Skeletotopiyasi:
O‘t pufagi I-II bel umurtqasi sohasida, uning bo‘yinchasi ko‘pgina hollarda XII
ko‘krak va I bel umurqasi sohasida akslanadi.
Sintopiyasi.
O‘t pufagidan yuqorida va oldinda jigar, chapda-puloris, o‘ng va pastda-yo‘g‘on
ichakning jigar egriligi joylashadi. O‘t pufagining tanasi ko‘ndalang chambar ichakka, bo‘yinchasi
o‘n ikki barmoqli ichakning piyozchasiga, jigarning oldingi pastki qirg‘og‘idan 3 sm chiqib turuvchi
tubi esa qorinning oldingi devoriga tegib turadi. O‘t pufagi qorin parda bilan uch tomonlama: pastdan
va yon tomondan o‘ralgan.
Qon bilan ta‘minlanishi. O‘t pufagini pufak arteriyasi (a.cystica) qon bilan ta‘minlaydi.Bu arteriya
o‘ng jigar arteriyasidan boshlanadi.
O‘
T YO
‘
LLАRI TОPОGRАFIYASI
.
Jigаrdаn tаshqаri yo‘llarigа o‘ng vа chаp jigаr o‘ yo‘llari‘, umumiy jigаr yo‘li, pufаk yuli, umumiy
yo‘li kirаdi.Ductus hepaticus communis jigаr dаrvоzаsidа o‘ng vа chаp jigаr o‘t yo‘llarining
qo‘shilishidаn hоsil bulаdi.
Ductus cysticus jigаr-o‘n ikki bаrmоkli ichak bоylаmi ichidа ductus hepaticus communis bilаn
kushilib, umumiy yo‘lini ductus choledochusni hоsil qilаdi. Ductus choledochusning 4 tа qismi
fаrqlаnаdi: suprаduоdenаl, rеtrоduоdenаl, pаnkrеаtik i intrаmurаl.Umumiy yo‘lining intrаmurаl qismi
un ikki bаrmоkli ichakning оrqа dеvоrini tеshib, pаstgа tushuvchi qismidа jоylаshgаn kаttа
surgichgа(papilla duodeni major)gа ochilаdi
80 % hоlаtlаrdа umumiy o‘t yo‘lining оxirgi qismi vа оshqоzоn оsti bеzining chiqaruv nаyi birlаshib,
jigаr-оshqоzоn оsti bеzi аmpulаsini hоsil qilаdi (Оddi sfinktеri)
U alohidalanadi (izolyastiya qilinadi), ikkita ipak ligatura bog‘lanadi va ligaturalar orasida kesiladi.
Ligatura tasodifan pufak arteriyasi tarmog‘ini beradigan o‘ng jigar arteriyasini qo‘shib olishdan
extiyoj bo‘lish kerak. Pufak o‘t yo‘li ajratiladi, umumiy o‘t pufak yo‘llarining qo‘shilish joyidan 0,5
sm masofada ipakli ligatura bilan bog‘lanadi. Ligaturadan periferik tomonga bukilgan Bil‘rot qisqichi
qo‘yiladi. Pufak o‘t yo‘li qisqich va lugatura orasida kesiladi, uning cho‘ltog‘iga yod eritmasi
surtiladi, pufak olib tashlanadi. Pufak olib tashlangandan so‘ng uning o‘rindig‘i soxasida qorin parda
varaqlari o‘rindiq bo‘ylab uzluksiz yoki tugunchali ketgutli choklar bilan tikib qo‘yiladi. Cho‘ltoqqa
rezina drenaj va doka tamponlar qo‘yiladi, udarning bir tomoni operastiya jaroxati orqali chiqarib
qo‘yiladi. Bolish olib tashlanadi, qorin devorini bo‘shashtirish uchun tananing yuqori qismi bir oz
ko‘tariladi va operastiya jaroxatini yopishga kirishiladi. Qorin devori qavatma-qavat tikiladi.
O‘t tosh kasalligini operatsiya yo‘li bilan davolashda, jarrohning vazifasi o‘t pufagi kabi faqat
zararlangan o‘choqni olib tashlashdan iborat bo‘lmaydi. Balki jigar o‘t yo‘llarining axvoli to‘g‘risida
aniq tasavvurga ega bo‘lish va barmoq yoki asboblar yordamida tekshirib ko‘rish (operasiya stolida
xalangiografiya) natijasida umumiy o‘t yo‘lining erkin o‘tkazuvchanligiga ishonch hosil qilish kerak.
Jarroh anatomik o‘zaro munosabatlarni yaxshi ko‘ra bilish imkoniyatiga ega bo‘lishi va umumiy o‘t
yo‘lini, ayniqsa, uning retroduodenal qismini barmoqlari bilan yaxshilab paypaslashi lozim.
Operasiyadan keyin ro‘y berishi mumkin bo‘lgan asoratlar (o‘t tosh kasalligining qaytalishi,
peritonit kelib chiqishi, o‘t oqma teshiklarining shakllanishi, operasiyadan keyingi davrda qon
ketishi, choklarning ushlanmasligi va xokazolar) ning oldini olish ham muhim axamiyatga ega.
Xolestistektomiya operasiya o‘tkir destrukstiv xolestistit (o‘t pufagi flegmonasi, qorason (gangrenasi)
va empiemasi, pufakning teshilishi va boshqalar) yoki cheklangan peritonit tufayli o‘tkazilgan bo‘lsa,
unda operasiya jarrohning fikricha, qorin bo‘shlig‘ining eng engil jaroxatlanishi mumkin bo‘lgan
(nozik) soxalariga doka tamponlar va drenaj naychalarini olib kelib qo‘yish bilan tugatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |