O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
Andijon davlat tibbiyot INSTITUTI
|
|
“TASDIQLAYMAN”
Andijon davlat tibbiyot instituti
O’quv ishlar bo’yicha prorektor
B. R. Abdullajonov __________
2021 yil “ ____” ___________
|
|
|
SANOAT FARMATSIYASI
FANINING ISHCHI O’QUV DASTURI
5-kurs talabalari uchun
Ta’lim sohasi: 510000 - Sog’liqni saqlash
Ta’lim yo‘nalishi: 5510500 – Farmatsevtika (Farmatsevtika ishi)
Umumiy o‘quv soati:
|
109
|
Shu jumladan:
|
|
Ma’ruza:
|
32 soat (10- semestr)
|
|
|
Amaliy
mashg’ulotlari:
Mustaqil ta’lim:
|
32 soat (10 - semestr)
45 soat (10- semestr)
|
Andijon – 2022
O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi 2019 yil 12 sentyabrdagi 238 sonli buyrug‘ining 1-ilovasi bilan fan dasturi ro`yxati tasdiqlangan
Ishchi-o’quv dasturi Andijon Davlat Tibbiyot instituti MUK 20____yil “__”_________dagi __-sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Pediatriya fakulteti dekani,
dotsent, kengash raisi A. A. G`ofurov
Tuzuvchi(lar):
Tojiddinova M.T. – Farmatsevtik fanlar kafedrasi assistenti
Taqrizchi(lar):
Yu. X. Xolboev
|
Tibbiy kimyo kafedrasi mudiri, dotsent
|
Andijon Davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashida muhokama qilindi va tasdiqlandi. Bayonnoma №____”______________” 2022 yil
Farmatsevtik fanlar kafedrasi mudiri v.v.b.: Turg`unov M. A.
Kelishildi:
O’quv – uslubiy boshqarma boshlig’i Yusupov Q.M.
Fanning ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
Modul dasturini tayyorlashda institut o`quv rejasiga moslahtirish uchun 5-modul, “Boshqa turdagi dori shakllari va ularni tayyorlash texnologiyai”dagi mavzular kengaytirildi.
Amaliy mashg`ulot mavzulari esa o`quv rejaga moslashtirilib, jami 54 soatdan 32 soatga tig`izlandi.
Asosiy o`quv adabiyotlariga Maxkamov S.M., Maxmudjonova K.S. Tayyor dori turlari texnologiyasi, Muravyov I.A “Texnologiya lekarstv” I va II-tomlari, Krasnyuk I.I va boshqalar “Farmasevticheskaya texnologiya” kabi adabiyotlar qo`shimcha qilindi.
O ’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni.
Ushbu fan talabalarda mutaxassislik mahoratini mukammal shakllantirish, ularda sanoat miqyosida sanoat farmatsiyasi texnologiyasi bo‘yicha umumiy ko'nikmalar hosil qilish hamda zamonaviy texnologiya nuqtai-nazaridan farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va ishlab chiqarishni ta’minlash masalalarini qamrab oladi. O`quv dasturida farmatsevtika fani va amaliyotining, farmatsevtik ishlab chiqarishning uzoq kelajakka mo‘ljallangan istiqbollari yoritilgan. Shuningdek, fanni farmatsevtik ishlab chiqarish va sog‘liqni saqlash amaliyotiga yaqinlashtirish to‘laligicha asoslab berilgan.
“Sanoat farmatsiyasi” fani ixtisoslik fanlar majmuasiga taalluqli bo‘lib, talabalar uni 10-semestrda o‘rganishadi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy-ilmiy fanlar (oliy matematika, informatika va informatsion texnologiyalar, fizika, anorganik kimyo, organik kimyo, fiziologiya anatomiya asoslari bilan, botanika, ekologiya), umumkasbiy fanlar (analitik kimyo, fizik va kolloid kimyo, biologik kimyo, kimyoviy mikrobiologiya, farmakologiya, sanoat gigienasi, muhandislik grafikasi, hayot faoliyati havfsizligi, kimyofarmatsevtik ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari, metrologiya va standartizatsiya, umumiy kimyo texnologiyasi, lotin tili, elektrotexnika, farmakognoziya, farmatsevtik kimyo, ishlab chiqarish menejmenti, energotexnologiya)dan yetarli bilim va ko'nikmalarga ega bo‘lishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |