158
1)
Guruh o’rinlarining to’laqonligi - bu ko'rsatkichning kattaligi 110-115
% bo'lishi kerak.
2)
Bolalarning qabul qilinishi ko'rsatkichi - bu ko'rsatkich kattaligi 20-
30%.
3)
Bitta bolaning yil davomida o’rtacha kelmagan kunlari soni.
4)
Bir bolaning kasallik tufayli yil davomida o’rtacha kelmagan kuni.
5)
Bolalarning jismoniy rivojlaneishini baxolash ko'rsatkichlari.
6)
Kasallanish
ko'rsatkichlari.
7)
O'lim ko'rsatkichi.
Shtatlar: yaslida har bir shifokor uchun 180 bola, bog’chalarda esa 600 ta
bola biriktiriladi.
Maktablarda shifokor va tibbiyot hamshirasi faoliyatining asosiy
bo'limlari:
Maktab o’kuvchilarini tibbiy tekshirish o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Maktab yoshida bolaning o'sish va rivojlanishi xali davom etadi. Maktablarda har
bir shifokorga 2000 o’quvchi biriktiriladi. Maktab shifokori
va hamshirasi bolalar
poliklinikasi yoki Markaziy tuman kasalxonasi (MTSh) shtatiga kiradi. Ularning
faoliyatiga o’quvchilar salomatligini saqlashga yunaltirilgan profilaktik, sanitar-
epidemiologik va davolash-sog'lomlashtirish tadbirlari kiradi. Ular uchastka
pediatri va boshqa mutaxassislar bilan aloqada faoliyat yurgizadilar.
Maktab shifokori maktabdagi pedagogik kengash a'zosi hisoblanadi.
Maktabgacha va maktab muassasalari tibbiy xodimlari, xalq ta'limi tumani
bo'limlari, qizil yarim
oy jamiyati, tuman jismoniy tarbiya shifokorlari, kattalar
poliklinikasi, ayniqsa o’smirlar poliklinikasi bilan aloqada ish olib boradilar.
Maktabgacha va maktab muassasalari pediatrlari ishlari orasida
asosiylaridan biri dispanser nazoratini tashkil qilish hisoblanadi.
Maktab o’quvchilarining jismoniy rivojlanishi holatini baxolashda ularni 7
guruhga bo’linishidan foydalaniladi:
1. normografiya.
2.
o’rtacha jismoniy rivojlanishdan yuqori (o’rtachadan yuqori va
yuqori bo’y uzunligiga ega bo'lgan; ammo tana og’irligi va ko’krak aylanasi
rivojlanishiga mos bolalar);
3.
o'sishdan ortda qoluvchilar (bo’y uzunligi o'rtadan past va past; lekin
tana og’irligi va ko’krak aylanasi rivojlanishiga mos bolalar);
4.
tana og’irligi ortda qoluvchilar (o’rta, o'rtadan yuqori va yuqori bo’y
uzunligiga ega bo'lgan, ammo tana og’irligi va ko’krak aylanasi o'sishdan orqada
qolgan bolalar);
5.
jismoniy rivojlanishning 3 belgilarining barchasi yoki faqat tana
og’irligi va o'sishning orqada qolishi (o’rtacha bo’y uzunligidan
past va past
darajadagi hamda tana og’irligi va ko’krak aylanasi ortda qolgan bolalar);
159
6.
ortiqcha vaznlilar (o’rta, o'rtadan yuqori va yuqori bo’y uzunligiga
ega bo'lgan va tana og’irligi yuqori darajada bo'lgan bolalar);
7.
o'rtadan past va past bo’y uzunligiga ega hamda tana og’irligi
yuqori darajada bo'lgan bolalar.
Bolalar poliklinikasi va maktabgacha-maktab bo'limlari shifokorlari
zimmasiga jismoniy va aqliy rivojlanishida har xil nuqsonlari bo'lgan bolalarga
maxsus maktab-internatlar, yordamchi
maktablar, sanatoriyalarda tibbiy yordamni
tashkillashtirish vazifasi yuklatiladi.
Bolalar sanatoriyalarining quyidagi profillari mavjud:
A) revmatizmga
chalingan bemorlar uchun
B) sil etiologiyasiga taaluqli bo'lmagan nafas a'zolari kasalliklari bor
bemorlar uchun (surunkali pnevmoniya va bronxial astma)
V) buyrak kasalliklari bo'lgan bemorlar uchun.
G) teri kasalliklari bo'lgan bemorlar uchun
D) psixonevrologik
kasalliklari uchun
E) oshkozon-ichak kasalliklari bo'lganlar uchun
J) suyak – bo’gim sili bo'lgan bemorlar uchun
Z) o’pka silining aktiv shaklida bo'lgan bemorlar uchun.
I) sil intoksikasiyasi bo'lgan bemorlar uchun.
K) tayanch - harakat tizimida o'zgarishlari bo'lgan bolalar kurort tumanlarida
joylashgan bolalar sanatoriyalariga 3-14 yoshga qadar qabul qilinadilar, maxalliy
sanatoriyalarga esa erta yoshdagi bolalar - 1 yoshdan boshlab qabul qilinadi.
Sanatoriyalarga bolalarning qabuli bolalar poliklinikasidagi vrachlarning maxsus
komissiyasi tomonidan o’tkaziladi.
Maktab yoshidagi bolalar uchun eng ommaviy muassasa bo'lib yozgi
oromgoxlar hisoblanadi. Bu oromgoxlar davlat ijtimoiy sug’urta
byudjeti xisobiga
va sog'lomlashtirish tadbirlari fondi kasaba uyushmasi byudjeti, xalq ta'limi
organlari, ota-onalar byudjetlari xisobiga tashkil etiladi.
Bolalar oromgoxlari quyidagi tiplardagi tashkillashtiriladi:
1)
shahardan tashqari
2)
stasionar
3) sanatoriya
4)
sog'lomlashtirish oromgoxlari va yuqori sinf o’quvchilari uchun
mehnat va dam olish oromgoxlari
5)
shahar
6) turistik.
Yozgi sog'lomlashtirish ta'til davrida Sog'liqni saqlash tizimi organlari
zimmasiga katta vazifalar yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: