O’zbekiston Respublikasi Sharof Rashidov nomidagi
Samarqand davlat universiteti
Matematika fakulteti Matematika va informatika yo’nalishi
218 – guruh talabasi Usmonova Fotimaning
Dasturlash asoslari va tillari fanidan
Kurs ishi
Mavzu: C++ dasturlash tilining kutubxonalari va ulardan foydalanish
Bajardi: Usmonova F
Tekshirdi: Xurramov L
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………..............3
I. NAZARIY QISM
1.1 Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish va akslantirish funksiyalari bilan ishlovchi kutubxonalar, (stdio.h) kutubxonasi……………………………………………5
1.2 Matematik funksiyalar bilan ishlovchi kutubxonalar……………………………….10
1.3 Dasturlashda math.h kutubxonasining imkoniyatlaridan foydalanish………………12
II. AMALIY QISM
2.1 C++ da (stdio.h) kutubxonasining qo’llanilishi……………………………14
2.2 Matematik funksiyalar bilan ishlovchi kutubxonalardan foydalanib masalalar yechish……………………………………………………………………………….....16
Xulosa………………………………………………………………………………….21
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………………22
KIRISH
C++ dasturlash tilining yaratilishi haqida ma’lumot.
C++ dasturlash tili C dasturlashtiligaasoslangan. C dasturlashtilio`z navbatida B va BCPL dasturlashgan tillaridan kelib chiqqan. BCPL - 1967 yilda Martin Richards tomonidan o`ylab topilgan bo`lib, operatsion tizimlarni yaratish uchun mo`ljallangan. Ken Thompson o`zining B tilida BCPL ning ko`p xossalarini yaratishga harakat qilgan va B dasturlash tilida asosan operatsion tizimning birinchi variantlarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo`lgan. Ya`ni o`zgaruvchilarning ma`lum bir tipi bo`lmagan - har bir o`zgaruvchi kompyuter xotirasida faqat bir bayt joy egallagan. O`zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, ya`ni butun sonmi, haqiqiy sonmi yoki harfmi, dasturchining vazifasi bo`lgan.
C tilini Dennis Ritchie B tiliga asoslanib yaratdi va ilk bor C tilini 1972 yili Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qo`lladi. C o`zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko`p muhim tomonlarini o`z ichiga olish bilan bir qatorda o`zgaruvchilarni tiplashtiradi va turli yangiliklar kiritilgan. Boshlanishda C asosan UNIX tizimlarida keng tarqaldi. C mashina arxitekturasi bilan tez muloqot qiluvchi dasturlash tilidir. 1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 texnik komitet tuzildi. 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo`yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shuning uchun C da yozilgan dasturlar mayda o`zgarishlar yoki umuman o`zgarishlarsiz juda ko`p kompyuter platformalarida ishlaydi.
C++ 1980 -yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko`p imkoniyatlarni o`z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob`yektlar 4 asosida dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozishga hozirgi kunda katta ahamiyat berilmoqda. Buni ta`minlash uchun ob`yektli dasturlash g`oyasi ilgari surildi. Xuddi 1970 - yillar boshida strukturali dasturlash kabi, dasturlarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob`yektlar orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi.
C++ dan tashqari boshqa ko`p ob`yektli dasturlashga yo`naltirilgan tillar mavjud. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o`xshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob`yektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob`yektli dasturlash falsafasi paydo bo`lganiga ham yigirma yildan oshyapti.
C++ funksiya va ob`yektlarning juda katta kutubxonasiga ega. Ya`ni C++ tilida dasturlashni o`rganish ikki qismga bo`linadi. Birinchisi bu C++ ni o`zini o`rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubxonasidagi tayyor ob`ekt-funksiyalardan foydalanishni o`rganishdir.
C++ alfaviti. C++ tilida buyruqlar va so`zlar, barcha elementlar C++ tilining alfavitida yoziladi. Alfavitga quyidagi simvollar kiradi.
• Katta va kichik lotin alfavit harflari (A, B, … Z, a, b, … z), pastga chiziqcha belgisi (_);
• arab raqamlar: 0 dan 9 gacha;
• Maxsus simvollar; masalan, +, *, { , &;
• Ko`rinmaydigan simvollar (“Umumlashgan bo`shliq simvollari”). Leksemalarni o`zaro ajratish uchun ishlatiladigan simvollar (masalan, bo`shliq, tabulyatsiya, yangi qatorga o`tish belgilari).
C++ alfaviti aslida kompyuterdagi barcha belgilarni qabul qiladi. Chunki standartda uning alfavitini barcha belgilar to`plami deb qabul qilingan. Shuning uchun izohlarda, satrlarda va simvolli o`zgarmaslarda boshqa literallar, masalan, rus harflarini ishlatilishi mumkin. C++ tilida olti xil turdagi leksemalar ishlatiladi: erkin tanlanadigan va ishlatiladigan identifikatorlar, xizmatchi so`zlar, o`zgarmaslar (const), amallar, ajratuvchi belgilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |