Buyrak parenximasini kesish — nefrotomiya
(nephrotomiya) K o‘ r s a t m a l a r :
buyrak karbunkuli, gidro- va pielonefroz, korall toshlar va organ parenximasida kichkina
toshlarning ko‘p bo‘lishi.
Fedorov bo‘yicha ochishda kesma XII qovurg‘a bilan orqani to‘g‘ri ushlaydigan muskul
oralig‘idagi burchak cho‘qqisidan, umurtqalarning bigizsimon o‘siqlaridan 7—8 sm tashqarida
boshlanadi va pastga qiyshiq yo‘naladi; yonbosh suyak qirrasiga etmasdan turib kesma
ko‘ndalangiga kindik tomonga yo‘naltiriladi.
Teri, teri osti kletchatkasi va yuza fasstiya kesiladi. So‘ngra qorin pardani
jarohatlantirmaslikka xarakat qilib, qorinning ichki qiyshiq va ko‘ndalang muskullari kesiladi va
jaroxatning orqa bo‘limida qorin parda orti yog‘ kletchatkasiga teshib kiriladi. Doka sochiqcha
yordamida tumtoq yo‘l bilan qorin xaltasi ko‘chiriladi va oldinga itariladi. Jaroxatning vertikal
bo‘limida yopiq anatomik pinstetlar bilan qorin parda orti yog‘ kletchatkasi so‘riladi, buyrak orti
fasstiyasi kesiladi va so‘ngra paranefral
yog’
kletchatkasi siljitilib, buyrakning orqa yuzasi
ochiladi. Ikkala qo‘lning ko‘rsatkich barmoqlari bilan buyrak to‘qimadan ajratiladi va u
jaroxatga chiqariladi.
Operastiyaning o‘zi shundan iboratki, bunda buyrak parenximasi uning qavarib chiqqan
qirg‘ogi o‘rtasidan 1 sm orkada
bo’yla
masiga kesiladi va tegishli manipulyastiya (toshlarni olib
tashlash, karbunkulni kesib ochish) tugatilgandan so‘ng organ to‘qimasi ketgut choklar bilan
tikiladi. Jaroxat qavatma-qavat tikiladi, rezina drenaj ko‘yiladi.
Buyrakni olib tashlash — nefrektomiya
. K o‘ r s a t m a t l a r .O‘q otilgan jaroxatlar,
buyrakning shikastlanishi tufayli yorilishi, pielonefroz, gidronefroz, buyrak o‘smalari.
Nefrektomiya operastiyasini bajarishdan oldin ikkinchi buyrakning mavjudligi va uning
ishlayotganligig a ishonch xosil qilish lozim, chunki yagona buyrakni olib tashlash so‘zsiz o‘limga
olib keladi
Bemor sog‘lom yonboshi bilan yotadi, shu yonboshi tagiga bolish qo‘y il ad i. Sog‘lom
tomondagi oyoq chanoq-son va tizza bo‘g‘imlarida bukiladi, kasallangan tomonda esa to‘g‘rilanadi
(yoziladi).
O p e r a st i ya t ex n i k a s i . Bergmann — Izroil bo‘yicha kesib ochishda kesma orqani
to‘g‘ri ushlaydigan muskul bilan XII qovurg‘a oral ig‘ida xosil bo‘lgan burchakdan yuqoriroq
va medialroqda boshlanadi. Kesma shu burchak bisssktrisasi bo‘ylab qiyshaytirilib, nac ga va
oldinga yo‘naltiriladi, yonbosh suyagining oldingi yukoridagi chikib turgan joyidan 3-4 sm
balandrokda o‘tib, oldingi aksillyar chiziqqacha boradi. Keyin siydik yo‘liningpastki kismiii
ochishga extiyoj tug‘ilgudek bo‘lsa, kesma chov boylamiga parallel ravishda oldinga va pastga
tomom davom ettiriladi.
Kesma chizigi bo‘ylab, teri tori osti kletchatkasi va yuza fasstiya, orkaning keng muskuli,
qorinning tashqi qiyshiq muskuli, orqa pastki tishsimon muskul va qorinning ichki qiyshiq
muskuli, bel - ko‘krak fasstiyasining chuqur varag‘i va qorinning ko‘ndalang muskuli kesiladi.
Oxirgi qavatni kesishdan avval ikkita nerv —qovurg‘a osti va yonbosh nervlar xolatiga e‘tibor
qilinadi. Bu nervlar XII qovurg‘adan pastda, ko‘ndalang muskul ustida joylashgan va ular
nervlaydigan muskullar atrofiyaga uchramasligi uchun bu nervlarni kesmaslik lozim. Qorin
bo‘shlig‘i ochilib ketmasligi va chambar ichak shikastlanmasligi uchun parietal qorin parda tupfer
bilan oldinga va yuqoriga itariladi. Jaroxatning yukori medial burchagida plevra xaltachasi past
joylashganida, shuningdek XII qovurg‘a yo‘q bo‘lgan xolda qovurg‘a-diafragma sinusi tasodifan
108
kesilib, ochilib ketishi mumkin. Qorin parda yoki plevra jaroxatlanganda teshik uzluksiz ingichka
ketgutli choklar bilan tikiladi. Buyraklar yukori joylashganda jaroxat kengaytiriladi yoki XII
qovurg‘a rezekstiya qilinadi.
Qorin devori kesilgandan keyin buyrak fasstiyasining orqa varag‘i kesiladi, uning tagida
buyrakning yog kapsulasi ochiladi. Jaroxat qirg‘oqlari ilmoqchalar bilan kengaytiriladi va yog‘
kletchatkasi buyrakdan ajratiladi. Buyrak barcha tomondan ajratilgandan keyin u o‘ng qo‘l bilan
qamrab olinadi va jaroxatga chiqariladi. So‘ngra extiyotkorlik bilan buyrak oyoqchasining oldingi
na orqa yuzalaridan tupfer yordamida birin-ketin buyrak venasi, arteriyasi, so‘ngra buyrak
kosachasining orqa devori va siydik yo‘lini ocha turib, yog‘ kletchatkasi olib tashlanadi.
Siydik yo‘lini iloji boricha pastgacha ajratib, unga ikkita mustaxkam ketgut ligaturalar
qo‘yiladi; operastiyadan keyin jaroxatga aloxidalab qo‘yadigan sochiqchalar yopiladi va qo‘yilgan
ikkala ligaturalar orasida siydik yo‘li kesiladi. Siydik yulining kesilgan joyiga yod surtiladi. Xar bir
buyrak tomirlari tagiga bir-biriga 1 sm uzoklikda ikkitadan ipak ligatura olib kelinadi. Birinchi
bo‘lib, umurtqaga yaqin ligatura pastki kavak vena devorini qamrab olmaslik uchun extiyotkorlik
bilan bog‘lanadi. Ikkinchi ligatura ham bog‘lanadi va ular bilan buyrak darvozasi oralig‘iga
Fedorov qisqichi qo‘yiladi. Qon tomirlari quyidagi tartibda avval arteriya, so‘ngra vena
bog‘lanadi. Qisqich branshlari ochiladi, agar qon ketmayotgan bo‘lsa, unda echib olinadi,
ligaturalarning uchlari kesiladi va buyrak olinib joylashtiriladi. Qunt bilan gemostaz o‘tkazilgandan
so‘ng buyrak o‘rindig‘iga rezina drenaj qo‘yiladi. Jaroxat drenajgacha qavatma – qavat tikiladi.
109
Do'stlaringiz bilan baham: |