O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti «Shahar qurilishi va xo’jaligi»



Download 4,24 Mb.
bet11/21
Sana17.07.2022
Hajmi4,24 Mb.
#816284
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
QalandarovaTushuntirish Xati 2022 (2) (2)

3.3 Devorlar
Devor konstruktsiyalarini tanlash, binolarni loyihalashda eng asosiy masalalardan biridir, chunki devorlarning qiymati, butun bino qiymatining muhim qismini tashkil etadi. Binoning mustahkamligi va ustivorligi: yuklar turiga, materiallar sifatiga, devorlarning boshqa konstruktsiyalar bilan bog'lanish sistemasiga, binoning yaratilish va ekspluatatsiya qilish shart – sharoitlariga bog'liq.
Devor binoning asosiy konstruktiv elementlaridan biri bo'lib, u tashqi muxit ta'siridan himoyalashdan tashqari ko'p xollarda o'ziga qo'yilgan qavatlararo yopma va tom og'irligini ko'tarish vazifasini ham bajaradi. Binoning bu elementi turli-tuman tashqi kuchlar va tashqi muxit ta'siri ostida bo'ladi. Devorlar o'z xususiy og'irligini, tom va qavatlararo yopmalardan tushadigan doimiy va vaqtinchalik yuklarni, shamol kuchi ta'sirini, asosning notekis cho'kishidan xosil bo'lgan deformatsiyalarni, zilzila kuchlariva boshqalarni qabul qiladi. Devorlar tashqi tomondan quyosh radiatsiyasi, yog'in-sochin, o'zgaruvchan temperatura va havo namligi, shovqinlar, ichki tomondan esa issiqlik oqimi, suv bug'i, shovqin kabi ta'sirlar ostida bo'ladi. Shuning uchun xam bino loyixasini yaratishda devorlarning joyi, ularning konstruktiv sxemasi va turini tanlashga katta e'tibor beriladi. Bino devorlari vazifasiga ko'ra quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak, mustaxkam, turg'un, fazoviy bikr bo'lishi, bino klassiga to'g'ri keluvchi olovbardoshlik darajasiga mos, xona ichida ma'lum temperatura va namlik rejimini ta'minlash, tovushdan yetarli darajada izolyatsiya qilishi, o'rnatilishida texnologik va industriallikka ega, tejamli va arzon bo'lishi, uni qurishga mexnat kam sarflanadigan bo'lishi, arxitektura talablariga javob berishi lozim. Tashqi devorlarda odatda bino ichini tabiiy yoriqlik bilan ta'minlash uchun deraza o'rni, xonaga kirish va balkon hamda ayvonlarga chiqish uchun eshik o'rni qoldiriladi. Deraza va eshik o'rnatilgan devorlar ham o'z navbatida yuqoridagi talablarga javob berishi kerak.
Tashqi devorlari esa yuk ko'taruvchi armaturalangan II –kategoriyaga kiruvchi g'ishtdan tayyorlangan. Devorlar o'zaro gorizontal armaturalangan quyma temir beton belbog' bilan bog'langan. G'ishtin devorli binolarning zilzilaga chidamliligini oshirish uchun bir necha xil tadbirlar qo'llaniladi. Bunda binoning turg'unligi va fazoviy bikrligi qavatlararo yopma va tom yopmasi tekisligida devorlar ustidan bo'ylama va ko'ndalang o'rnatilgan zilzilaga qarshi quyma yoki yig'ma temir-beton armatura uzluksiz bo'lishi kerak. Bu belbog'lar armaturalari o'z navbatida devorlar orasidan chiqarilgan temir-beton ustunchalarning po'lat armaturalari yordamida o'zaro bog'lanib, fazoviy karkas hosil qiladi. Zilzilaga qarshi belbog' devorning butun eni barovarida o'rnatilib, balandligi kamida 150 mm bo'lishi kerak. Loyixada tashqi devorlar qalinligi 380 mm bo'lgan g'isht terimidan foydalanilgan.


Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish