Toshkent-2023 Reja: Kirish. ESS haqida boshlang’ich tushunchalar
Elektron sxema simulyatorlarining turlari
Electronic workbench dasturiy ta’minoti
Multisim dasturiy ta’minoti
Kirish. Elektr sxemalarni loyihalashtirishda sifatini belgilovchi asosiy omillar, loyihalashning tezkorligi, matematik modellarning aniqligidadir. Bu esa loyihalashning avtomatlashtirishni taqozo etadi. Аxborot texnologiyasining rivojlanishi avtomatlashtirilgan loyihalash usullarining koʼpayishi, murakkab funktsiyalarni axborot texnologiyalari yordamida oson usulda yechishni imkonini beradi. Hozirgi kunda loyihalashni avtomatlashtirilgan usullarining bir nechta turlari yaratilgan. Elektr sxemalarini loyihalashda qoʼllaniladigan matematik modellar simulyatorlari dasturlarining bir nechta turi ishlatiladi.q Zamonaviy axborot texnologiyalari ta'lim sohasidayangi vosita va usullami yaratish imkonini beradi. Bu masalani hal qilishda komputerda laboratoriya amaliyotlarini yaratish eng muhim va murakkab hisoblanadi.
Hozirgikungacha о'quv laboratoriyalarida asosan an’anaviy о‘lchov asboblari qo‘llanib kelinar edi. Endi virtual o'lchov asboblari yordamida yaratilgan komputerdagi о‘lchov asboblaridan foydalanish talab etilmoqda. О‘quv laboratoriyasidagi virtual asbob (VA) - qo'shimcha maxsus dasturiy ta’minot va turli o'lchov modullari, masalan, ko'p funksional kirish - chiqish platasi bilan ta 'minlangan komputerdir. VA o'lchanayotgan axborotni yig'ish, qayta ishlash va aks ettirishni avtomatlashtirish imkonini beradi, foydalanuvchi uchun qulay interfeysga ega, uning dasturiy va apparat vositalari esa an’anaviy o'lchov vositalariga xos bo'lgan vazifalami amalga oshirish imkonini beradi, natijalami monitor ekranida foydalanuvchiga qulay shaklda aks ettiradi.
VA dasturiy ta’minoti ham Visual C++, Visual Basic va boshqalar kabi standart vositalar yordamida, ham maxsus dasturlar yordamida tuzilishi mumkin. Hozirgi kunda maxsus dasturiy ta’minot sifatida National Instruments kompaniyasining MULTISIM amaliy dasturiy paketi eng mos va qulay hisoblanadi.
O'lchov jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha yaratilayotgan zamonaviy apparat vositalarining deyarli barchasi MULTISIM drayverlari bilan mos keladi. Mazkur muhitda ilovalar yaratish visual vositalar yordamida amalga oshiriladi va dasturlash bo'yicha maxsus bilimga ega bo 'lish talab qilinmaydi.