Fiziologik bo'lim
tug’ruqdan oldingi xona (palatadagi o’rinlarning 10-12%
ini tashkil qiladi), tug’ruq zali (tug’ruq o’rinlarning 6-8% ini tashkil qiladi), yangi
tug'ilgan chaqaloqlarni sanitar tozalash, ko’rish, sanitariya, sudna va plenkalarni
yuvish, ishlatilgan bel'yolarni vaqtincha saqlash xonalari va alohida jarroxlik
xonalaridan iborat.
Observasiya bo'limi
(qabul-ko’ruv, tug’ruq, tug’ruqdan keyingi, yangi
tug'ilgan chaqaloqlar, sanitar uzel xonalari) fiziologik bo'lim singari kerakli tibbiy
moslamalar bilan ta'minlanadi.
Har bir tug’ruqdan keyingi bo'lim
(fiziologik, observayiya bo'limida)
ko’krak sutini yig’ish, pasterizasiya qilish va saqlash uchun alohida xonalarga ega
bo'lishi lozim. Xonalar elektrik yoki gaz plita bilan, stollar, muzlatgichlar, tibbiy
shkaflar, idish yuvish, qaynatish uchun bak yoki idishlar byumi bilan ta'minlangan
bo'lishi zarur. Sutlar chaqaloqlarga bolalar bo'limii talabiga binoan tarqatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |