Ixtisoslashtirilgan akusher-ginekologik yordam ko'rsatuvchi asosiy muassasa
bo'lib tug’ruqxonalar hisoblanadi.
Tug’ruqxona territoriya prinsipi asosida ixtisoslashgan tibbiy xizmat
ko'rsatadi, bundan tashqari xomilador ayollar o’zlari xoxlagan tug’ruqxona
muassasasini tanlash huquqiga egadirlar. Xomilador va tug’uvchi ayollar xaqidagi
ma'lumotlar
"Xomiladorlar va tug’uvchi ayollarni qabul qilish jurnali" (f. 111)ga yozib boriladi va pasport qismi to’ldiriladi, navbatchi vrach esa
"Almashish kartasi" (f. 113) bilan tanishadi.
Tuqqan ayollar 2 soat mobaynida tug’ruq zalida tibbiy xodim nazorati
ostida bo’ladilar. So'ngra tuqqan ayollarni katalakda tug’ruqdan keyingi bo'lim
palatalariga, Yangi tug'ilgan chaqaloqlar esa chaqaloqlar bo'limiga joylashtiriladi.
Ona va bola alohida xonaga joylashtiriladi, ular o’rinlarining nomerlari bir xil
bo’ladi. Biroq, hozirgi kunda ba'zi tug’ruqxonalarda tug’ruq jarayoni normal
o’tgan ayollar chaqaloqlari bilan bir xonada joylashtirilmoqda. Onalar tug’ruqqa
137
qadar maxsus tayyorlov mashg’ulotlarini o’tganliklari sababli tibbiy xodimlar
nazoratida chaqaloqlariga o’zlari parvarish qiladilar, ya'ni yurgaklash, vaznini
o’lchash, yuvintirish va boshqa ishlarni bajaradilar.