O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta'limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Download 452,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana11.06.2022
Hajmi452,67 Kb.
#655844
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
JISMONIY-RIVOJLANISHNI-BAHOLASH-USULLARI

Korelyatsiya usuli.
Ko‘pgina jismoniy rivojlanishning antropometrik belgilari, 
ayniqsa tana uzunligi va massasi, ko‘krak qafasi aylanasi, O‘TS uzaro bog‘langan. Bu 
belgilar orasidagi bog‘liqlik darajasi korrelyatsiya k koeffitsienti qiymati Q-1 chegarasida 
belgilanadi. Koeffitsient Q1 tekshirilayotgan belgilar orasida to‘g‘ridan to‘g‘ri uzaro 
bog‘likligini bildiradi. (bitta belgi kattalashishi bilan boshqasi ham kattalashadi). 
Koeffitsent –1 teskari bog‘liklikni bildiradi. Agar birinchi belgi bir birlikka 
kattalashganda masalan, tana uzunligi 1 sm o‘sganda, ikkinchisini qiymati regretsiya 
koeffitsienti deyiladi. Bu koeffitsientlarni hisoblash antropometrik belgilar orasidagi 
korrelyatsiyani jadval yoki nomogrammalar orqali ko‘rsatilib, jismoniy rivojlanish 
ko‘rsatkichlarini baholash uchun ishlatiladi. 
Persentellar usuli.
Persentellar – bu shunday ko‘rsatkichlarki, o‘sib borish 
darajasi bo‘yicha qatorda joylashish o‘rni bo‘yicha aniqlanadi. Amaliyotda bir necha xil 
persentellar qo‘llaniladi: R3, R10, R25, R50, R75, R90, R97. Agar alohida 
tekshirilayotgan belgi R25 dan R70 gacha oraliqda joylashsa kattalik me’yorga mos 
keladi. Agar antropometrik ko‘rsatgich R10 dan R25 gacha va R75 dan R 90 gacha 
bo‘lsa, uning bahosi mos ravishda o‘rtachadan past yoki yuqori hisoblanadi. Agar 
kattalik qiymati R3-R10 gacha va R90-R97 gacha bo‘lsa baholash past yoki yuqori 


hisoblanadi. Agar kattalik qiymati R3 gacha va R97 dan ko‘p bo‘lsa, baholash juda past 
yoki juda yuqori hisoblanadi. 
Jismoniy rivojlanishning asosiy kriteriylariga quyidagilar kiradi
: tana 
uzunligi, tana og‘irligi, ko‘krak qafasi aylanasi, UTS. Bizni nuqtayi nazarimizda 
subyektning jismoniy rivojlanishini aniqlashda, bu ko‘rsatkichlardan tashqari bel mushak 
kuchini dinomometrik ma’lumotlarini hisoblash kerak. Tana og‘irligini VOZ tomonidan 
taklif etilgan Ketle indeksi bo‘yicha, O‘TSni uning nisbiy ko‘rsatgichlari bo‘yicha 
tavsiflamoq yaxshidir. Jismoniy rivojlanishni korreksiyasiga kelganda, birinchidan tana 
og‘irligini meyyorlashdan boshlash kerak, chunki ortiqcha tana og‘irligiga ega bo‘lgan 
insonlar har xil ma’lumotlar bo‘yicha 30-50% gacha o‘zgarib turadi. Tana og‘irligini 
meyyorlashtirish tiriklik va indeksning nisbiy ko‘rsatkichlarini o‘sishiga olib keladi. Tana 
og‘irligini kamaytirishning eng qulay usuli shundan iboratki, kun davomida energiya 
sarfi ovqat bilan tushayotgan energiyadan ko‘p bo‘lishi kerak. Katobolizm jarayonini 
stimullovchi vosita sifatida ratsional mushak faoliyati hisoblanadi. U dinamik tavsifga 
ega bo‘lgan mashqlardan, ya’ni o‘z ichiga ko‘pgina mushak guruhlarini qamragan 
bo‘lishi kerak. Umuman mashqlarning jadalligi o‘rtacha bo‘lib, qisqacha 10-15 sekundli 
bo‘lib katta va juda katta faollikkacha o‘sishi bilan borishi kerak. Mashq davomiyligi 1-
1,5 soat. Mashqlarning shunga o‘xshash tavsifi aerob ko‘rsatkichlarning rivojlanishida 
maksimal O
2
iste’mol qilish ham yaxshi vosita hisoblanadi. 
Tana og‘irligi kam bo‘lganda, kulturistik mashq usulidan foydalanish bilan birga, 
oqsil moddasi yetarli bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’moli tavsiya etiladi. Jismoniy 
zo‘riqishlarninig har xil mushak guruhlari uchun o‘rtacha og‘irlikda ko‘pgina miqdorda 
qaytarilishi bilan bajarilishi kerak. Bunday mashqlar 2-3 minut dam olish intervali bilan 
6-8 marta qaytarilishi kerak. Faol massaning o‘sishi mushak kuchini o‘sishiga ham olib 
keladi.

Download 452,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish