O’zbеkiston Rеspublikasi Qurilish vazirligi
Toshkent arxitektura qurilish instituti
qurilishda menejment kafedirasi
“ Kammunal infratuzilma va uy-joy kammunal ho’jaligini boshqarish” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Kammunal infratuzilma va uy-joy xizmat ko’rsatish sohasini boshqarishniнг nazariy asoslari
Bajardi: _______________
Qabul qildi: ______________
Mavzu: Kammunal infratuzilma va uy-joy xizmat ko’rsatish sohasini boshqarishniнг nazariy asoslari
Reja
1. Kirish
2. Uy-joy xizmat ko’rsatish xo’jaligini boshqarishni tasnifi va nazariy asoslari
3. Uy-joy xizmat ko’rsatish xo’jaligini boshqarishni tashkil etish usullari
4. Uy-joy xizmat ko’rsatish sohasini boshqarishni faoliyatini tashkil etish huquqiy me’yoriy asoslari.
KIRISH
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so'ng o'tgan qisqa vaqt mobaynida iqtisodiyotning barcha sohalari kabi, uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida ham ulkan qayta qurishlar amalga oshirildi. Eng avvalo uy-joy fondi xususiylashtirildi. Uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida amalga oshirilayotgan tarkibiy o'zgarishlarning qonuniy-huquqiy asoslari shakllantirildi. Kommunal xo'jaligini boshqarish tizimi isloh qilindi. Sohadagi korxona va tashkilotlar faoliyati erkin bozor tamoyillari asosida tashkil etildi. Iste'molchi va xizmat ko'rsatuvchilar o'rtasida shartnomaviy munosabatlar joriy etildi. Kommunal xizmatlar sohasida bahoni shakllantirish va yoqilg'i resurslarni iqtisod qilish bo'yicha ijobiy natijalarga erishildi.
Respublikamizda turar joylarni boshqarish, ularga xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash bo'yicha xizmatlar ko'rsatishning aniq bozorini shakllantirish ishlarini tubdan yaxshilash, aholining ko'p kvartirali uylarni saqlash va mukammal ta' mirlashdan manfaatdorligini oshirish, shuningdek uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o'zini o'zi boshqarish instituti sifatida shirkatlarning nufuzini, tashkiliy va moliyaviy mustaqilligini hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida 2006 yil 12 aprelda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini yanada rivojlantirish va turar joylarga xizmatlar ko'rsatishning aniq bozorini shakllantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 64-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur Qarorga muvofiq uy-joy kommunal xo'jaligi sohasini rivojlantirishning keng qamrovli dasturi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Jumladan, mazkur dasturga muvofiq sohada malakali kadrlarga bo'lgan o'tkir ehtiyojdan kelib chiqib, "Servis (kommunal xo'jaligi sohasi) va 5580900-"Ko'chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish" bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi. "Servis (kommunal xo'jaligi sohasi), "Ko'chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish", "Iqtisodiyot (qurilish)", va "Menejment (qurilish)" ta'lim yo'nalishlarida "Uy-joy kommunal xo'jaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi" fani kiritildi.
Kommunal xo'jaligi iqtisodiyoti faniga soha uchun malakali kadrlar tayyorlashda asosiy va muhim fan sifatida qaralib, unda kommunal xo'jaligi sohasi faoliyatini ta'minlayotgan iqtisodiy tizimni, unda amal qilayotgan iqtisodiy qonuniyatlarni, sohani rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning mohiyatini, sof raqobat muhitida kommunal xizmatlar bozorini shakllantirish va uy-joy fondidan foydalanishni tashkil etishda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyati bilan bog'liq iqtisodiy masalalarni ochib berishga alohida e'tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati davlat rahbarining 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi matnini to‘liq holda keltirdi.
Hurmatli senator va deputatlar!
Qadrli yurtdoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasini bayon etishga ruxsat bergaysiz.
Bugun biz shiddat bilan o‘zgarib borayotgan zamonda yashamoqdamiz. Dunyo miqyosida manfaatlar kurashi, raqobat tobora avj olib, xalqaro vaziyat keskinlashib bormoqda.
Biz kelgusi yil uchun amaliy rejalar tuzar ekanmiz, xalqaro maydondagi ana shunday murakkab vaziyatni hisobga olgan holda, taraqqiyotimizning ustuvor yo‘nalishlarini aniq-ravshan belgilab olishimiz zarur.
Ma'lumki, kommunal xo‘jalik sohasi uzoq yillardan buyon ko‘plab e'tirozlarga sabab bo‘lmoqda.
Shuning uchun 2019 yildan boshlab tarmoqda davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha investorlar bilan hamkorlikda ishlashni boshlaymiz.
Uy-joy mulkdorlari shirkatlarida ma'muriy xarajatlarni kamaytirish uchun professional boshqaruv kompaniyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash kerak.
Kelgusi yilda aholini markazlashgan tarmoqlar orqali toza ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasini hozirgi 65 foizdan 75 foizga yetkazishimiz lozim.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqishi zarur.
Yettinchidan, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish yana bir dolzarb vazifadir.
Sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga bundan buyon ham katta ahamiyat beramiz.
Yosh avlodimiz o‘rtasida sportni ommalashtirish maqsadida eng chekka tumanlarda ham bolalar va o‘smirlar sport maktablarini tashkil etamiz.
2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiadaga puxta tayyorgarlikni hozirdan boshlashimiz lozim.
Yana bir muhim masala – mamlakatimizda qishki sport turlari bo‘yicha xalqaro talablar darajasida sportchilar tayyorlash samarali tizimini yaratish kerak.
Poytaxtimizda barpo etilayotgan “Humo” muz sporti saroyi, shuningdek, yaqinda Toshkent viloyatining Amirsoy dam olish maskanida ishga tushiriladigan zamonaviy majmua ham ayni shu maqsadlarga xizmat qiladi.
Afsuski, hozirga qadar yurtimizda Olimpiya yoki Osiyo o‘yinlari kabi nufuzli sport musobaqalari o‘tkazilmagan.
Shu bois yaxshi niyat bilan kelgusida yozgi Osiyo o‘yinlaridan biriga mezbonlik qilish bo‘yicha istiqbolli reja ishlab chiqishni boshlashimiz kerak.
Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda bu masala bo‘yicha tegishli dastur loyihasini tayyorlash topshiriladi.
Sakkizinchidan, turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rishimiz lozim.
Bizda turizm ko‘pincha qadimiy shaharlarimiz, tarixiy-madaniy yodgorliklar doirasida cheklanib qolmoqda.
Vaholanki, mamlakatimizning betakror tabiati, milliy qo‘riqxonalar, tog‘li hududlarda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud.
Ayniqsa, tibbiyot turizmi, ziyorat turizmi va ekoturizmni rivojlantirish nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy sohalar rivojiga ham katta turtki beradi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish milliy konsepsiyasini ishlab chiqishi va ijrosini ta'minlashi zarur.
Shu asosda 2025 yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 million nafarga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |