Qabul qildi: A Gʻaniyev
Qarshi – 2023 1-Laborotoriya ishi Mavzu: Biosignallarni qayd qiluvchi zamonaviy dasturiy-apparat vositalar.
Quyida keltirilgan biosignallarni qayd qiluvchi zamonaviy dasturiy-apparat vositalar organish, ishlash prinsipini yoritish, dasturiy va apparat jihatdan xarakteristikalarini keltiring.
Biosignallar turlari:
Birinchi guruh funktsional diagnostikasining biosignallari:
· Elektrokardiogramma;
· Elektroansefalogramma;
· Galvanik teri reaktsiyasi signali;
· Stabilografik signal;
· Nutq signali.
Ikkinchi guruh funktsional diagnostikasining biosignallari: ·
Reografik signal;
· Fotopletizmografik signal;
· Lazerli doppler oqim o'lchovi;
· Puls oksimetriyasi;
· Miya va bo'yin tomirlarining ultratovush tekshiruvi dopler.
Nazariy qism
Bioinformatika hozirgi kunda rivojlangan davlatlar ilmiy jamoatchiligi orasida tez-tez quloqqa chalinib turadigan atamalardan biriga aylanib boldi. Vaholanki bir necha on yillar avval biologiya va informatikani bir-biridan alohida fan sifatida tushunar edik. Lekin buni qarangki biologiya va informatika fanlarining ham ozaro kesishgan nuqtasi bor ekan. Ana shu nuqtada bioinformatika fani yuzaga kelgan.
Bioinformatika bu biologik korsatkichlarni ifodalashda foydalaniladigan usullar va dasturlarni ishlab chiquvchi fan. Tadqiqotchi tomonidan biologiyaning biror sohasida tajribalar olib borgan sayin ushbu yonalishga oid biologik malumotlar kolami ortib boraveradi. Bu esa ushbu malumotlarni qolda analiz qilish imkonini qiyinlashtiradi. Xuddi mana shu yerda biolog axborot texnologiyalariga ehtiyoj seza boshlaydi. Biologik korsatkichlarni kompyuter unga yuklangan dastur asosida hisoblaydi, guruhlarga ajratadi, analiz qiladi, qayta ishlaydi. Bu ishning aniq va qisqa vaqtda amalga oshirilishini taminlaydi.
Bioinformatika qayerda qollaniladi?
Hozirgi rivojlangan dunyoda alohida fanlar katta yutuqqa erisha olmaydi. Integratsiyalashgan fanlar yoki yonalishlar esa nisbatan ulkan natijalarga erisha oladi. Shu bois agar biolog oz navbatida axborot texnologiyalaridan, dasturlash tillaridan xabardor bolsa, mehnat bozorida unga bolgan ehtiyojning yuqori bolishiga va oz navbatida katta moliyaviy manbaga erishishiga sabab boladi. Ayni vaqtda farmatsevtika, biotexnologiya, meditsina, biokimyo, biofizika, ekologiya, filogenetika, genetika kabi sohalarda bioinformatika fani va uning metodlariga bolgan talab kundan kunga ortib bormoqda. Hattoki klassik fanlardan hisoblangan sistematika, zoologiya, botanika fanlari ham songgi on yillikda bioinformatikaga tez-tez murojaat qilmoqda. Ayniqsa turlarni aniqlash borasida bioinformatika usullaridan keng foydalanilmoqda.
Qollaniladigan eng muhim sohalari
Ayni vaqtda bioinformatika biologiyaning juda kop sohalarida qollaniladi. Shulardan biri evolutsion biologiyadir. Evolutsion biologiya turlarning kelib chiqishi hamda uzoq vaqt mobaynida qanday shakllanishini tadqiq etadi. Bioinformatika quyidagi yonalishlarda evolutsion biologlarga yordam beradi:
Kopgina organizmlar (tur sonining ahamiyati yoq) DNK sidagi ozgarishlarni organgan holda ularni evolutsiya jarayonini organishda;
Butun boshli genomlarni solishtirishda (BLAST yordamida); bu esa evolutsion jarayonlarni yaxlit holatda organish imkonini beradi.
Populyatsiyalarning kompyuter modelini ishlab chiqishda; bu uzoq vaqt davomida ushbu biologik tizimdagi ozgarishlar va oziga xoslik jarayonini organish imkonini beradi.
Juda kop turlar haqidagi malumotlarni ozida jamlagan maqolalarning yaratilishida.
Bioinformatika qollaniladigan eng mashhur dasturlar: