8
Faqat XIX asr oxiriga kelib tibbiyot bo’g’inlari va
aholi alohida guruhlari
sog’ligi jamoatchilik homiyligi to’g’risidagi birinchi tajribalar asosida sog’liqni
saqlash tizimlarini tuzish boshlandi.
O’zbekistonda butun Rossiyadagi kabi, qishloqlarda mahalliy, shaharlarda
fabrika-korxonalar tibbiyotlari paydo bo’ldi. Shaharlarda tibbiyot, diniy va boshqa
tashkilotlarni boshqarish o’z-o’zini boshqarish organlariga topshirilgan. Shunday
qilib, 1917 yilga qadar umumdavlat sog’liqni saqlash tizimi bo’lmagan.
Jamoatchilik sog’lig’ini himoya qilish ishi bilan, ko’plab tashkilotlar, hattoki
Ichki
Ishlar Vazirligi departamenti va harbiy tashkilotlar shug’ullanishgan. Jahonning
boshqa davlatlarida ham umumiy rahbarlik, shu bilan bir qatorda mahalliy va
fabrika-korxonalar tibbiyotlari ham bo’lmagan.
Fuqarolar sog’lig’iga va barcha tibbiyot tashkilotlariga aloqador birinchi
o’zgarishlar 1822 yilda Fransiyada amalga oshirilgan. Ichki Ishlar Vazirligi
qoshida Oliy tibbiy kengash, joylarda esa tegishli qo’mitalar va komissiyalar
tashkil etilgan. Fransiya tajribasi asosida aynan shunday tizimlar boshqa
davlatlarda ham tashkil etila boshladi (Angliya, Germaniya va boshqalar). Shu
davrdan, ayniqsa, Rossiyada boshqaruv organlari tashkil
etila boshladi va ular
faoliyati jamiyat rivojlanishiga qarab spetsifik yo’nalishga ega edi.
Endilikda sog’liqni saqlash ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlar, aholi va
alohida guruhlar sog’lig’ini mustahkamlash va himoya qilish talablari asosida
rivojlana boshladi.
Bugungi kungacha saqlanib kelinayotgan eng muhim boshlang’ich pozitsiya
sog’liqni mustahkamlash va saqlashda davlat va jamoatchilik javobgarligi, aholini
sog’liqni saqlashda ishtirok etishidir.
Sovet Ittifoqi tugatilganidan so’ng, barcha sobiq respublikalarda sog’liqni
saqlashning asosiy yo’nalishlarini saqlagan holda, sog’liqni saqlash tizimlarini
qayta ko’rish va isloh qilish ishlari boshlandi.
Zamonaviy sog’liqni saqlash tizimlari jahon bo’ylab shartli ravishda 3
guruhga bo’linadi:
- sug’urta
tizimi Germaniya, Fransiyada juda aniq taqdim etilgan;
- xususiy sog’liqni saqlash tizimi AQSh uchun xarakterlidir;
- Angliya uchun davlat tizimi xarakterlidir;
Ko’plab davlatlarda sog’liqni saqlash tizimining aralash va turli tashkiliy
shakllari mavjud va ular rivojlanib kelmoqda. Bunday holat hozirgi vaqtda
O’zbekiston uchun ham xarakterlidir.
Sog’likni
saqlash rivojlanishi bilan, davlat tizimidagi turli tibbiy tarmoqlari
paydo bo’la boshladi.
1. davolash -profilaktika muassasalari;
2. onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari;
3. sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari;
4. tibbiyot ta'limi va ilmiy-tadqiqot muassasalari;
5.
dorixona muassasalari, tibbiyot va farmatsevtika sanoati korxonalari;
6. sanatoriya va dam olish muassasalari;
7.patologik-anatomiya, sud-tibbiyot, sud-psixiatriya ekspertiza muassasalari;
9
8. tibbiy sug’urta tizimi tashkil etilgan joylarda majburiy tibbiy sug’urta
tashkilot va muassasalari. O’zbekistonda bu tizim ishlab chiqish bosqichida.
Do'stlaringiz bilan baham: