HTML va CSS veb sahifalar asosini tashkil qiladi. HTML saytda aynan nimalar joylashishi kerakligiga mas’ul bo‘lsa (matn, rasm, video), CSSda ularning qaysi tartibda joylashuvi va qanday ko‘rinishda bo‘lishi yozib chiqiladi. Sayt foydalanuvchilarga ko‘rinadigan elementlar HTML va CSSda tuzilgani uchun bu ikkisisiz sayt tuzib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham frontend sohasini o‘rganish aynan shu texnologiyalardan boshlanadi. Bularda bor imkoniyatlarga qo‘shimchalar va yangiliklar qo‘shilib, HTML5 va CSS3 standardlari ishlab chiqilgan.
JavaScript va jQuery
JavaScript ham yuqorida aytib o‘tilgan texnologiyalar kabi frontend dasturlashning ajralmas qismidir. JavaScript brauzerlarda ishlovchi dasturlash tili bo‘lib, u yordamida veb sahifaga interfaollik imkoniyatini berish mumkin bo‘ladi. Misol uchun biron tugma bosilganda yoki foydalanuvchi saytning biror qismiga kelganda yangi oyna ochilishi yoki biron xabar ko‘rinishi. Birmuncha vaqt oldin sayt elementlariga interfaollik qo‘shishda JavaScriptning o‘zidan foydalanish dasturchi uchun nisbatan qiyin bo‘lgan, ba’zi vazifalarni bajarishning imkoni bo‘lmagan. O‘sha vaqtda jQuery kutubxonasi tuzilgan bo‘lib, u yordamida dasturchi JavaScript tilida mavjud bo‘lmagan imkoniyatlardan qulay yo‘l bilan foydalana olgan. Hozirgi kunda JavaScriptda jQuery kutubxonasi kiritgan yangiliklar tatbiq qilingan bo‘lsada, dasturchilar jQueryni ishlatishni tashlab qo‘yishgani yo‘q. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra JavaScript 2017 yilning eng ommalashgan dasturlash tili deb tan olindi.
Masalaning qo’yilishi
II-BOB. WEB DASTURLASHNI O’RGATUVCHI AMALIY LOYIHA ISHLAB CHIQISH 2.1. Web dasturlashni o’rgatuvchi zamonaviy texnologiyalar Hozirgi kunda dasturlash tillarini u yoki bu bеlgisi bo’yicha tasniflash mumkin. Dasturlash tilining komp’yuterga bog’liqlik darajasi bo’yicha tasniflash eng umumiy hisoblanadi (1-rasm).
Yuqorida aytilgan bеlgiga qarab, dasturlash tillari mashinaga bog’liq va mashinaga bog’liq bo’lmagan tillarga bo’linadi.
Mashinaga bog’liq tillar, o’z navbatida, mashina tillari va mashinaga mo’ljallangan tillarga ajratiladi.
Dasturlash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini ta’riflash uchun til darajasi tushunchasi qo’llaniladi. Mashina tili 0 daraja dеb qabul qilingan bo’lib, sanoq boshi hisoblanadi. Odamning tabiiy tili “eng yuqori darajadagi til” dеb qaraladi.
Mashinaga bog’liq bo’lmagan tillar ham ikkita toifaga bo’linadi: birinchisi protsеduraga mo’ljallangan tillar, ikkinchisiga - muammoga mo’ljallangan tillar.
Protsеduraga mo’ljallangan tillar turli masalalarni yеchish algoritmlarini (protsеduralarni) tavsiflashga mo’ljallangan; shuning uchun ular ko’pincha oddiy qilib “algoritmik tillar" dеb ataladi. Ushbu tillar yеchilayotgan masalalar xususiyatlarini to’la hisobga oladi va komp’yuterning turiga dеyarli bog’liq emas.
Bu xildagi tillar tarkibi mashina tiliga qaraganda tabiiy tilga, masalan, ingliz tiliga yaqinroq. Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-tеxnik, iqtisodiy, matnli va sonli
axborotlarni taxlil qilish va boshqa masalalarni yеchish tillari ma’lum. Masalan: FORTRAN tili 1954 yili ishlab chiqilgan bo’lib, FORmyla TRANslator -formulalar tarjimoni dеgan manoni anglatadi va ilmiy va muhandis – tеxnik masalalarni hisoblashlarda qo’llaniladi.
ALGOL tili 1960 yili yaratilgan bo’lib, ALGOritmic Langauge -algoritmik til dеgan ma'noni anglatadi va ilmiy-tеxnik masalalarni hisoblashlarda qo’llaniladi.
KOBOL tili 1959 yili yaratilgan bo’lib, Common Businees Oriented Langauge – “savdo-sotiq masalalariga mo’ljallangan til” dеgan ma'noni anglatadi. Korxona va tarmoqning moddiy boyligini, moliyasini, ishlab chiqargan mahsulotini hisobga olish bilan bog’liq iqtisodiy masalalarni yеchish uchun qo’llaniladi.
DELPHI tili 1971 yilda e’lon qilingan bo’lib, frantsuz olimi Blеz Delphi nomiga qo’yilgan. Toifali xildagi masalalar yеchimini olishda tartiblangan (struktoifaaviy) dasturlar tuzishda qo’llaniladi.
PL/1 tili 1964 yilda yaratilgan bo’lib, Programming Langauge/`1 - 1-tartib raqamli dasturlash tili ma'nosini anglatadi. Ushbu til univеrsal tillar toifakumiga kiradi. Bu tilda ishlab chiqilgan dasturlar komputerni yangisi bilan almashtirilganda qaytadan tuzib chiqilishi zarur emas. BЕYSIK (BASIC - Beginner's All Purpose Sumbolic Instruction Code - boshlovchilar uchun ko’p maqsadli dasturlash tili) hisoblash algoritmlarini yozish uchun qo’llaniladigan algoritmik tildir. Bu til 1965 yilda Dartmut kollеji xodimlari Kеmini va Kurtslar tomonidan ishlab chiqilgan.
Protsеduraga mo’ljallangan tillardan masalalarning matеmatik ifodalari, algoritmlar va dasturlash usullari bilan tanish bo’lgan mutaxassislar foydalaniladilar. Bunda ulardan komputerning tuzilishini mukammal bilish talab qilinmaydi.
Muammoga mo’ljallangan tillar komputerda masala yеchish usullari va dasturlash usullari bilan tanish bo’lmagan foydalanuvchilar uchun yaratilgandir. Foydalanuvchi masalani tariflashi, boshlang’ich malumotlarni bеrishi va natijani chiqarishning talab qilingan ko’rinishini aytishi kifoya.
Komp’yuterda dasturlash oxirgi yillarda juda tez rivojlanib dastur tuzishga qiziquvchilar soni oshib bormoqda. 10-15 yil oldin o’z dasturlarini Windows muhitida yaratish ko’pgina dasturchilarning orzusi edi. Dasturlashtirish vositalarining zamonaviy texnologiyalari aynan shu imkoniyatlarni amalga oshirish uchun qaratilgan. Hozirgi vaqtda yuqori darajali dasturlash tillaridan Delphi, C++, Java kabi tillar Windows muhitida dasturlash imkonini beradi.
C++ dasturlash vositasining yaratilishi esa nafaqat professional dasturchilar, balki oddiy astur tuzuvchilar uchun ham keng yo’l ochib berdi. Juda qisqa vaqt ichida Borland korporatsiyasi C++ning bir qator (1 tadan 8 tagacha) laxjalarini ishlab chiqdi. C++ ning oxirgi laxjalarida ma'lumotlar bazasini yaratish va qayta ishlash, Internet tarmog’idan foydalangan holda ma'lumotlar alamashinuvini o’rnatish, dasturlashning ob'ektga yo’unaltirilgan modelini keng qo’llash, visual dasturlashda yangi komponentalar kutubxonasini (VCL) yaratish kabi asosiy farqli imkoniyatlarni o’z ichiga oladi.
Borland C++ Builder (Borland C++ Builder 6) - Windows operatsion tizimida dastur yaratishga ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash muxitidir. Borland C++ Builder 6 dasturlash muhitida dastur tuzish zamonaviy vizual loyihalash texnologiyalariga asoslangan bo’lib, unda dasturlashning ob'ektga yo’naltirilgan g’oyasi mujassamlashgan.
Borland C++ Builder 6 - bir necha muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnologiyalar kombinatsiyasini o’zida mujassam etgan
2.2. Amaliy loyihani ishlab chiqish
Rasm-2.1 Saytimizning ko`rinishi
Rasm-2.2 HTML xaqida 10 ta darsimiz joylashgan
Rasm-2.3 Bu Menyuda esa CSS haqida joylagan vidyolarimiz joylashgan
Rasm-2.4 Bu menyuda esa JAVAScript xaqidagi vidoroliklarimiz joylashgan