147
Uchastka hamshirasi ham bola salomatligini xayotining 1 yilida oyiga 1 marta
nazorat qiladi.
Bolalarni aynan shu yoshda rivojlanishini nazorat qilishda xayotining 1chi
yilida o’ziga xos xususiyatlari xisobga olinadi:
- tug’ruqxonadan chiqqanligi to'g'risida ko’chirma,
- raxitga qarshi profilaktik tadbirlarni boshlagan vaqti,
- dekret berilishi (4,5 oylikka qadar).
- profilaktik
emlashlarni olib borilganligi, prikorm berilishi (4,5 oylikda)
- ko’krak suti bilan boqishni to’xtatilishi
- onaning ish faoliyatini boshlanishi
- bolalar muassasalarga bolani joylashtirish.
Bolaning 3, 6, 9, 12 oyligida umumamaliyot vrachi bolani chuqur
tekshiruvlardan, antropometrik o’lchovlardan, ona bilan suxbatidan so’ng to'liq
epikriz yozadi, bunda bolani salomatligi, uning jismoniy va ruhiy rivojlanishi
ko'rsatiladi, hamda nazorat qilish va sog'lomlashtirish tadbirlari rejasi tuziladi.
Bola xayotining 2 chi yilida umumamaliyot vrachi kvartalda 1 marta
bolani
nazorat qiladi, bunda u bolaning salomatligi xaqida to'liq ma'lumot beradi,
bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishini baxolaydi, vrach
xulosasi bilan ota-onani
tanishtirishadi, bola tarbiyasidagi va rivojlanishidagi etishmovchiliklar ko'rsatiladi,
ko’rsatmalarni bajarilishiga ahamiyat beriladi va keyinchalik bolani
sog'lomlashtirish tadbirlari bo'yicha tavsiyalar beriladi. Poliklinika hamshirasi
umumamaliyot shifokori kabi bola xayotining 2 chi yilida kvartalda 1 marta
patronaj olib boradi.
Bola xayotining 3 chi yilida profilaktika maqsadida bolani vrach 6 oyda 1
marta tekshiradi, patronaj hamshirasi ham 6 oyda 1 marta kuzatuvni tashkil qiladi.
Bu yoshda bolani tekshirishda asosiy e'tibor kun tartibini tashkil qilishga,
chiniqtirish tadbirlarini qo'llashga, jismoniy tarbiyaga, rasional ovqatlanishga,
jismoniy va
ruhiy rivojlanishga qaratiladi, antropometrik tekshiruvlar olib boriladi.
Bola xayotining 3 chi yilining oxirida ya'ni bola rivojlanishining ilk
davrlarida vrach bolaning 3 yoshgacha bo'lgan davrida olib borilgan profilaktik
ishlarga yakun beradi, salomatlik holatini baxolaydi, jismoniy va ruhiy
rivojlanishini dinamikada baxolaydi, keyingi davr uchun sog'lomlashtirish
tadbirlari rejasini tuzadi hamda bolani maktabgacha bolalar muassasalariga
tayyorlaydi.
Sog'lom bolalar bilan profilaktika ishlarini olib borishda poliklinikada
"Sog'lom bola" xonasi tashkil etiladi.
"Sog'lom bola"
xonasida bolalar bilan
profilaktika ishlarini olib borishga tayyorgarlik ko’rgan fel'dsher yoki
hamshira
faoliyat ko'rsatadi. Bu xonani boshqarish biror bo'lim mudirasi zimmasiga
yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: