~ 113 ~
birgadalar va ishchilarning mehnat unumdorligini aniqlash hamda taqqoslash,
ularning sonini rejalashtirish, professional va saviyaviy (kvalikatsion) tarkibini, turli
tashkilotlarda bir xil tipli ob‘yektlarni qurishda bir jinsli ishlarni bajarishdagi mehnat
unumdorligini qiyoslash imkonini beradi.
Biroq unumdorlikning bunday
ko‗rsatkichlari ham kamchiliklardan holi emas. Masalan ular qurilish har xil jinsli
ishlarning bir nechta turlarining bajarilishida tashkiloti bo‗yicha mehnat
unumdorligining umumlashgan ko‗rsatkichini aniqlash imkoniyatini bera olmaydi,
tugatilmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining o‗zgarishini hisobga olmaydi.
Me‟yoriy metod.
Mehnat unumdorligini o‗lchashning me‘yoriy
metodi
me‘yorlarda ko‗satilgan mehnat sarfi asosida faktli mehnat sarfining aniq ish hajmiga
nisbatini ko‗rsatadi, ya‘ni ishchilar tomonidan ishalb chiqarish me‘yorlarining
bajarilish darajasini tavsiflaydi. Me‘yoriy ko‗rsatkich ishlar mehnat sig‗imining
me‘yor bo‗yicha (kishi-kunlar) nisbatini 100% ga ko‗paytirish orqali ifodalab beradi.
Me‘yoriy metod yoxud me‘yoriy vaqtning qisqarish darjasini, yoki ishlab chiqarish
me‘yorining bajarilish darajasi (miqdori)ni aniqlash imkonini beradi.
Narxli metod.
Mehnat unumdorligini aniqlashning narxli metodi eng ko‗p
talqalgan bo‗lib, bunda mahsulot miqdori smetaviy narxda yoki shartnoma asosida
kelishilgan narxda hisobga olinadi. Bu metodda mehnat
unumdorligining darajasi
asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, ya‘ni qurilish tashkilotining qurilish – ishlab
chiqarish personali bo‗yicha bitta ishchiga to‗g‗ri keladigan qurilish-montaj
ishlarining smetaviy narxlari orqali o‗lchanishi bilan tavsiflanadi.
Narxli ko‗rsatkichni qurilish tashkiloti (qurilish
boshqarmasi, qurilish tresti)
bo‗yicha hamda birlashma, vazirlik miqiyosida umumiy mehnat unumdorligini
belgilaydigan ko‗rsatkich deb hisoblash mumkin. Ushbu ko‗rsatkichning ustunlik
tomonlari –
hisoblashning oddiyligi, turli ob‘yektlar, qurilishlarda unumdorlikning
darajasini taqqoslash imkoniyati mavjudligi, o‗tgan qator yillar davomida
unumdorlikning
dinamikasini aniqlash, uning kamchiliklari – jonli mehnat
samaradorligiga hech qanday aloqasi bo‗lmagan ishlarning materialli sig‗imga,
mehnat qurollari va predmetlarining dinamikasiga bo‗lgan ta‘siri. Axir qurilish –
montaj ishlari orqali yig‗ma temirbetonni montaj qilishda materiallar sig‗imi (hajmi,
miqdori) 70 - 75% ga chiqadi, yer ishlarida esa materiallar sig‗imi (hajmi, miqdori)
atigi 5 - 8% ni tashkil etadi. SHuning uchun bajarilayotgan ishlarning strukturali
siljishini hisoblashda (yoki hisobga, ya‘ni inobatga olishda) muammo yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: