O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo’ziboyeva ta’lim texnologiyalari


O’qitish jarayonini tashkil qilishda pedagogik-psixologik yondashuvlar



Download 1,04 Mb.
bet26/146
Sana28.03.2022
Hajmi1,04 Mb.
#514840
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   146
Bog'liq
Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirz-конвертирован

O’qitish jarayonini tashkil qilishda pedagogik-psixologik yondashuvlar


O’qitishjarayonida pedagogik-psixologik yondashuvlarning asosi konstruktivizm nazariyasi (J.Dyui), bola intellektining rivojlanishi nazariyasi (J.Piaje), eng yaqin rivojlanish sohasi nazariyasi (L.S.Vigotskiy), intellekt ko’pligi nazariyasi (G.Gardner) hamda o’quvmaqsadlari taksonomiyasi (B.Blum) haqidagi ma’lumotlardan iborat bo’lib, ularni bilish va amalda foydalanish har bir o’qituvchiga o’z pedagogik mahoratini takomillashtirish uchun zarur.


Konstruktivizm nazariyasi. Konstruktivizm nazariyasi amerikalik pedagog Jon Dyui tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, psixolog Jan Piaje shu yo’nalishdagi tadqiqotlarni davom ettirgan. Konstruktivizm so’nggi yillar davomida pedagogikada nazariy hamda amaliy yo’nalish sifatida ommalashdi. Unga ko’ra ta’lim o’quvchining fikrlash faoliyati yordamida bilim yaratiladigan jarayon hisoblanib, hyech kim hech kimni hech narsaga o’rgata olmaydi, o’quvchi o’zi o’rganishi kerak. Ta’lim odamlar o’z tajribasi asosida bilimlarni yaratadigan faol jarayon. Odamlar g’oyalarni tayyor holda olmaydilar, ularni yaratadilar. J.Piajening fikricha “bola o’z intellektining me’mori” bo’lib, o’qituvchi o’quvchilarning o’qishiga yordamlashuvchi rahbar sanaladi.
J.Dyui nazariyasiga ko’ra esa, bolaning bilish faolligi, qiziquvchanligi uning to’liq aqliy rivojlanishi va ta’lim olishi uchun batamom yetarli deb hisoblanadi. Ta’lim jarayoni, asosan, bolaning mustaqil ta’lim olish va mustaqil takomillashuv ko’nikmalari rivojlanadigan mehnat va o’yin faoliyati sifatida o’tishi kerak.
Bola tajriba va bilimni muammoli ta’lim muxitini tadqiq qilish, turli maketlar, sxemalar tayyorlash, tajribalar o’tkazish, bahsli savollarga javoblar topish va umuman, xususiydan umumiyga qarab chiqish, ya’ni bilishning induktiv metodini qo’llash jarayonida “amalda bajarish” yo’li bilan o’rganishi lozim. Bu pedagogik konsepsiya “instrumental pedagogika” nomini olgan.
Bolaga stixiyali izlanishlar yo’li xos va bu uning uchun eng tabiiy yo’l. Bola mustaqil tadqiqot jarayonida narsalar va hodisalarning xususiyatlari va qadriyatlarni o’zi uchunkashf qilishi zarur, pedagog esa faqat bolaning savollariga, agar savollar bo’lsa, javob berishi mumkin.
Bilimlarni ta’lim oluvchiga tayyor holda berib bo’lmaydi, har kim o’z hayoti davomida o’zining atrof-muhitni tushunishini konstruksiyalaydi. Aynan shuning uchun har kim o’z dunyoqarashi, e’tiqodlari bilan betakrordir.
Konstruktivizm bola tomonidan yangi bilimlarnio’rganish bo’yichao’z tajribasi, bilimlari bilan tashqi, noma’lum reallik orasidagi bilish ziddiyatini yengib o’tish jarayonini ifodalaydi.
Konstruktivist o’qituvchi dars beruvchi o’qituvchi emas, u ta’lim oluvchilarning muammoli yo’naltirilgan tadqiqot faoliyatiga konsultant, tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi hisoblanadi. U o’quvchilarning mustaqil aqliy faoliyati uchun sharoitlar yaratadi va ularning tashabbuslarini har tomonlama qo’llab-quvvatlaydi. O’quvchilar esa o’z navbatida, ta’lim jarayonining to’la xuquqli ishtirokchilari bo’lib qoladilar va ta’lim jarayoni hamda natijalari uchun o’qituvchibilan birga javobgar bo’ladilar.
O’qituvchi dars maqsadlarini belgilashda tasniflang, asoslab bering, tekshirib ko’ring, umumlashtiring, tahlil qiling, bashorat qiling, baholang, modelini yasab ko’ring va shu kabi faoliyat atamalaridan foydalanadi. Ta’lim maqsadlarini hamda o’quv muammolari va vazifalarini shunday belgilash o’quvchilarning dars materiali bo’yicha chuqurroq fikrlashi, ularni mazmunli bahs-munozaraga jalb qilish, o’z nuqtai-nazarlarini, mulohazalarini va taxminlarini aytish motivlarini shakllantiradi.
XX asr oxirida ta’lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mo’ljallangan faol muammoli va izlanishli ta’lim metodlari va shakllarining ommaviy rivojlanishi munosabati bilan J.Dyui rivojlantiruvchya tanqidiy fikrlashni shakllantirish tamoyillari va metodikasini ishlab chiqdi. Ushbu tamoyillar quyidagilar:

  • ko’p ma’nolilikka ega bo’lish kerak, ya’ni tushunchalar, nazariyalarni so’zlar, rasmlar, matematik ifodalar yordamida bera olish, istalgan konsepsiyani o’z so’zlari yoki simvollar bilan aniq bera olish zarur;

  • axborotni zichlashtira olish va umumlashtira olish. Samarali umumlashtirish 10 mingta so’z bilan ifodalash mumkin bo’lgan suratga o’xshaydi. O’quvchilarni o’zlari uchun qulay va tejamli bo’lgan tuzilmalar, konseptual karta va sxemalar yaratishga o’rgatish kerak;

  • abstrakt fikrlay olish, konkret fikrlashdan chetlashgan holda;

  • istalgan hodisaning bosh, yetakchi tamoyillarini topish.


Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish