalar va uslubiy hujjatlardan olingan
axborot ma’lumotlar.
6. Natijalar:
a) natijalarning qisqacha mazmuni;
b) tadqiqot rejasini bajarishda olingan barcha ma’lumot va
natijalar;
c) olingan ma’lumotlarni hisob-kitobi va statistik ishlovini o‘z
ichiga olgan natijalarni
taqdimoti;
d) natijalarni baholash va
muhokamasi, ma’lumotlar, xulosalar.
7. Saqlash
Tadqiqot rejasi, sinaluvchi va standart ob’ektlarning namunalari, birlamchi
ma’lumotlar va yakuniy hisobotlarni yaxshi sharoitlarda saqlanishini ta’minlovchi joy
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: