99
Ko‘rsatib o‘tilgan ikkala rezekstiya turlarining afzalligi va kamchiligi xam bor. Olib
tashlanadigan sog‘lom to‘qima xajmi nuqtai nazaridan qaraganda atipik rezekstiya ancha tejamlidir.
Bundan
tashqari, anatomik rezekstiyaga qaraganda tezroq va oldinroq bajariladi. Ammo
rezekstiyaning bu turida xavfli va boshqarib bo‘lmaydigan qon ketishlar, shuningdek, qoldirilayotgan
sog‘lom segmentlar qon tomir va o‘t yo‘llarining bog‘lanishi tufayli ularda nekrozlar kelib chiqishi
mumkin.
Anatomik rezekstiyaning afzalligi shundaki, avvalo operasiyaning
bu turida olib
tashlanadigan jigar parenximasining xajmi atipik rezeksiyadagidan ko‘ra ko‘proq bo‘lsada,
operastiya paytidagi gemostaz yaxshi bo‘ladi.
Jigar bo‘lagi anatomik rezeksiyasining asosiy momentlari quyidagilardan iborat:
-
jigarning olib tashlanadigan qismidagi glisson oyoqchasi elementlarini ajratish va bog‘lash;
-
kaval darvozalarda jigar venalarini bog‘lash;
-
jigarni bo‘laklararo yoriqda kesish;
-
jaroxat yuzasini yopish.
Jigar rezekstiyalarida ko‘p qon ketish xavfi bo‘ladi, shuningdek ochilib turadigan cho‘ltoq
orqali
emboliya ro‘y bersa, jigar venalari kesiladi, ana shular tufayli
bunday operasiyaning ancha
mukammal usullarini ishlab chiqish zarur bo‘lib qoldi.
Amerikalik jarroxlar Shave Peon va Gonzales (1970) jigarni vaqtinchalik 20 minutga qon
aylanishdan chiqarib va pastki kavak venaga shishirilgan manjetkali shunt o‘tkazib,
jigarni rezekstiya
qilish operastiyasi modelini taklif qildilar. Endokoval shunt qo‘yish, pastki kavak venani diafragma
ustida uning ichiga shishiriladigan manjetkani kiritib yopish, shu tufayli jigar to‘qimasi kesilgandan
so‘ng xavo emboliyalari xavfini yo‘qotish shuningdek, jigardan ketayotgan
qonni xususiy jigar
arteriyasi, darvoza venasi qo‘yiladigan joydan pastda siqish orqali kamaytirish maqsadlarini
ko‘zlaydi. Qon operastiya paytida pastki kavak venaning jigar usti va jigar osti bo‘limlaridan
endokoval zond orqali shuntga o‘tib ketadi.
Xulosa qilib shuni ta‘kidlash kerakki, ya‘ni jigar operasiyalarida
qon ketishiga qarshi
kurashda, birinchi navbatda charvi teshigi orqali o‘tkazilgan barmoq yoki yumshoq qisqich bilan
jigar o‘n ikki barmoq ichak boylamidan o‘tadigan jigar tomirlarini bosish
kabi oddiy usul haqida
unutmaslik kerak.
O.K.Skobelkin (1979) parenximatoz organlar operastiyalarida SO
2
lazer nurlarining qo‘llanishi
to‘g‘risida ma‘lumot beradi. Ammo bu nurning qo‘llanishi qon ketishini to‘xtatish muammolarini
to‘la
xal qila olmaydi, chunki uning koagulyastiyalash xususiyati kesiladigan qon tomirlarining
diametri 2 sm dan ko‘p bo‘lmagan xoldagina samara beradi, xolos. Ancha yirik tomirlardan kelganda
lazer qo‘llanishiga qaramasdan ularni tikish materiallari bilan bog‘lash orqali qonni to‘xtatishga
to‘g‘ri keladi, bu esa xar doim xam istagan natijani beravermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: