TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
ARXITEKTURA FAKULTETI
Binolarni muhandislik jihozlash fanidan
Mustaqil ish
1v-19 guruh
Babaniyazov Jamshid
Oqova suv tarmoqlarining tuzilishi
Oqova suv tarmog‘i uchun quvurlar cho‘yandan, asbest-sementdan, plastmassadan, betondan, temir-betondan va shishadan tayyorlanadi. Quvurlarning diametri 50–800 mm uzunligi 500 dan 4000 mm gacha bo‘ladi. Plasstmassadan ishlangan kanalizatsiya quvurlari diametri 50–600 mm bo‘ladi. Plastmassa quvurlarning kamchiligi ularning chuzilish koeffitsiyentining kattaligi va issiqlikka bo‘lgan qarshiligining kamligidir. Oqova suv tizimlarida ichki va tashqi tarmoqlar uchun plastmassali bosimli quvurlar – past zichli polietilen (PNP) va yuqori zichli polietilen (PVP) materiallardan tayyorlangan, o‘zgartirishlari mavjud bo‘lgan quvurlar ishlatiladi. Yuqori zichli polietilendan (polietilen past bosimi) tayyorlangan quvurlar diametri 10–1900 mm bo‘ladi. Past zichli polietilendan 79 (polietilen yuqori bosimi) tayyorlangan quvurlar diametri 10–160 mm bo‘ladi. Qo‘ng‘ir cho‘yandan tayyorlangan quvurlar ham oqova suvlarni oqizish uchun ishlatiladi.
Ko‘rsatilgan quvurlar to‘rt turda tayyorlanadi. L, ChL, Ch va T quvurlarining ishchi bosimlari 0,25; 0,4; 0,6 va 1,0 Mpa ga tengdir. Bu bosimlar quvurlar suvining harorati 20 °C bo‘lganida kamida 50 yil xizmat qiladi. Asbest-sement (bosimsiz) quvurlar diametri 100 – 400 mm, uzunligi 2950 – 3950 mm bo‘lib, ular sanoat kanalizatsiya tarmog‘i uchun ishlatiladi. Keramika quvurlar diametri 150–600 mm, uzunligi 80–1000 mm. Beton va temir-beton quvurlar diametri 150 mm va undan katta, ya’ni 1000 mm bo‘ladi.
Bino ichidagi oqova suv tizimi turlari
Bino ichidagi kanalizatsiya tizimi oqova suvlarni qabul qilish, ularning binodan oqib chiqib ketishini ta’minlash uchun o‘rnatiladi. Bundan tashqari, kanalizatsiya tarmoqlari binodan tashqaridagi oqova suvlarni qabul qilish, aholi yashash joylari va sanoat binolaridan qoldiq suvlarini qabul qilish va uni shahardan tashqariga chiqarish uchun xizmat qiladi. Oqova suvlari, yig‘ilishi va ularning chiqarib tashlanishiga qarab, oqizib chiqariladigan va yig‘ib olinadigan bo‘ladi. Oqizib chiqariladigan tizim markazlashtirilgan bo‘ladi, qachonki, hududda kanalizatsiya tizimi o‘tkazilgan bo‘lsa va uylarda ichki suv bilan ta’minlash tizimi bo‘lsa. Tizim oqova suvlarni va axlatlarni qabul qilish, suv bilan araashtirib binodan tashqariga, mavze va aholi yashash joyi, kichik hudud yoki obyekt kanalizatsiyalariga qo‘shish uchun xizmat qiladi. Xizmat qilish doirasiga qarab tizimlar birlashtirilgan va alohida bo‘ladi. Birlashtirilgan tizimda ichki kanalizatsiya maishiy, sanoat va yomg‘ir suvlarini yig‘ib oladi. Alohida tizimni qachonki oqova suvlarning iflosligi ko‘p bo‘lganida tashqi kanalizatsiya tizimiga qoshish ta’qiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |