27
III. UIRS. Talabalar uchun mustaqil ish.
Vazifa 5
Yumshoq dori shakllari to’plami bilan tanishish.
Vazifa 6
Yumshoq dori shakllarini tayyorlash.
Malxam. 0,5% - 10,0 bo’lgan anestezin malxamini tayyorlash. Kerakli
miqdordagi anestezin
tortib olinadi va farfor idishda ezib maydalanadi. So’ngra kerakli miqdorda
vazelin tortib olinadi
va anestezin bilan bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Hosil bo’lgan malxam
bankalarga solinib, belgilab qo’yiladi.
Pastalar 10%-50,0 anestezin pastasini tayyorlash. Kerakli miqdordagi
anestezin tortib olinadi va
forfor idishga solinadi. So’ngra to’g’ri keladigan miqdorda vazelin (mumlangan qog’ozda)
olinadi va bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Hosil bo’lgan
pasta bankachalarga
solinib, belgilab qo’yiladi.
Suyuq malxam. 5%-20,0 suyuq anestezin malxamini tayyorlash. Kerakli miqdordagi anestezin
tortib olinadi va farfor idishga solinadi. So’ngra kerakli miqdordagi paxta yog’i
tortib olinib
anestezin bilan bir-xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan malxam
bankachalarga solinib, belgilab quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: